Tayanch tushunchalar Assimilyatsiya
Download 31.93 Kb.
|
Fonetik hodisalar
3. Dissimilyatsiya - so‘z tarkibidagi bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining boshqa
tovushga ko‘chishi, birorta>bironta (ror>ron), kissa-kista (ss>st) kabi. Bu hodisani assimilyatsiyaning aksi deyish mumkin. Dissimilyatsiya hodisasi yo‘nalishiga qarab ikki xil bo‘ladi, a) progressiv dissimilyatsiya. Bunda keyingi tovush o‘zgaradi, zarur>zaril kabi. b) regressiv dissimilyatsiya. Bunda oldingi tovush o‘zgaradi, maqtanmoq>maxtanmoq kabi. Tovushning o‘zgarsh darajasiga ko‘ra dissimilyatsiya yana ikki turga bo‘linadi, a) to‘liq dissimilyatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash tovushga aylanadi, kissa>kista (ss>st) kabi. b) to‘liqsiz dissimilyatsiya (qisman dissimilyatsiya). Bunda tovushning artikulyatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o‘zgaradi. Masalan, uchta>ushta (ch>sh) kabi, «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo «t»ning ta`sirida «ch» sirg‘aluvchi «sh» ga o‘tgan.
Tovushlar o‘rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilyatsiya ikki xil bo‘ladi, a) kontakt dissimilyatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o‘zgaradi, kissa>kista kabi. b) distant dissimilyatsiya. Bunda dissimilyatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo‘ladi. Masalan, birorta>bironta kabi.
Download 31.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling