Taylakova Moxinur Fonetika bo’


Sening tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta


Download 66.81 Kb.
bet10/12
Sana02.06.2024
Hajmi66.81 Kb.
#1834553
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fonetika maxsus

114 Sening tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
115 Unisi o‘ziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa o‘z qilig‘idan dard chekadi. Ushbu gapda tovush o‘zgarishiga uchragan nechta so‘z bor? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 1 ta
116 O‘zini sovuqdan qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan qaynoq-qaynoq choydan ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Ushbu gapda necha o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
117 Sog‘lom va zehnli bo‘lib ulg‘aygan bola hayotda qiynalmaydi. Berilgan gapdagi tarkibida tovush o‘zgarishi bo‘lgan so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? 1) ega; 2) hol; 3) to‘ldiruvchi; 4) kesim; 5) aniqlovchi A) 1, 5 B) 3, 4, 5 C) 2, 4 D) 1 4
118 Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xorliklarni oyoq ostiga olib toptamagunimcha yashashim shart. Yashayman! Ushbu parchada fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar necha o‘rinda ishtirok etgan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4
119 Qaysi qatorda so‘z asosida fuziya hodisasi ro‘y bergan? A) Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi. B) Birdan yomg‘ir yog‘ib, tarnovlardan shovullab suv oqa boshladi. C) Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas. D) Derazamning oldida bir tup o‘rik gulladi.
119 Quyida berilgan gapdagi so‘zlar imlosida nechta fonetik hodisa mavjud? Ayrim paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolaligimning o‘ynoqi damlarini eslayman; meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni aslo unutmayman. A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 6 ta
120 Qaysi gaplarda qo‘shimchalar ta’sirida bir so‘zning tovush tarkibida ikki xil fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? 1. Inson o‘z umrining hisobli bo‘lishini hamisha kech anglaydi. 2. Jo‘jalarning sanog‘ini bilmadim. 3. Davr qiynoqlari vaqtincha - hali hamma narsa oldinda. 4. Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi. A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 4
121 Qaysi qatorda egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda asosda tovush almashinish hodisasi kuzatiladigan, portlovchi, jarangsiz til orqa tovushi bilan tugagan so‘zlar berilgan? A) tilak, bilak B) qishloq, buloq C) erk, ishtirok D) tog‘, bog‘
122 Qaysi gapdagi so‘zlar imlosidagi fonetik hodisa faqat yasama so‘zda yuzaga kelgan? A) Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang. B) Ko‘nglima orzular solgan qishlog‘im, olis-olislarda qolgan qishlog‘im C) Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyadi. D) Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzing hajrida sarg‘aydim.
123 Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi. Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
124 Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. Ushbu maqoldagi fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
125 Sanasak, muvaffaqiyatlar ko‘p, ammo ular orasida eng muhimi, hamma xalqqa, hamma elga zarur bo‘lgan ne’mat -Tinchlik bayrog‘i bilan yangi asrning issiq, nurli quchog‘iga talpinapmiz. Ushbu gapda nechta so‘z so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
126 Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga yopishib xitob qildi: "Karam sohibi bo‘lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilishi lozim!" (Sa’diy) Ushbu gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta
127 Ona - u, bag‘rida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i, Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. (Mahmud Toir) Ushbu she’riy parchada fonetik hodisaga uchragan so‘zlar soni nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

Download 66.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling