Tayyor dori turlari texnologiyasi


Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana28.09.2020
Hajmi1.56 Mb.
#131698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oquv-uslubiy qollanma


Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. 5,0 g maydalangan va changdan tozalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi. 
2. Perkolyator - 1 ta. 
3. Hajmi 200 ml bo„lgan yig„gich kolba. 
4. SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka va chinni bo„lakchalari. 
5. 70% li etil spirti - etarli miqdorda. 
6. Tosh va tarozi. 
Ishni bajarish tartibi: 
Perkolyator tubiga 3-4 qavatli doka joylashtirilib, ajratuvchi bilan namlanadi (70% li etil spirti).  
5,0  g  maydalangan  va  changdan  tozalangan  (1-8  mm)  valeriana  ildizi  va  ildizpoyasi, 
perkolyatordagi  doka  ustiga  bir  me‟yorda  joylashtiriladi  va  shisha  tayoqcha  bilan  zichlanadi.  Ish 
jarayonida  xom  ashyo  yuzaga  qalqib  chiqib  ketmasligi  uchun,  uning  ustiga  filtr  qog„ozi  qo„yilib,  3-4 
dona chinni  bo„lakchalari bilan  bostirib  qo„yiladi.  Xom ashyo  ichidagi xavoni  chiqarib  yuborish  uchun 
perkolyatorning jo„mragi ochilib, suyuqlik tusha boshlagunga qadar toza ajratuvchi quyiladi va suyuqlik 
tusha  boshlagach,  jo„mrak  berkitilib,  “oynasimon  yuza”  xosil  bo„lguncha  (xom  ashyo  ustidan  1-2  sm 
qalinlikda) toza ajratuvchi quyiladi. Jo„mrakdan oqib chiqqan suyuqlik qaytadan perkolyatorga solinadi 
va  perkoloyatorning  usti  2  qavatli  polietilen  bilan  berkitilib,  24  soatga  qoldiriladi.  Belgilangan  vaqt 
o„tgandan so„ng, umumiy olinishi lozim bo„lgan tayyor maxsulotning 1/4 qismiga teng miqdorda (6,25 
ml)    ajratma  quyib  olinadi.  Perkolyatorga  yana  “oynasimon  yuza”  xosil  bo„lguncha  toza  ajratuvchi 
quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So„ng yana 1/4 qism ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta 
takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Agar umumiy hajm 25 ml ga etmasa, toza ajratuvchi ya‟ni 
70% li spirt bilan etkaziladi. Tayyor ajratma begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10
0
S) 
bir kunga tindirib qo„yiladi. Keyin ajratma quruq shisha idishga qat-qat filtr qog„ozi orqali filtrlanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
68 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
96,2% спирт 
70% спирт 
 Майдалаш  
Тозаланган сув 
Аралаштириш 
Валериана илдизи ва 
илдизпояси 
 Элаш 
 24 соатга қолдириш 
 1-ажратма 
 Қуйиб олиш 
1-1,5 соатга қолдириш 
 
 Қуйиб олиш 
1-1,5 соатга қолдириш 
 
 Қуйиб олиш 
1-1,5 соатга қолдириш 
 
 Қуйиб олиш 
 2-ажратма 
 3-ажратма 
Ажратмаларни 
бирлаштириш 
 4-ажратма 
70% спирт 
70% спирт 
70% спирт 
Баҳолаш 
Қадоқлаш 
Тайѐр махсулот 
Қадоқловчи 
материал 
Тиндириш 

 
69 
2-laboratoriya ishi 
Valeriana nastoykasi. 
Tinctura Valerianae 
Vazifa 
1. 100 ml valeriana nastoykasini girdob usulida tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
Tarkibi. 
Valeriananing maydalangan ildizi  
va ildizpoyasi   
 
 
 
- 200,0 g 
70% li etil spirti  
 
 
 
- 1 l nastoyka xosil bo„lguncha. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. 20,0 g maydalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi. 
2. RT-2 to„qima mikromaydalagich. 
3. Sekundomer. 
4. Doka va varonka. 
5. Hajmi 200 ml bo„lgan shisha idish. 
6. 70% li etil spirti - etarli miqdorda. 
7. Tosh va tarozi. 
Ishni bajarish tartibi: 
Ajratma  aralashtirish  tezligi  daqiqasiga  3000-5000  bo„lgan  RT-2  to„qima  mikromaydalagich 
asbobida olinadi. 
100 ml nastoyka tayyorlash uchun 20,0 g maydalangan (1-8 mm) xom ashyo asbobga joylanib, 
shimish ko„rsatkichini xisobga olgan xolda 130 ml 70% li etil spirti quyiladi. Asbob 5 daqiqa ishlatilib, 
10  daqiqa  to„xtatiladi.  Bu  xolat  4  marta  qaytariladi.  Ajratma  tagiga  paxta  va  2  qavatli  doka  solingan 
varonka  orqali  suzilib,  xom  ashyo  siqiladi.  Agar  xosil  bo„lgan  nastoyka  100  ml  dan  kam  bo„lsa,  xom 
ashyo  70%  li  spirt  bilan  yuvilib,  siqib,  kerakli  hajmga  etkaziladi.  Nastoyka  zich  berkitiladigan  shisha 
idishga  solinib,  begona  moddalardan  tozalash  uchun  salqin  joyda  (8-10
o
S  da)  3-4  kunga  qoldiriladi. 
So„ngra  qat-qat  filtr  orqali  shisha  idishga  suziladi  va  baholanadi.  Ishlatilgan  xom  ashyodan  spirt  suv 
yordamida yuvib olinadi.   
 
Masala.  150  ml  belladonna  nastoykasini  tayyorlash  uchun  zarur  bo„lgan  xom  ashyo  va 
ekstragent miqdorini toping (K sarflanish 2). 
 
Echish. 
Belladonna kuchli ta‟sir etuvchi modda saqlaganligi sababli 1:10 nisbatda tayyorlanadi. 
1 : 10                 1 
.
 150 
X: 150 
X = --------- = 15 g xom ashyo. 
 
 
 
 10 
 
V = 150 + 15 

2 = 180 ml 40% li etil spirti. 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
70 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
70% ли этил спирти 
Асбобни 5 дақиқа ишлатиш 
Аралаштириш 
Валериана илдизи ва 
илдизпояси 
10 дақиқа дам олдириш 
Сузиш 
Хом ашѐни сиқиш 
Баҳолаш 
Қадоқлаш 
Тайѐр махсулот 
Қадоқловчи 
материал 
Хом ашѐни ювиш ва керакли 
хажмгача етказиш 
РТ-2 тўқима 
майдалагич 
Асбобни 5 дақиқа ишлатиш 
10 дақиқа дам олдириш 
Асбобни 5 дақиқа ишлатиш 
10 дақиқа дам олдириш 
Асбобни 5 дақиқа ишлатиш 
10 дақиқа дам олдириш 
Пахта ва 2 қаватли 
дока солинган воронка 
70% ли этил спирти 

 
71 
Tayyor  maxsulotning  tavsifi.  Qizil-qo„ng„ir  rangli,  tiniq,  o„ziga  xos  xushbo„y  xidli  yoqimli 
chuchmal mazaga ega suyuqlik. Quyosh nuri ta‟sirida rangi to„qlashadi. Preparatda quruq qoldiq miqdori 
3% dan, spirt 66% dan, valerian kislotasi 0,2%   dan kam bo„lmasligi kerak. 
Qadoqlash. 20 kg li yoki 25-50 ml li jigarrang shisha idishlarda chiqariladi. 
Saqlanishi. Zich berkitilgan shisha idishlarda, qorong„i va salqin joylarda saqlanadi. 
Ishlatilishi.  YUrak  qon  tomir,  asab  kasalliklarida,  uyqusizlikda,  me‟da  ichak  yo„llari  tarangligini 
bo„shashtirishda tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Bir kunda 20-30 tomchidan 3-4 marta beriladi. 
3-laboratoriya ishi 
Ermon nastoykasi 
Tinctura Absintii 
Vazifa 
1. 
50  ml  ermon  nastoykasini  markazdan  qochma  kuchga  asoslangan  usul  yordamida 
tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
Tarkibi. 
Ermon o„simligining er ustki qismi  
- 200,0 g. 
70% li etil spirti  
 
 
 
- 1 l nastoyka xosil bo„lguncha. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. 10,0 g ermon o„simligining er ustki qismi. 
2. Kofe maydalagich. 
3. Stakan. 
4. Sharbat oluvchi SV-1 asbobi. 
5. 70% li etil spirti  - kerakli miqdorda. 
6. SHisha tayoqcha, qat-qat filtr qog„ozi. 
7. Tosh va tarozi. 
Ishni bajarish tartibi: 
Bu  usul  mumkin  qadar  maydalangan  xom  ashyodan  (maydalik  darajasi  0,25  mm  va  undan 
kichik) foydalanishga va ajratmani sharbat oluvchi SV-1 asbobi yordamida ajratib olishga asoslangan.  
10,0  g  erman  o„simligining  er  ustki  qismi  kofe    maydalagichda  45  soniya  davomida 
maydalanadi.  Xosil  bo„lgan  talqonning  70%  0,25  mm  dan  mayda  va  30%  0,25  mm  dan  yirik  bo„ladi. 
Maydalangan talqon 100 ml li stakanga solinadi,  ustiga 65 ml 70% li spirt solib, shisha tayoqcha  bilan 
aralashtiriladi  va  bo„kish  uchun  5  daqiqaga  usti  yopiq  xolda  qoldiriladi.  So„ngra  stakandagi  massa 
sharbat  ajratuvchi  asbobga  o„tkaziladi.  Asbob  rotori  aylanganda  tebranmasligi  (zirrillamasligi)  uchun 
massa idishga bir tekisda joylashtiriladi va qopqog„i yopiladi. So„ngra asbob 30 soniya elektr tarmog„iga 
ulanadi.  Ajratma  asbob  tarnovchasidan  yig„ib  olinib,  begona  moddalardan  tozalash  uchun  salqin  joyda 
(8-10
o
S)  1  kun  muddatga  qoldiriladi.  Keyin  qat-qat  filtr  qog„ozi  orqali  idishga  suziladi,  baxolanadi  va 
tayyor maxsulot sifatida topshiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
72 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
Tayyor  maxsulot  tavsifi.  Qo„ng„irsimon-yashil  rangli,  o„ziga  xos  xidga  ega  bo„lgan,  mazasi 
taxir suyuqlik. 2 ml nastoykaga 1 ml suv qo„shilganda loyqalanish xosil bo„ladi. Quruq qoldiq miqdori 
3% dan , spirt 64% dan kam bo„lmasligi kerak. Taxirlik ko„rsatkichi 1:4000 dan kam bo„lmasligi lozim.  
Qadoqlash.  Jigarrang  shisha  idishlarda  18  kg  dan,  shisha  idishchalarda  15,  25  va  50  ml  dan 
chiqariladi. 
Saqlanishi. Zich berkitilgan shisha idishlarda, qorong„i joyda saqlanadi.  
Ishlatilishi.  Ishtaxa  ochuvchi,  ovqat  xazm  qilish  organlari  ish  faoliyatini  yaxshilovchi  dori 
vositasi sifatida ovqatdan 0,5 soat oldin, kuniga 2-3 marta, 10-20 tomchidan beriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
Майдалаш 
Эрмон ўсимлигининг 
ер устки қисми 
Баҳолаш 
Қадоқлаш 
Тайѐр махсулот 
Қадоқловчи 
материал 
Керакли хажмгача етказиш 
Ажратма олиш 
70% ли этил спирти 
СВ-1 шарбат олувчи 
асбоб 
Кофе майдалагич 
Аралаштириш 
70% ли этил спирти 

 
73 
19-mavzu. Tog‟jambulning suyuq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad: 
Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  ekstraktlarni  olish  usullari  va  ularni 
tayyorlashdagi  o„ziga  xos  tomonlar  bilan  tanishish.  Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  suyuq,  quyuq, 
quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni 
sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. 
Mavzuning  ahamiyati:  Ekstraktlar  nafaqat  TDV  balki  boshqa  turdagi  dori  vositalarini 
tayyorlashda  ham  keng  ko„lamda ishlatilishi  bilan  ahamiyatlidir.  SHuning uchun  ham  ularni  tayyorlash 
texnologiyasini  o„zlashtirish  va  kengaytirish  katta  amaliy  ahamiyatga  ega.  SHunday  ekan  ularning 
nomenklaturasini  ishlab  chiqarish  amaliyotida  ko„paytirish  katta  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Barcha 
TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi.  
Amaliy  mashg„ulot  mavzusini  yoritishda  “Sen  menga,  men  senga”  pedagogik  texnologiya 
usulidan foydalaniladi  
 
 
Vaziyatli masalalar: 
1.  Tog„jambul suyuq ekstraktini tayyorlash uchun zarur bo„lgan glitserin yo„q. 
2.  Tayyorlangan quyuq ekstrakt tarkibidagi og„ir metall tuzlari va biologik faol modda miqdori 
me‟yoridan ko„p. 
3.  Bug„latish jarayonida olingan kondensatning rangi loyqa va toza emas. 
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 
1.  Suyuq ekstraktlarga ta‟rif bering. 
2.  Suyuq ekstraktlarni tayyorlash bosqichlarini sanang. 
3.  Suyuq ekstraktlar qanday usullar bo„yicha tayyorlanadi? 
4.  Suyuq ekstraktlarni perkolyasiya usulida tayyorlash mohiyati. 
5.  Suyuq ekstraktlarni reperkolyasiya usullarida tayyorlash qanday amalga oshiriladi? 
6.  VNIIF usulida   suyuq ekstraktlar qanday tayyorlanadi? 
7.  Girdob usulida suyuq ekstrakt tayyorlash mohiyati. 
8.  Nastoyka va suyuq ekstrakt tayyorlashdagi pekrolyasiya usulining farqi nimada? 
Ўқитувчи 
1-талаба  
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрланиш нисбатлари 
жавоб: перколяция, ВНИИФ ва 
реперколяция 
2-талаба  
жавоб: 1:1 
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрлаш усуллари 
 
3-талаба  
савол:  
жавоб:  
4-талаба  
жавоб: 
савол: 
 
5-талаба  
савол:  
жавоб:  
6-талаба  
жавоб: 
савол: 
 

 
74 
9.  Bosin usulida suyuq ekstrakt tayyorlash mohiyati. 
10. Xom ashyoni teng bo„lmagan bo„laklarga bo„lib tugallanmagan siklda ajratma olish mohiyati 
qanday? 
1-laboratoriya ishi 
Tog„jambul suyuq ekstrakti 
Extractum Serpylli fluidum 
Vazifa 
1. 30 ml tog„jambul suyuq ekstraktini VNIIF usulida tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
Tarkibi. 
Maydalangan tog„jambul o„simligining  
er ustki qismi  
 
 
 
 
- 1000,0 g. 
Glitserin      
 
 
 
 
- 100,0 g. 
30% li etil spirti  
 
 
 
- 1 l ekstrakt xosil bo„lguncha. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1. 30,0 g maydalangan oddiy tog„jambul o„simligining er ustki qismi. 
2. Perkolyator - 3 ta. 
3. Yig„gich kolba - hajmi 200 ml bo„lgan. 
4. SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka va chinni bo„lakchalari. 
5. Glitserin. 
6. 30% li etil spirti - etarli miqdorda. 
Ishni bajarish tartibi: 
3  mm  kattalikda  maydalangan  30,0  g  oddiy  tog„jambul  o„simligining  er  ustki  qismi  3  qismga 
bo„linib, 3 ta perkolyatorga 10,0 g dan solinadi. 
Birinchi  perkolyatorga  xom  ashyo  zarrachalari  orasidagi  xavo  chiqib  ketgunga  qadar  toza 
ajratuvchi (tarkibida glitserin saqlagan 30% li spirt) solinadi va “oynasimon yuza” xosil qilinadi. So„ngra 
perkolyator  2  soatga  qoldirilib,  keyin  ajratma  quyib  olinadi  va  ikkinchi  perkolyatorga  o„tkaziladi, 
birinchisiga  esa  yana  “oynasimon  yuza”  xosil  bo„lgunga  qadar  toza  ajratuvchi  solinadi.  Ikkinchi 
perkolyatordagi  xavo  chiqarib  yuborilib,  unga  ham  “oynasimon  yuza”  xosil  bo„lgunga  qadar  toza 
ajratuvchidan solinadi. Har ikkala perkolyator ham yana 2 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o„tgandan 
so„ng  ikkinchi  perkolyatordagi  ajratma  uchinchi  perkolyatorga,  birinchidagi  esa  ikkinchiga  o„tkazilib, 
birinchi  perkolyatorga  yana  “oynasimon  yuza”  xosil  bo„lgunga  qadar  toza  ajratuvchi  solinadi.  Ikkinchi 
va  uchinchi  perkolyatorlardagi  xavo  chiqarib  yuborilib,  toza  ajratuvchi  bilan  “oynasimon  yuza”  xosil 
qilinadi.  So„ng  har  uchchala  perkolyator  ham  1  kun  muddatga  qoldiriladi.  Belgilangan  vaqt  o„tgandan 
so„ng, uchinchi perkolyatordan tayyor maxsulotning umumiy hajmiga nisbatan 1/3 qism ajratma (10 ml) 
quyib  olinib,  ikkinchi  perkolyatordagi  ajratma  yana  uchinchi  perkolyatorga,  birinchidagi  esa  ikkinchi 
perkolyatorga  o„tkaziladi.  Birinchi  perkolyator  ishdan  chiqariladi.  Ikkinchi  va  uchinchi    perkolyatorlar 
yana  2  soatga  qoldirilib,  so„ngra  uchinchi  perkolyatordan  yana  umumiy  olinishi  kerak  bo„lgan 
ajratmaning  1/3  qismi  ya‟ni  10  ml  quyib  olinadi.  So„ngra  ikkinchi  perkolyatordagi  ajratma  uchinchi 
perkolyatorga  o„tkazilib,  ikkinchi  perkolyator  ishdan  chiqariladi.  Uchinchi  perkolyatorda  “oynasimon 
yuza” xosil qilinib, yana 2 soatga qoldiriladi. Belgilangan muddat o„tgandan so„ng yana 10 ml miqdorida 
ajratma quyib olinadi. Ajratmalar birlashtirilib, begona moddalardan tozalanadi. 
 
 
 
 
 
 
 

 
75 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
Tayyor  maxsulot  tavsifi.  Qo„ng„ir  rangli,  achchiq  mazali  va  tog„jabul  hidiga  ega  bo„lgan 
suyuqlik. Quruq qoldiq miqdori 8% dan, spirt miqdori 22% dan kam bo„lmasligi kerak. 
Qadoqlash. 20,0 kg dan jigarrang shisha idishlarda chiqariladi. 
Saqlanishi. Qorong„i va salqin joyda 1 yilgacha saqlanadi. 
Ishlatilishi.  Balg„am  ko„chiruvchi,  bel  og„riganda  (radikulit)  og„riq  qoldiruvchi  dori  vositasi 
sifatida ishlatiladi. Ekstrakt “Pertussin” preparati tarkibiga kiradi.
 
Ажратма олиш 
3-ажратма 
Тиндириш ва сузиш 
Баҳолаш 
Қадоқлаш 
Қадоқловчи материал 
Тайѐр маҳсулот 
24 соатга қолдириш 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
Аралаштириш 
30% ли этил спирти 
Жойлаштириш 
1-перколятор 
Глицерин 
Глицеринни спиртли 
эритмаси 
Тоғжамбул ер устки 
қисми 
2 соатга қолдириш 
Жойлаштириш 
2-перколятор 
Тоғжамбул ер устки 
қисми 
2 соатга қолдириш 
Ажратма олиш 
1-ажратма 
Жойлаштириш 
3-перколятор 
Тоғжамбул ер устки 
қисми 
Ажратма олиш 
2-ажратма 

 
76 
20-mavzu. Chuchukmiyaning quyuq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad: 
Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  ekstraktlarni  olish  usullari  va  ularni 
tayyorlashdagi  o„ziga  xos  tomonlar  bilan  tanishish.  Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  suyuq,  quyuq, 
quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni 
sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. 
Mavzuning  ahamiyati:  Ekstraktlar  nafaqat  TDV  balki  boshqa  turdagi  dori  vositalarini 
tayyorlashda  ham  keng  ko„lamda  ishlatilishi  bilan  ahamiyatlidir.  Shuning  uchun  ham  ularni  tayyorlash 
texnologiyasini  o„zlashtirish  va  kengaytirish  katta  amaliy  ahamiyatga  ega.  SHunday  ekan  ularning 
nomenklaturasini  ishlab  chiqarish  amaliyotida  ko„paytirish  katta  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Barcha 
TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi.  
Amaliy  mashg„ulot  mavzusini  yoritishda  “Sen  menga,  men  senga”  pedagogik  texnologiya 
usulidan foydalaniladi  
 
 
Vaziyatli masalalar: 
1.  Tayyorlangan quyuq ekstrakt tarkibidagi og„ir metall tuzlari va biologik faol modda miqdori 
me‟yoridan ko„p. 
2.  Bug„latish jarayonida olingan kondensatning rangi loyqa va toza emas. 
3.  Quruq ekstrakt tayyorlashda uning namligini yo„qotish qiyinlashdi. 
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar: 
1.  Quyuq ekstraktlar tarifi. 
2.  Quyuq ekstraktlar olishda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? 
3.  Quyuq ekstraktlar ishlab chiqarishni qanday o„ziga xos kamchiliklari bor? 
4.  Quyuq ekstraktlar olishni texnologik jarayonlarini ayting. 
5.  Qarama-qarshi oqimda ajratma olish usullarini sanang. 
6.  Likopchali diffuzion asbobda ajratma olish mohiyati. 
7.  Prujina kurakchali asbobning ishlash tartibi qanday?  
Ўқитувчи 
1-талаба  
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрланиш нисбатлари 
жавоб: перколяция, ВНИИФ ва 
реперколяция 
2-талаба  
жавоб: 1:1 
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрлаш усуллари 
 
3-талаба  
савол:  
жавоб:  
4-талаба  
жавоб: 
савол: 
 
5-талаба  
савол:  
жавоб:  
6-талаба  
жавоб: 
савол: 
 

 
77 
8.  Quyuq ekstraktlar olishdagi usullarning bir-biridan afzallik va kamchilik tomonlari nimada? 
Quruq ekstraktlarga ta‟rif bering. 
9.  Ekstraktorlar batareyasida ajratma olish qanday bajariladi? 
10.  Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish nima? 
11.  Sokslet apparati yordamida ajratma olish jarayoni nimalardan iborat? 
12.  Xladonlar yordami ajratma qanday olinadi? 
13.  Suyultirilgan  gazlar  yordamida  ajratma  olishda  ishlatiladigan  asbobning  ishchi  qismlarini 
sanang. 
14.  Suyultirilgan karbonat angidridi yordamida ajratma olish qanday amalga oshiriladi? 
15.  Quyuq va quruq ekstraktlarning qanday sifat ko„rsatkichlari o„rganiladi? 
16.  Quyuq ekstraktlar tarkibidagi quruq qoldiq qanday aniqlanadi? 
1-laboratoriya ishi 
Chuchukmiya ildizi quyuq ekstrakti 
Extractum Glycyrrhizae spissum 
Vazifa 
1.  Qayta matseratsiya usulida 20 g xom ashyodan quyuq chuchukmiya ekstraktini tayyorlang. 
2.  Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
3.  Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. 
Tarkibi. 
Maydalangan chuchukmiya ildizi   - etarli miqdorda 
0,25% li ammiak eritmasi    
- etarli miqdorda. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 
1.  20,0 g maydalangan chuchukmiya ildizi. 
2.  Hajmi 100 ml bo„lgan, og„zi keng va zich yopiladigan shisha idish. 
3.  SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka. 
4.  Bug„latgich. 
5.  0,25% li ammiak eritmasi - etarli miqdorda. 
6.  Tozalangan suv, kaolin, kraxmal va qand. 
Ishni bajarish tartibi: 
20,0 g maydalangan va changdan tozalangan chuchukmiya ildizi og„zi keng va zich yopiladigan 
shisha idishga solinib, ustiga xom ashyoga nisbatan 5 baravar ko„p miqdorda (100 ml) 0,25% li ammiak 
eritmasi  quyib,  shisha  tayoqcha  yordamida  aralashtiriladi  va  48  soatga  qoldiriladi,  so„ng  ajratma  quyib 
olinadi. Xom ashyo 2 qavatli doka orqali siqib olinadi va qaytadan shisha idishga solinib, xom ashyoga 
nisbatan  3  baravar  ko„p  miqdorda  ammiak  eritmasi  bilan  aralashtirilib,  yana  24  soatga  qoldiriladi. 
Belgilangan  vaqt  o„tgandan  so„ng  ajratma  quyib  olinib,  xom  ashyo  yana  siqiladi  va  xar  ikkala  ajratma 
birlashtirilib,  begona  moddalardan  tozalash  uchun  12  soatga  salqin  joyda  qoldiriladi.  So„ngra  ajratma 
suzib  olinib,  3  soat  mobaynida  qaynatiladi.  Suyuqlikning  umumiy  xajmiga  nisbatan  5%  ko„p 
miqdoridagi  suv  bilan  aralashtirilib,  bo„tqasimon  massa  xoliga  keltirilgan  kaolin,  ajratmaning  ustiga 
solinadi va 3 kunga salqin joyda qoldiriladi. Suyuqlik suziladi va  vakuum bug„latgich yordamida quyuq 
xolatga  kelgunga  qadar  bug„latiladi.  Tayyor  maxsulot  tortib  olinib,  undagi  glitserrizin  kislotasining 
miqdori  aniqlaniladi.  Agar  uning  miqdori  massa  tarkibida  me‟yordan  ortiq  bo„lsa,  kraxmal  yoki  qand 
qo„shib me‟yoriga keltiriladi. 
100,0  g  chuchukmiya  ildizidan  qancha  quyuq  ekstrakt  tayyorlash  mumkinligini  nazariy 
xisoblash: 
100,0 g chuchukmiya ildizida - 6,0 g   glitserrizin kislotasi bo„lsa 
20,0 g   chuchukmiya ildizida - X g glitserrizin kislotasi bo„ladi. 
2
,
1
100
20
6



Х
 g glitserrizin kislotasi bo„ladi. 

 
78 
100,0 g quyuq ekstraktda - 14,0 g glitserrizin kislota bo„lsa 
X g quyuq ekstraktda        - 1,2 g glitserrizin kislotasi bo„ladi. 
6
,
8
14
100
2
,
1



Х
 g quyuq ekstrakt 
Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling