Tayyorgarligi
Download 57.63 Kb. Pdf ko'rish
|
BO`LAJAK SPORTCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIALAR TA‘LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTET JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI S20.94-GURUH TALABASI: Shavkatov Axrorjonning MAVZU: BO`LAJAK SPORTCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI BO`LAJAK SPORTCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI Reja: 1. Sport Metrologiyasi 2. Sportchilarning jismoniy tayyorgarligi 3. Maxsus mashqlari Metrologiya ( yunoncha : metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va u larning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari. Dastlab, M. turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-yil 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hu kumatlararo darajada taʼsis etilishi M.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi. M.da oʻlchanadigan kattalik obʼyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obʼyektlar uchun umumiy va u bir obʼyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (obʼyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obʼyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; obʼyekt uchun kattalik tushunch asi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obyektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi. Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin- siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi. Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. M. etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi. Qonunlashtiruvchi M. — davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, oʻlchashlar va oʻlchash vositalarining bir xilligigaerishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi. Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va saqlab turish uchun M. boʻyicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi. Jismoniy mashg’ulotlarning ahamiyati va bolalar bog’chasining kundalik rejimida ularning tutgan o’rni. Jismoniy mashg’ulotlar bolalarni jismoniy mashqlarga uyushqoqlik bilan, sistemali suratda o’rgatishning asosiy formasidir. Bola organizmining ish qobiliyati munosabati bilan jismoniy mashg’ulotlarning tuzilish sxemasi.. Jismoniy mashqlarni tanlash va birga qo’shib olib borish. Jismoniy qo’llanmalaridan foydalanish. Mashg’ulot har bir qismining tuzilishi, mazmuni va ularga doir uslubiy ko’rsatmalar. Jismoniy mashqlarni bajarishda ehtiyot choralarini ta’minlash va mayib bo’lishlikning oldini olish.Yilning turli fasllarida jismoniy mashg’ulotlarni o’tkazish uslubi. Ilk yoshdagi bolalar bilan va yosh jihatdan aralash gruppalarda jismoniy mashg’ulotlarni o’tkazish uslubi. Tarbiyachining jismoniy mashg’ulotlarini baholash. Bilimlarini o’zlashtirib olishi, jismoniy mashqlarni to’g’ri va tez bajarishi ustidan nazorat qilish. Bolalarning mashg’ulotgacha va mashg’ulotdan keyingi ahvoli va hatti-harakatini kuzatish. Jismoniy mashg’ulotlarini o’tkazishni tahlil qilishga doir savollar. 31. Kichik va o‘rta guruhlardan jismoniy tarbiya mashg’ulotini o’tkazish uslubi (Nazariy) Yilning turli fasllarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish .kichik va o‘rta guruhlarda va yosh jihatdan aralash guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish uslubi. Tarbiyachining jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini baholash. Bilimlarni o’zlashtirib olish, jismoniy mashqlarni tez va to’g’ri bajarishi ustidan nazorat qilish. 32. Katta va tayyorlov guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotini o’tkazish uslubi (Nazariy) Katta va tayyorlov guruhlarda o’qituvchining topshirig’iga binoan mashg’ulotni qismlarga bo’lgan holda plan - konspektini tuzish, o’tkazish va tahlil qilish. O’quvchilarga jismoniy tarbiya mashg’ulotini har bir qismini dastur bo’yicha tuza olishga, mashg’ulot plan konspektini tuzish va o’tkazishga o’rgatish. 33. Kichik va o‘rta guruh bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotini plan – konspektini tuzish (Amaliy) O’quvchilarga jismoniy tarbiya ish formalaridan jismoniy tarbiya mashg’ulotini va kundalik hayotda olib boriladigan jismoniy mashqlarni mustaqil olib borishni talab qilish. O’quvchilar amaliyotda bajaradigan mashg’ulotlarga ko’rgazmali qurollar tayyorlash. 34. Katta va tayyorlov guruh bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotini plan – konspektini tuzish (Amaliy) Katta va tayyorlov guruhlarda mashg’ulotning har bir qismini tuzilishi, mazmuni va ularga doir uslubiy ko’rsatmalar berish , farqlashga o’rgatish. Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya ish formalaridan jismoniy tarbiya mashg’ulotini va kundalik hayotda olib boriladigan jismoniy mashqlarni mustaqil olib borishni talab qilish. Mustaqil ish. Amaliyotda jismoniy tarbiya mashg’ulotini mustaqil bajarish va tahlil qilish. O’quvchilarga dastur bo’yicha turli yosh guruhlarga mashg’ulot konspektini berish 35.Sport elementlari bo’lgan o’yinlarni ahamiyati va o’tkazish uslubi (Amaliy) Sport elementi o’yinlari harakatli o’yin turkumiga kirishi, bolalarni har tomonlama tarbiyalashdagi ahamiyati. Sport elementi o’yinlari tarkibiga asosiy harakat mashqlarini kirishi va bu o’yinni o’ynash orqali fazoda mo’ljal olishga,ko’z bilan chamalash malakalarini rivojlantirish. Katta va tayyorlov guruhlarda sport elementi o’yinlarini mazmun jihatdan farqlashga o’rgatib amaliyotga v amaliy darslarda o’tkazishga o’rgatish. Bu o’yinlar orqali bolalarni chaqqonlik, epchillik kabi jismoniy sifatlsrni tarbiyalash Volleybol. Umumiy xususiyati: Bola rivojida o’yin ahamiyati. Sharoit yaratish: joyni tayyorlash, narsalarni, bolalarni tashkillashtirish. O’rgatish uslubi: O’rgatish uslubi: O’rgatish yo’li, mos mashqlarni tanlash, bajarish texnikasi, topshiriqni murakkablashtirish, o’yin qoidalari, xatolarni to’g’rilash va ogohlantirish, o’yin davomiyligi. Basketbol. Umumuy xususiyati. Bolaning rivojida o’yin mohiyati. Sharoit yaratish: bolalarni uyushtirish, narsa va joylarni tayyorlash. O’qitish uslubi: o’qitish yo’li, mos o’yinlarni tanlash, o’yin qoidalari, murakkab mashqlarni bajarish texnikasi, xatolarni ogohlantirish va to’grilash, o’yin davomiyligi. Futbol. Umumiy xususiyati. O’rgatish uslubi: bolalarni tashkillashtirish, joyni tayyorlash, o’rgatish yo’li, mos mashqlar, o’yinga oid topshiriqlar, topshiriqni murakkablashtirish, xatolarni to’g’rilash va ogohlantirish, o’yin davomiyligi. Badmenton:Umumuy xususiyati. O’rgatish uslubi.: bolalarni uyushtirish, o’rgatish yo’li, ikkita teng komandaga bo’lib ,ikkita raketka va valanchik orqali bir- biriga uzatish orqqali o’ynash usullarini o’rgatish. Stol-tennisi: Umumuy xususiyati . O’rgatish uslubi.:Bu o’yinni stol o‘rtasiga setka tutilgan bo’lib, kichkina raketka orqali va silindr koptok bilan o’ynash usulini o’rgatish. Mustaqil ish.Internet orqali sport elementi bo’lgan o’yinlarga referat tayyorlash. 36. Sport mashqlarining ahamiyati va o’rgatish uslubi. Qishki va yozgi sport mashqlarini (Amaliy) Velosipedda yurish. Velosiped turlari. Velisipedda yurish uchun joy tanlash. Velosipeddan foydalanish qoidalari va unga qarash. Ikki va uch g’ildirakli velosipedlarda yurish xususiyatlari. Velosipedda yurish uslubini o’rgatishYo’l harakati qoidalariga rioya qilish. Samakatda yurish. samakat turlari, samakatda yurish hususiyati, samakatdan foydalanish qoidalari.Yo’l harakati qoidalarini egallash mashqlari va o’yinlari. Bolalarni yo’lga olib chiqish. G’ildirakli kon’kilarda yurish. Sharoitni yaratish, joyni tanlash, mos oyoq kiyimlarini tanlash, kon’kilarni saqlash. O’rgatish uslubi. Chapga , o’nga burilishni bir joyda bajarish. Suzish. suvdagi harakatni o’ziga xosligi. Suzish mohiyati. Suzish usullari va ular texnikasining xususiyati . Joyni tanlash va tayyorlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarning cho’milishi uchun basseyn turlari.Cho’milish buyumlariga gigiyenik talablar. Suvda turish qoidalari.Bolalarni tashkillashtirish. O’rgatish uslubi. Sport mashqlariga bolalarni uyushtirish, tayyorlov mashqlari, o’rgatish usullari, xatolarni oldini olish va tuzatish, jarohatlanish va sovuq olishini oldini olish. Sport mashqlariga bolalarni uyushtirish, tayyorlov mashqlari, o’rgatish usullari, xatolarni oldini olish va tuzatish, jarohatlanish va issiq olishini oldini olish. Mustaqil ish. Internet orqali sport mashqlariga referat tayyorlash. 37. MTMda jismoniy sog’lomlashtiruvchi tadbirlar. Ertalabki badantarbiya (Nazariy) Ertalabki gimnastika.Ertalabki badantarbiya ahamiyati hamda ularning bolalar bag’chasining kundalik rejimidagi o’rni. Ertalabki badantarbiya tuzilishi. Jismoniy mashqlarni tanlash . jismoniy qo’llanmalari (bayram, tayoqcha, halqacha boshqalar…)dan foydalanish. Komplekslar tuzish . komplekslar o’tkazish davomiyligi va ularni almashtirib turish. O’quvchilarni ertalabki badan-tarbiyani to’g’ri tashkil qilishini, uning tuzilishi, jismoniy mashqlarni to’g’ri tanlash, jismoniy qo’llanmalardan foydalanish. Komplekslar o’kazish davomiyligi ularni almashtirib turish. Bolalarni charchash holatini yo’qotish va ularning ishchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida rasm , loy va plastilindan buyumlar yasash, sanoq, nutqni o’stirish va boshqa mashg’ulotlar prosessida jismoniy daqiqalarni o’tkazish zarurligi. 38. Kichik va o‘rta guruhlarda ertalabki badantarbiyani ahamiyati va o’tkazish uslubi (Amaliy) Bolalar organizmiga ertalabki badan-tarbiyani ahamiyati. Bolalar bog’chasida ertalabki badan-tarbiyani o’rni va o’tkazish uslubi. Kichik va o‘rta guruhlarda adabiyotlar va dasturdan foydalanib, ertalabki badantarbiya plan-konspektini tuzish va o’tkazish yo’llarini tahlil qilish. Bolalar organizmiga ertalabki badan-tarbiyani ahamiyati. Bolalar bog’chasida ertalabki badan-tarbiyani o’rni va o’tkazish uslubi. Kichik va o‘rta guruhlarda adabiyotlar va dasturdan foydalanib, ertalabki badantarbiya plan-konspektini tuzish va o’tkazish yo’llarini tahlil qilish. Mustaqil ish. Kichik va o‘rta guruhlarda ertalabki badan tarbiyani dastur asosida plan konspektini tuzish va o’tkazishga o’rgatish. O’quvchilar o’tkazgan ertalabki badan tarbiyani kuzatish va tahlil qilish. Asosiy mashg’ulot-Jismoniy tarbiya uslubiyati fani bo’yicha tuzilgan dasturdagi o’tiladigan nazariy mashg’ulotlar dars formasida olib borilib o’qituvchi dasturni asosiy mavzularni bayon qiladi, o’quvchilarni mustaqil ishlari uchun ko’rsatmalar beradi. O’quvchilarni bayon qilayotgan mavzuni to’la idrok qilishlari maqsadida uni tushuntirish bilan birga mashqlarni qilib ko’rsatish, ko’rsatma qurollarni (jadval, sxema, rasm, fotosur’at, slaydlar, videoglaz, kodoskop, magnitofon yozuvlari) shuningdek o’qitishning boshqa texnik vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Prezidentimizning I.A.Karimovning “Sog’lom avlod dasturi”, “O’zbekiston iftixorlari” kitobi bilan tanishtirib, “Ta’lim haqidagi qonun” asosida dars o’tish tavsiya etiladi. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlarga o’rgatish metodikasini o’rganadilar. Bolalar bog’chasida jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim va amaliy ko’nikmalar hosil qiladilar. Amaliy mashg’ulotlar o’quv uslubiy xarakterdagi mashg’ulotlar, namunali mashg’ulotlar va o’quv gruppalaridagi o’quv amaliyoti tarzida o’tkaziladi. O’quv uslubiyati mashg’ulotlarida o’quvchilar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlarga o’rgatishning usul va uslublarini ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, harakatli o’yinlarni o’tkazish yo’llarini o’rganadilar. Hamda jismoniy qo’llanmalar tayyorlash usullari bilan tanishadilar. Bu mashg’ulotlar nazariy qoidalarini bayon qilish bilan birga jismoniy mashqlarga o’rgatishning usullarini amalda ko’rsatish, o’quvchilarni o’qituvchi topshiriqlarini bajarish yo’li bilan o’tiladi. Namunali mashg’ulotlar bog’chada o’tkazilib pedagogik amaliyotning tarkibiy qismi bo’lib, kursni o’qish bilan parallel olib boriladi. O’quv amaliyoti o’quvchilarni quyidagi malaka va ko’nikmalar hosil qilishga qaratgan bo’lishi kerak. • Farmoish va buyruq berish; • Mashqlarni ko’rsatish, tushuntirish uchun to’g’ri joy tanlash. • Terminalogiyani bilish; • Jismoniy mashqlarga o’rgatishda xilma-xil va uslublardan foydalanish; • Mashqlarni tushuntirishni, ularni bajarib ko’rsatish bilan birga qo’shib olib boorish; • Jismoniy mashqlarni bajarish sifatini baholash, xatolarni aniqlash ularni bartaraf qilish usullarini topish; • Ertalabki badan tarbiya, harakatli o’yinlar, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini plan-konspektlarini tuzish, kuzatishlarni yozib borish. Download 57.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling