Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Mol yetkazib berish jarayonida transport turlari
Download 169.48 Kb.
|
4. Tayyor mahsulot
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim hujjati, to‘lov talabnomasi va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi ko‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot sotish shartlariga qarab aniklanadi. Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka beriladi: D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi» K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot». Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati yetgan va to‘lash muddati yetmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul qilinmagan, mas’ul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari tayyor mahsulotni hisobga olishning ikkala, ya’ni haqiqiy yoki hisob tannarxlari bo‘yicha usullarni qo‘llashni tavsiya etadi. Tanlangan usul sub’ektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Biroq bunda takidlash joizki, tayyor mahsulot miqdor ko‘rsatkichlarida ham hisobga olinadi. Miqdoriy hisob sub’ektda qabul qilingan o‘lchov birliklari, uning fizik jihatlaridan (hajm, vazn, maydon, chizikdi birliklar yoki donalab) kelib chiqqan holda yuritiladi. Bir turdagi mahsulotlarni hisobga olishni tashkil qilishda shartli natural o‘lchovlar ko‘llanilishi mumkin. Masalan, konservalar-shartli bankalarda, cho‘yan-mahsulotga qayta hisoblangan holda, ayrim turdagi mahsulotlar- ularning foydali moddalari og‘irligi yoki hajmidan kelib chiqiladi. Download 169.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling