Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Download 194.89 Kb.
|
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini
Bunda: X — og‘irlik kamayishi foizi; a — qoplashdagi namlik ko‘rsatkichi; b — sotish yoki saqlashdagi namlik ko‘rsatkichi. Tekshirish kamida 10 ta qopni tortib ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qoplash bo‘limi yoki omborda standart og‘irlikni tekshirish natijalari qoplardagi mahsulot standart salmog‘ini nazorat qilish jurnaliga (150-shakl) kiritiladi. Jurnalga tekshirishda har bir qop (paket)dagi mahsulotning standart og‘irligidan chetga chiqish yozib qo‘yiladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati korxona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi va topshiriladigan yuk xatlarida ko‘rsatiladi. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot sifati tekshirilayotgan vaqtda brak (nostandart) mahsulot aniqlansa, unda IChTL (korxona laboratoriyasi) bu haqda belgilangan shaklda dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomada nostandart mahsulotning miqdori va nostandart mahsulot ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lgan alomatlar ko‘rsatib o‘tiladi. Nostandart mahsulot alohida taxlanadi va albatta qayta ishlanishi kerak. Nostandart mahsulot hisobi (hujjatlar bilan rasmiylashtirish) har oyda yuritiladi. Nostandart mahsulotga ishlov berish jurnalda (116-shakl) aks ettiriladi. Agar smena oxirida nostandart mahsulot mavjud bo‘lsa, uning miqdori u qachon va kim tomonidan keyinchalik ishlov berilishidan qat’i nazar, hisobga olinishi kerak. Standartlar talablariga yoki sifatning vaqtinchalik normalariga javob bermaydigan mahsulot nostandart mahsulot toifasiga tegishli bo‘ladi. Agar ilgari brak qilingan mahsulot uni mayda turkumlarga bo‘lib tekshirishda standart deb e’tirof etilsa, u holda brak qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan hujjatlar orqali tasdiqlangan bunday un yoki yorma miqdori nostandart mahsulot miqdoridan chiqarib tashlanadi. Nostandart mahsulotni qayta ishlashga berish korxona rahbarining farmoyishi bo‘yicha amalga oshiriladi va yuk xati bilan rasmiylashtiriladi (115-shakl). Buxgalteriya hisobida turgan nostandart mahsulot, qayerda (omborda yoki ishlab chiqarish sexida) turganligidan qat’i nazar, tugallanmagan ishlab chiqarish hisobida bo‘lib, faqat mahsulotdagi nosozlik to‘g‘rilangandan keyin, tayyor mahsulot hisobiga qo‘shiladi. Ishlab chiqarish sexi boshlig‘i jurnalda (116-shakl) nostandart mahsulotlar tashilishi hisobini olib boradi va qayta ishlashga berilgan ushbu mahsulot ikkinchi marta korxona ishlab chiqqan mahsulot hajmiga qo‘shilib ketmasligini nazorat qilib boradi. Un tortish vaqtida uch sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatda yoki o‘n kun turgandan keyin birinchi smenaning to‘rt soati mobaynida ishlab chiqilgan amaldagi sifat normalariga muvofiq bo‘lmagan mahsulotlar nostandart mahsulot sifatida hisobga olinmasligi va ishlab chiqarish korpusini oylik tozalashgacha qayta ishlanishi kerak. Xom ashyo sarfi ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar normasi hisobga olingan holda bir smenada mahsulot ishlab chiqarishga muvofiq bo‘lishi kerak. Tayyor mahsulotning ombor hisobi Nizomga muvofiq yuritiladi. Un-yorma va omixta yem korxonalarining tayyor mahsulot omborlari mudirlari har kuni omborga haqiqatda tushgan mahsulot miqdorini va har bir smena uchun yuk xatlari bilan rasmiylashtirilgan chiqindilarni o‘z ombor hisobotlari bo‘yicha kirim qiladilar. Korxona buxgalteriyasi tomonidan har kuni omborga kirim qilingan mahsulot, don mahsulotlari va noozuqa chiqindilar miqdorini smena bildirishnomalarida ko‘rsatilgan miqdor bilan taqqoslaydi. Farqlar aniqlangan taqdirda ularning sabablarini aniqlash va farqlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish uchun korxona rahbariga axborot beriladi. Download 194.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling