Tayanch tushunchalar: korreksiya, korreksiyalash, faoliyat, korreksion faoliyat, tamoyil, korreksiyalash tamoyillari, bosqich, korreksiyalsh bosqichlari, korreksiyalash shartlari. Korreksion faoliyat mazmuni


O’quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili


Download 1.78 Mb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1545356
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu

5. O’quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili. Bu tamoyil har bir o’quvchining ichki imkoniyatlarini aniqlash asosida pedagogik tuzatish ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish lozimligini belgilab beradi. Tamoyilning mohiyatiga ko’ra o’quvchilar bilan psixologik-pedagogik tuzatish olib boriladi o’quvchilarga “ikkinchi toifali o’quvchilar” singari munosabatda bo’lmaslik kerak. Shundagina ularda kuzatilayotgan “ta’limiy og’ish”ni bartaraf qilishi mumkin.

6. “Yuqoridan pastgacha” tuzatish tamoyili(L.S. Vigotskiy). O’qituvchi va psixologningdiqqati o’quvchining “ertangi rivojlanishii”ga qaratilishi lozim. Shunga ko’ra, bordi-yu pedagogik tuzatishning maqsadi “pastdan” boshlangan, ya’ni quyi ko’rsatkichlarga tayanilgan bo’lsa, u holda uning mazmunini o’quvchilarning “keyingi rivojlanish hududi”ni shakillantirish tashkil qiladi. O’quvchi tomonidan erishilgan natijalarni o’rganish va baholash uning keyingi rivojlanish hududini “yuqoridan pastgacha” tamoyili bo’yicha tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. Korreksion faoliyat quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: o’quvchining ijtimoiy muhitga moslashtirish, o’quvchining ita’lim jarayoniga moslashtirish, o’quvchida ijtimoiy faollikni rivojlantirish, o’zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish, o’quvchida fikrlash qobilyatini rivojlantirish, nutqidagi nuqsonini bartaraf qilish, nutq boyligini oshirish, xulqidagi kamchiliklarni tuzatish, o’quvchi o’sayotgan oiladagi nosog’lom muhitni bartaraf qilish va oilaga ijtimoiy yordam ko’rsatish choralarini belgilash.
3. Fanlarni o’zlashtira olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik tuzatish). Pedagogik tuzatish o’quvchi shaxsida kuzatilayotgan ma’lum xususiyatlarni sinfdan yoki darsdan tashqari sharoitlarda pedagogik ta’sir ko’rsatish orqali to’liq yoki qisman o’zlashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyat tizimi sifatida e’tirof qilinadi. Umumiy o’rta ta’li maktablarida o’zlashtira olmaslik tushunchasi negizida ikki holat: o’quv fanini o’zlashtira olmaslik, ijtimoiy xulq ko’nikmalarini o’zlashtira olmaslik tushiniladi. Har ikki holatda ham bevosita korreksiyalash(pedagogik tuzatish)ga qaratilgan maqsadli pedagogik faoliyatning tashkil etilishini taqazo qiladi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling