Tayanch so`z va iboralar


vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir


Download 287.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana28.10.2023
Hajmi287.11 Kb.
#1732346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Idrok haqida umumiy tushuncha

vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan 
biri – bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir
Odatda insonning idrok qilish (pertseptiv) faoliyatini uning o’zlashtirilgan 
bilimlari, to’plagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar 
tizimi zamirida yuzaga keladi. 
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni 
umumlashgan holda aks ettirilishdir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib 
borayotgan ko’p qirrali, ko’p yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, 
chegaralanib qolmasdan, balki o’sha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida 
baholanadi. 
Idrokning 
navbatdagi 
xususiyati 
uning 
harakatchanligi 
va 
boshqaruvchanligidir. Masalan: toshko’mir yorug’likda yog’du sochadi, oq 
qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni “qora” va “oq” deb 
idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’ektiv taassurotlarga nisbatan 
o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi.
Idrok jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz ishtirok etsa ham idrok 
sezgilarimizning oddiy yig’indisidan iborat deb bo’lmaydi. Idrok jarayonida turli 
sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham 
ishtirok etadi. Odam o’z turmush tajribasida juda ko’p narsa va hodisalarni takror-
takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan harakatlarga egadir. 
SHuning uchun yetarli turmush tajribasiga ega bo’lgan odam (ya’ni katta yoshli 
odamlar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanligini anglashga yordam beradi. Hech 
qanday turmush tajribasiga ega bo’lmagan odam, (ya’ni chaqaloq, bolalar) idrok 
qilayotgan narsasi nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi. 
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida 
odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. 
Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo’naltirmasdan) birorta narsani ham 
mutlaqo idrok eta olmaydi. 
Diqqat qaratilgandagina ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni ravshan idrok 
etamiz. Idrok jarayonida odamning ilgari orttirgan turmush tajribasi ishtirok qilar 
ekan, binobarin idrok jarayoni odamning xotirasi bilan bog’liqdir.
Idrokda har doim xususan tanish jarayoni ishtirok etadi. Tanish jarayoni 
qatnashayotganini tufayli odam idrok qilayotgan narsalarini darrov anglab ola 
biladi. Mashhur rus fizologlaridan I.I.Sechenovning ta’kidlashicha, odam hozirgi 
idrokidan hosil bo’lgan obrazlar ilgarigi idroklarida vujudga kelgan va xotirasida 
saqlanib qolgan obrazlar bilan taqqoslab ko’radi. Agar hozirgi idrokdan hosil 


bo’lgan obraz ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga 
to’la mos kelsa, ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi. Aksincha, agar 
hozirgi idrokdan hosil bo’lgan obraz ilgarigi obrazga mos kelmasa, ya’ni ayni 
choqda idrok qilayotgan narsani odam tanimasa idrok davom ettirila beradi. Idrok 
jarayonida nutq va tafakkurning qatnashishi shunda namoyon bo’ladiki, har bir 
idrok nihoyasiga borib, hukm shaklida, ya’ni chigal gap shaklida ifodalanadi. 
Chunonchi odamni yoki biror idishni idrok qilayotganimizda idrokimizni, "bu 
piyola" deb tugallaymiz. Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning 
mazmunini ravshanlashtiramiz. Agar idrok jarayonida narsalarning nomini atay 
olmasak, ya’ni idrok qilayotgan narsalar bizga notanish qandaydir yangi narsalar 
bo’lsa, unday paytda idrok jarayonidagi tafakkur faollashib ketadi. Odam idrok 
qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida o’ylay boshlaydi. 
Idrok jarayonida xayolning qatnashishi shunda ko’rinadiki, odam o’zidan 
allanimalarni qo’shib, idrok qilayotgan narsasidan hosil bo’lgan obrazning 
mazmunini kengaytirib yuboradi. Masalan, osmondagi to’da-to’da bulutlarga 
qarab, ularning shaklini nimalargadir o’xshatish mumkin. Idrok jarayonida 
xayolning ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol ko’rinadi.
Idrok jarayonida his-tuyg’ularning ishtirok qilishi shu idrok qilayotgan 
narsalarimizga nisbatan hosil bo’ladigan munosabatlarimizda ko’rinadi. Odam 
idrok qilayotgan hamma narsalarga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. 
Agar odam ilgari biror narsani idrok qilayotgan paytda qattiq xafa bo’lgan, 
kayfiyati buzilgan bo’lsa, shu narsani yana ikkinchi marta idrok qilganda yana 
hissiyotlarga nisbatan bo’lsa ham sodir bo’ladi. Bundan tashqari idrok hissiy 
holatning ishtiroki yana shunda ochiq ravshan ko’rinadiki, odam qattiq qo’rqinch 
hissini boshidan kechirayotgan paytda idroki yanglish bo’ladi, ya’ni kuchli hissiy 
holat ta’sirida ayrim narsalar boshqacha bo’lib ko’rinadi. Chunonchi kechasi 
qorong’i ko’chada qo’rqib kelayotgan odamga ro’parasidagi to’nka pisib, poylab, 
o’tirgan odamga o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun ham "ko’rqqanga qo’sha 
ko’rinar" degan xalq maqoli bejiz aytilgan emas. Aksincha, odamning kayfiyati 
chog’, xursand paytida hamma idrok qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli bo’lib 
tuyuladi.
Ma’lumki, idrok sezgi a’zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok 
jarayonida bir necha sezgi a’zosi ishtirok etadi. Lekin ulardan biri eng muhim 
o’rinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda ko’rish organi, musiqa va nutqni 
idrok qilishda eshitish organi yetakchilik qiladi. Idrok jarayonida qaysi sezgi 
a’zosining yetakchilik rolini o’ynashiga qarab, idrokni bir necha turlarga ajratish 
mumkin. Masalan, ko’rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta’m bilish 
idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo’lib, 
bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan, kinofilmni idrok 
qilishda ko’rish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak atrofdagi narsa va 
hodisalar bir-biriga bog’liq. Ular muayyan makonda ma’lum vaqtda sodir bo’ladi. 
Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma’lum munosabatda 
shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir.


Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga 
qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi 
quyidagilarda ifodalanadi:
1) har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, 
qovunni idrok qilish, bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va 
rangini aks ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks 
ettiruvchi ta’m bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu 
sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning pertseptiv tomonini tashkil 
qiladi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu 
esa idrokning pertseptiv tomonini tashkil qiladi. 
2) Har bir idrok tarkibiga kishining o’tmishda hosil qilingan bilim va 
tajribalari kiradi.

Download 287.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling