Tayanch so‘z va iboralar: transform, setup, rendering, uch o‘lchamli grafika, yenveronment


Download 20.9 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1147538
Bog'liq
4-mavzu


4-MAVZU:GRAFIKA(CHIZMA) O`LCHAMLARI


Tayanch so‘z va iboralar: transform, setup, rendering, uch o‘lchamli grafika, yenveronment

1.Grafika (chizma) o‘lchamlari.


Fayllarni eksport va import qilish uchun har xil grafikaviy dasturlarda ishlatiladigan filtrlar, fayllar formatlariga o‘xshab juda ko‘p sonlidir. Ular vektorli va rastrli turlarga bo‘linadi. Quyidagi jadvalda keltirilgan formatlar orasida vektorlilarga DXF, WMF va EPSlar, qolganlari esa rastrlilarga kiradi (EPS formati rastrli ma’lumotlar «qo‘yilmasiga» ega bo‘lishi mumkin).

2-jadval
Asosiy grafikaviy formatlar



Qisqartirilgan nomlari

To‘la nomlari

Faylni kengaytirish

AI
BMP
DXF
EPS
HPGL
PCX
TIFF
WMF
GIF
JPEG

Adobe illustrator
Windows Bitmap
Auto CAD
Encapsulated Postscript
Hewlett Packard Graphics Language
Pc Paintbrush
Tagged Image File Format
Windows MetaFile
Graphics Interchange
Joint Picture Expert Group

.AI
.BMP
.DXF
.EPS
. PLT
.PCX
.TIF
.WMF
.GIF
.JPG



AI formati.CorelDrawdasturi Adobe illustrator grafikaviy taxrirchisi formatidagi fayllarni import va eksport qilish imkonini beradigan filtrga ega. AI formatida tasvirni saqlashda export Adobe illustrator oynasida muloqat oynasining pastki qismida joylashgan Curves optsiyasidan foydalanish kerak. Ko‘rsatkichlar bilan tugallangan chiziqlar Adobe illustrator tomonidan ikkita obekt qo‘shmasi – chiziq va ko‘rsatgich, sifatida qabul qilinadi.
Boshlang‘ich obektlar bilan to‘ldirilgan Postscript formati ornamentlari Adobe illustratorda kulrang fon sifatida qabul qilinadi; Bitmap formatida rastrlangan grafika eksport filtrida umuman qabul qilinmaydi.
AI formati odatda Apple Macintosh kompyuterlarida ishlashda foydalaniladi.
BMP formati. Bu format Windows ishchi tizimi uchun «o‘ziniki» hisoblanadi. Bu formatda, jumladan, ekran qo‘yilmasi sifatida foydalaniladigan rasmlar yoziladi.
DXF formati. DXF filtri yordamida grafikaviy fayllarni CorelDraw va Auto CAD orasida almashish mumkin. Ikki dastur orasidagi ma’lumotlar va fayllar almashishdagi asosiy muammoni fayl o‘lchami va boshlang‘ich obektning o‘lcham birligi keltirib chiqaradi. Auto CAD CorelDrawga nisbatan ancha quvvatli grafikaviy to‘plam hisoblanadi.
CorelDrawda obektning maksimal o‘lchami 760x760 mm. Shuning uchun obekt tasvirini import qilishda, masalan, Auto CAD o‘lcham birligida uning diametri 1m berilgan bo‘lsa, CorelDrawavtomatik tarzda uni o‘zining mumkin bo‘lgan maksimal o‘lchamigacha qirqadi.
EPSformati. Bu formatda ham CorelDrawma’lumotlarni almashish imkonini beradi. Bunda Adobe firmasida ishlangan maxsus Post Script dasturiy tiliga suyaniladi. EPS formatidagi fayllar matn va rastrlangan grafikani birgalikda uyg‘unlashtirish imkonini beradi; ularni amalda barcha dasturlar, hattoki, Apple Macintosh uchun yaratilganlari ham o‘qiydi.
HPGL formati. Ko‘plab dasturlar ma’lumotlarni HPGL plotterlarini boshqarish tili formatida qabul qiladi. Tasvirni plotterga chiqarishdan oldin uni.plt bilan kengaytirilgan faylda saqlash kerak.
RSX formati. Rastrlangan grafika uchun eng ko‘p tarqalgan formatlardan biri. Bu format bilan, jumladan, Corel firmasining dasturiy to‘plamiga kiruvchi CorelPhotoPaint ham ishlaydi. Export buyrug‘ini berib va chiquvchi format sifatida RSXni belgilab, siz ekranga muloqat dalasi Bitmap Exportni chaqirasiz.
Color va Greycale tanlash joylarida chiqishdagi tasvirning turi – rangli yoki kulrang, tanlanadi.
TIF formati – rastrli formatlar ichida eng ko‘p tarqalganidir. Boshlanishda u skanerlanadigan oq-qora tasvirlar uchun ishlangan edi, keyinchalik u takomillashtirildi va rangli rasmlar uchun ham yaroqli holga keltirildi. Bu formatga tasvirlarni eksport qilishda eng ahamiyatli parametr Resolution dalasiga qo‘yiladigan imkoniyat darajasi hisoblanadi.
Imkoniyat darajasi qancha yuqori – 300 dpi, 600 dpi va yuqori bo‘lsa rastr nuqtasining o‘lchami shuncha kichik va mos tarzda tasvirni uzatish sifati shuncha yuqori bo‘ladi. TIF formatidan CorelDrawga import qilingan grafikaviy obektlar o‘z formatlarini saqlashadi va ekranga rastrlangan tasvir qilib chiqariladi.
WMF formati. Microsoft firmasida ishlangan maxsus format bo‘lib, Windows muhitida grafikaviy vektorli fayllarni almashish uchun yaratilgan.
GIF formati odatda Internet tarmog‘ida rastrli tasvirlarni uzatish uchun foydalaniladi. Tasvirni uzatishi yaxshi, lekin rang chuqurligi bori- yo‘g‘i 8 bit.
JPG formati ham, asosan, Internet uchun mo‘ljallangan. GIF formatidan farqli o‘laroq, ranglar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni saqlaydi, ko‘pchilik hollarda tasvir sifatini sezilarli pasaytirmasdan, fayl hajmini o‘nlab marta qisqartirish imkonini beradigan juda kuchli siqish algoritmidan foydalanadi.
Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling