Tayyorgarligini, sportchi shaxsini tayyorlash, sportchilar jamoasini
Download 29.85 Kb.
|
Sport psixologiyasi
O‘z - o‘zini ishontirish mashg‘uloti
(autogennaya trenirovka) Sportchi psixologik jihatdan tayyorlanishda ortiqcha asab qo‘zg‘alish jarayonlarini еngishga o‘rganish lozim. Chunki ortiqcha asab qo‘zg‘alish mashqlangan holatiga (sport formasiga) yomon ta’sir etadi, sporchining yaxshi natija ko‘rsatishiga halaqat beradi. Keyingi vaqtda ortiqcha asab qo‘zg‘alishini kamaytirish uchun sportchilar o‘z-o‘zini ishontirish mashg‘ulotidan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Auto-o‘zim, Genno-yarataman, erishaman – grekcha so‘z bo‘lib, bu metod, ya’ni o‘z-o‘zini ishontirish metodi ikkinchi signal tizimiga tayanadi, ma’lum so‘zlar bilan sportchi o‘zidagi ortiqcha asab qo‘zg‘alishlarini kamaytiradi. Aytiladigan so‘zlar mushaklarni bo‘shashtiradi, nafas olishni chuqurlashtiradi va boshqa fiziologik jarayonlarni normallashtiradi. Sportchi maxsus trenirovka qilish natijasida o‘zini ishontira oladi. Buning uchun avvalo metodikasini bilib olib va 3-4 marta mashq qilish lozim. Shundagina ma’lum natijaga erishish mumkin. Mashg‘ulotni o‘tirib va yotib bajarish mumkin. Albatta yotib bajarish maqsadga muvofiq, chunki bunda mushaklarning bo‘shashishi oson, o‘tirib bajarish qulayroq, nega deganda ko‘pincha yotishga imkoniyat bo‘lmaydi. Bugungi kunda sportchilar qo‘llayotgan mashg‘ulot aslida shifokor Shulsning nazariyasiga asoslanadi. Rotkevich Polshalik psixologning nazariyasida bir oz o‘zgartirilib sportchilarga tadbiq etilgan ya’ni uning g‘oyasida bu mashg‘ulotlar geologlarda dastlab mo‘ljallangan. Masalan: ularda o‘z-o‘zini ishontirish shunday kuchli ediki, geologlar qiyinchilik vaziyatlardan ham chiqib keta olishga o‘zlarida kuch topar edilar. Hozirgi vaqtda asosan ikki xil o‘z-o‘zini ishontirish mashg‘ulot tizimi vujudga keldi. Autogen trenirovkasi quyidagi maqsadda qo‘llaniladi. 1) Mashq yoki musobaqadan keyingi jismoniy toliqishni yo‘qotish yoki pasaytirish va sport bilan shug‘ullanish qobiliyatini tiklash. 2) Musobaqa paytidagi emotsional zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy asab toliqishini yo‘qotish yoki pasaytirish. 3) Musobaqani yoki start oldidan vujudga keladigan ko‘ngilsiz holatlarda haddan tashqari qo‘zg‘algan asab tizimini vazminlik holatiga solish. 4) Uyqusizlik holati bilan kurashish, o‘zini ishontirish metodini sportda qo‘llashda qo‘yidagi vazifalarni ochadi. 1. Trenirovkadan oldin oladigan dam unimli bo‘ladi. 2. Uyqusiz holati bilan kurashishga yordam beradi, ayniqsa, musobaqa oldidan. 3. Emotsional holatning haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. 4. Musobaqa paytidagi hayajonlanish holatlarni kamaytirish (start lixoradkasi). Polshada shtangistlar bilan autogen trenirovka qilish ma’lum darajada yaxshi natijalarga olib keldi. Misol: shtanga sporti bo‘yicha Bashankovskiy Tokioda musobaqalashganda har yondashuv orasida shu autogen trenirovkasidan foydalanadi. Bashankovskiyning aytishicha bunday mashg‘ulot chempion bo‘lishiga katta yordam beradi. Sportchi o‘zini ishontirish qobiliyatiga ega bo‘lish uchun u maxsus metodika bo‘yicha 3-4 oy davomida mashg‘ulot qilishi shart. Kim bilan shug‘ullanish kerak? Bu mashg‘ulotni faqat xohlagan kishi bilan shug‘ullanishi mumkin. Agar sportchi xohlamasa mashg‘ulot bekor qilinishi mumkin. O‘z-o‘zini ishontirish mashg‘ulotini texnikasi va asosiy prinsiplari. Mashg‘ulot chalqancha yotib bajariladi yoki kresloda o‘tirib bajariladi. Shu ikki holatlardan yuqorida aytganimizdek eng ustuni yotib mashg‘ulot qilishdir, chunki bunday holatda mushaklarning bo‘shashtirish 17osonroq bo‘ladi. Mashg‘ulot faqat karovatda, yoki divanda o‘tkazilmaybalki ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.Faqat boshning tagiga yumshoq narsa qo‘yiladi. Qo‘l bir oz bukilganbo‘ladi. Qo‘lning kafti pastga qaragan bo‘ladi. Qo‘l oyoqqa tegmaydi, oyoq to‘g‘ri uzatilgan bo‘lib oralig‘i bir-biridan taxminan 20sm bo‘ladi. Shundan keyin oyoq mushaklarini ham bo‘shashtirdik, oyoq-qo‘lningmushaklarini bo‘shashtirgandan so‘ng, ko‘z yumiladi. Undan keyin vrachyoki psixolog so‘z orqali mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchilarni tinchholatga olib keladi. Shug‘ullanuvchilar bilan quyidagi mashg‘ulotlar olibboriladi:Mushaklarni bo‘shashtirish mashqi.2. Issiqni his qilish.3. Yurak faoliyatini tartibga solish.4. Nafas olishni tartibga solish.5. Qorin bo‘shlig‘ida (diaffragma) issiqni his qilish.6. Peshonani muzlatish.Mushaklarni bo‘shashtirish mashqi.Mashqni boshlashdan oldin trener yoki psixolog sportchinitinchlantirish kerak. Buning uchun trener yoki psixolog quyidagiformulalarni aytadi. "Men tinchlanyapman". "Men juda tinchlandim". "Mening atrofimda hech kim yo‘q". "Men juda yaxshi tinchlandim". Bir necha marta qaytarilgandan keyin qo‘lni mushaklarni bo‘shashtirishgao‘tiladi. Mening o‘ng qo‘lim og‘irlashyapti. Mening chap qo‘lim og‘ir. Mana shu formulalarni qaytarish natijasida o‘ng qo‘l og‘irlashadi (ya’niqon tomirlar kengayadi). Shuning uchun qo‘l og‘irga o‘xshaydi. Xuddishunday qilib chap qo‘lni bo‘shashtiriladi, so‘ng o‘ng oyoq va chap oyoq, qorinning mushaklari, ko‘krak mushaklari, bo‘yin mushaklari va yuzmushaklari bo‘shashtiriladi. Keyinchalik irradiatsiya bo‘lish tufaylimushaklarni bo‘shashtirish osonroq bo‘ladi. Ya’ni tormozlanish jarayonimarkazda tez tarqaladi. Mushaklarni bo‘shashtirish mashq jarayoni 10 – 14 kun qilinadi. Har kun 3 marta bajariladi. Sportchilar boshqalargaqaraganda tezroq mashqni egallashadilar.Issiqni his qilish mashqi. Ma’lumki skelet mushaklariniboshqaruvchi asab markazlar bilan qon tomirlarni boshqaruvchi asabmarkazlarining bevosita aloqasi bor. Ma’lumki, mushaklar bo‘shashtirilganda, uyqu holatida, gipnoz holatida qon tomirlarikengayadi. Shuning uchun mushaklarni bo‘shashtirish mashqini egallabolgandan keyin issiqni his qilish mashqiga o‘tiladi, sport bilanshug‘ullanmaydigan kishilarda qo‘l og‘irlashganda issiqni his qiladi. Sporchilarda bir-ikki kundayoq, issiqni his qiladi. Issiqni his qilish qontomirlarni kengaytirishga asoslanadi. Bu mashqni asosiy formulalari o‘ngqo‘lim isiyapti, o‘ng qo‘lim issiq, so‘ng chap qo‘l, o‘ng oyoq, chap oyoq. Sekin-sekin mushaklarni bo‘shashtirish bilan issiqni his qilish sezilibboradi. Bu mashqlarni bir necha marta qaytarilgandan keyin mening o‘ngqo‘lim issiydi va hokazo. Keyinchalik formulalar qisqaradi. Meningqo‘llarim issiydi. Bu mashqni 4 – 8 hafta qilish lozim. Agar issiqni hisqilmasa mashq qilishdan oldin oyoqlarni issiq suvga solib so‘ng mashqniboshlash kerak. Download 29.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling