Tayyorgarligini, sportchi shaxsini tayyorlash, sportchilar jamoasini


Download 29.85 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi29.85 Kb.
#1327837
1   2   3   4
Bog'liq
Sport psixologiyasi

muhim sanaladi:
Psixologik jihatdan o‘zini tiklash usullarini o‘zlashtirish (masalan,
relaksatsiya);
– murabbiy bokschi uchun andaza sanaladi va shuning uchun
murabbiylar har qanday joy va vaziyatda o‘zini munosib tutishi
lozim;
– mashg‘ulotlarni olib borish uchun kerakli do‘stona muhitni yarating
va iloji bo‘lsa psixolog xizmatidan samarali foydalaning;
– musobaqalar va mashqlarning darajasini bosqichma-bosqich oshirib,
bokschiga yangi qiyinchiliklar yarating;
– mashg‘ulot hajmi bokschining tayyorgarlik darajasi va ish hajmiga
moslashish holatiga mos bo‘lishi lozim;
– mashg‘ulot va ish hajmini bokschi bilan muhokama qiling;
– asosiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun avval kichik
musobaqalarda ishtirok eting;
– ijro mahorati bokschi bilan muhokama qilinganda bokschining
yutuqlarini maqtash, lekin mashg‘ulot va musobaqa natijalari
bo‘yicha bokschiga еtarli darajada ma’lumot berish lozim;
– tanqid qilgandan ko‘ra bokschiga zaif tomonlarini bartaraf etishni
o‘rgatgan ma’qul;
– kichik turnir va musobaqalardagi ishtirok nafaqat g‘alaba qozonib
o‘zida ishonchni va ijobiy psixologik holatni shakllantirish, balki
o‘rganilgan taktikalarni amalda qo‘llash va tajriba to‘plash uchun
ham muhim ahamiyatga egaligiga urg‘u bering;
Bokschining kayfiyati past bo‘lganda:
– mashq turlarini o‘zgartiring;
– mashg‘ulot muhitini o‘zgartiring;
Musobaqa uchun psixologik tayyorgarlik
– Bokschini musobaqadagi muhit ya’ni jang maydonidagi yoritish
tizimi, tomoshabinlar ommasi, raqiblar va boshqa narsalard
sportchining psixologik faoliyati qonuniyatlarini, mexanizmini o‘rganadigan
fandir. Bu fan boshqa psixologiya sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Chunonchi, umumiy psixologiya, pedagogika, meditsina, ijtimoiy psixologiya


va jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar
olib boradi. Bu fan sportchilarning sportda yuqori natijalarga erishishlari
yo‘lida xizmat qiladi. Kishilarning sport faoliyati uning boshqa faoliyat
turlaridan farq qiladi. Sport faoliyatining asosini jismoniy madaniyat
mashg‘ulotlari va sport psixologiyasi fanining asosiy vazifasi sport
musobaqalarida psixologik bilimlarning rolini tahlil etish, sport
musobaqalariga sportchilarni tayyorlashning psixologik yo‘llarini, sportda
sportchidagi psixik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarning nazariy va amaliy
tomonlarini tahlil etishga o‘rgatish va tayyorlashdan iborat. Bu tayyorgarlik
jarayonni sportchilardagi maxsus jismoniy sifatlarni, ko‘nikmalarni,
qobiliyatlarni shakllantirish, bilimlarni o‘stirish, jismoniy va ruhiy
qiyinchiliklarni еngish kabilarga paydo bo‘ladigan jismoniy va ruhiy
tayyorgarlik uslublarini yanada takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek,
sport psixologiyasi fani sportchining o‘z jamoa a’zolari bilan to‘g‘ri o‘zaro
munosabatlarni o‘rnatish yo‘llarini ko‘rsatadi. Sportchining jismoniy,
psixologik, taktik, texnik tayyorgarligini ham o‘rganadi. Sport psixologiyasi
har bir sport turini (masalan, futbol psixologiyasi, voleybol, suzish
psixologiyasi) alohida o‘rganadi.
Sport psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi juda qiska bo‘lib, 60
yillarning oxiriga kelib rivojlana boshladi. Sobiq ittifoq davrida mazkur
fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari Rossiya olimlari
tomonidan yozilar va boshqa respublika olimlari o‘z ona tiliga tarjima qilib
o‘rganar edi. O‘zbekistonda hozirgi kunga kelib o‘zbek tilida sport
psixologiyasi fani bo‘yicha adabiyotlar, o‘quv qo‘llanma va ilmiy
izlanishlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Sport psixologiyasining paydo bo‘lishining birinchi bosqichida
jismoniy mashq bilan shug‘ullangan kishilarning ruhiy jarayoniga ta’siri
(aqliy, irodaviy) o‘rganilgan bo‘lsa, asta-sekin kishilarning boshqa
xususiyatlariga ta’sir etishi masalan, sport harakat malakalari, hissiy
irodaviylik sifatlari, startdan oldingi ruhiy holati, malakalarining
aftomatlashish shakllari kabilar ham o‘rganila boshlandi. Ikkinchi
bosqichda sport psixologiyasi fan sifatida pedagogik jarayonlarida

Download 29.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling