Tayyorladi: 301-guruh talabasi Omonboyeva Husnida
Download 13.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot (11)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Mavzu:Bolaning sotsiumda rivojlanishi. Tayyorladi:301-guruh talabasi Omonboyeva Husnida • Pedagogikada sotsium, muhit orqali bolaning umuman, jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti sotsium shart-sharoitlari o‘zaro ta’sir xususiyatiga ega • Bola rivojlanishi haqida tushuncha • Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi. • Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. Bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi. • Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega bo‘lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini e’tiborga olish lozim. Masalan, psixik buzilishlar (shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizm iva giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. • Tashqi omillar bo‘lgan atmosferaning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko‘rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi va b) bolalar tug‘ilishi ko‘paymoqda. • SOTSIOLOGIYA • Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o’zaro ta’siri • IJTIMOIY PEDAGOGIKA • pedagogika • Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit yaqin ijtimoiy ijtimoiy muhit orqali bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart- sharoitlari o‘zaro ta’sir xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko‘cha, uy va buyumlar. Muhit – bu yana o‘ziga xos munosabat va qoidalar o‘ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo‘lgan turli xil insonlar birligi. Shuning uchun, bir tomondan inson unga (muhitga) nimadir o‘ziniki olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni o‘zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir ko‘rsatadi, unga o‘z talablarini qo‘yadi. • Bola rivojlanishida muhitning ta’siri • Ijtimoiy omillar • Inson bo‘lib yetishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib yetishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi. • Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi. • Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum. E’tiboringiz uchun rahmat! Document Outline
Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling