Tayyorladi: Anvarova Pokizabonu


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1619198
Bog'liq
ha

















Zoologiyadan 
masala,mashqlar,krosv
ord va rebuslar tuzish
Tayyorladi: Anvarova Pokizabonu 


Reja:
1.Zoologiyani òqitishda masala va mashqlardan 
foydalanishning asosiy maqsadi
2.Masalani qandey yechish kerak?
3.Masala va mashqlarninh ta'lim tarbiya 
samaradorligini oshirishdagi òrni


Zoologiyani o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish-
ning asosiy maqsadi - o‘quvchilaming faol o‘qishga chorlash, 
bilish faolligini oshirish, zoologiyadan olgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirishga yordam berish, ulami o‘qishga 
o'rgatish, o'quv materialini chuqur o‘rgatishdan iborat. Ta’lim 
jarayonida turli xil topshiriq va savollar, kuzatishlar, tabiiy 
ob’ektlar ustida tajribalar qo‘yish orqali o‘quvchilaming 
bilishga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirishdir.
Ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va 
mashqlarning o‘rni
• Masala, mashq va topshiriqlar ustida ishlash orqali 
o‘quvchilar biologik tushunchalarga bog‘liq holda 
o‘rganilayotgan mavzu matnini to‘liq o‘zalshtirishga ega 
bo‘ladilar



O'quvchilaming aqliy faoliyatini, ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirishda masala va mashqlar asosiy o‘rin egallaydi. 
0‘quvchilaming savollarga javob topishi va uni bayon etishi, 
tablitsalar tuzishi, ma’ruza, hisobot, ayrim hayvonlarga 
harakteristika berish, zoologik ob’ektlarni aniqlash, hayvonlarning 
tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish, diagramma va sxemalar chizish, 
fanlararo bog‘lanishga oid masalalar yechish, darslik va qo‘shimcha 
'adabiyotlar bilan ishlashi ilmiy dunyoqarashini kengaytirishiga 
asoslanadi.
• Turli xil topshiriqlami bajarish, savollarga izchil javob tayyorlab 
borish, dasturda berilgan umumbiologik va zoologik 
tushunchalar, qonuniyatlar, nazariya va qarashlami izchil o‘rganib 
borish imkonini beradi. Shuningdek topqirlik, xushmuomulalik, 
ona tabiatga va mehnatga muhabbat, zoologiya bilan bog‘liq 
bo‘lgan kasbga qiziqish kabi xususiyatlarni shakllantiradi.


Zoologiyadan masala va mashqlardan foydalanishda 0‘quv- 
chilaming bilim va malakasiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardir:
- tur, oila, turkum, sinf, tip haqidagi umumiy ma’lumotlami, 
hayvonlar tiplarini asosiy belgilarini, hayvonot olamining xilma - 
xilligini, hayvonlar sistematikasini;
- hayvonlaming tashqi muhitga bog‘liq holdagi xususiyatlari. 
Yashash muhiti va uning omillarini ta’sirini;
4 - hayvonlaming o‘simliklardan asosiy farqi, o‘xshash belgilari;
• - hayvonlaming tabiatdagi, insonlar hayotidagi va xo‘jalik fao- 
liyatjdagi ahamiyatini;


- hayvonlaming tabiatdagi, insonlar hayotidagi va xo‘jalik fao- liyatjdagi 
ahamiyatini;
- umurtqasiz va umurtqali hayvonlar skeletining tuzilish xusu- siyatlarini;
- ichki organlar sistemasining funksiyasiga bog‘liq holdagi tuzi lishini;
- umurtqasiz va umurtqali hayvonlar misolida qon-tomir, nafas olish va nerv 
smstemalarining murakkablashib borishini;
- baliqlar, qushlar, sut emizuvchilaming hatti-harakati xusu- siyatlarini;
o‘rganilayotgan tip va sinflaming umumiy harakteristikasini;
tabiiy guruhlarda hayvonlar, o‘simlklar va jonsiz tabiat omil- larining o‘zaro 
bog‘liqligini;
- o‘rganilgan asosiy hayvonlarni (kolleksiyadan, tabiatda) taniy olishi;
• - tablitsa, rasmlarga qarab baliqlar, suvda ham quruqda yashov- chilar va sut 
emizuvchilar organlar sistemasini bilishi;



tabiiy guruhlarda organizmlar birgalikda yashashga moslash- 
ganligini aniqlay olishi, oziqlanish zanjirini tuza bilishi;
- turli sistematik birliklar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlami 
farqlay olishi;
- asosiy tip hayvonlami taqqoslay olishi, ulaming qon-qarin- 
doshligi haqida xulosa chiqarib hayvonlaming tabiiy kelib 
chiqishini isbotlay olishi kerak.
• Zoologiya kursida sodda hayvonlar, bo‘shliqichlilar, yassi 
chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, halqali 
chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar, xordalilar tiplari 
va ulaming sinflarini asosiy vakillari o‘rganiladi. 


Zoologiyadan masala va mashqlar yechishda ham bu tiplaming 
asosiy xususiyatlarini, ko‘payish tezligini, vakillarining tuzilishi, ular 
o‘tasidagi filogenetik bog'lanishlar, tabiatdagi va inson hayotidagi 
ahamiyatini, shuningdek organizm tuzilishiga bog‘liq holda 
organlaming ahamiyatini ochib berishga qaratilishi kerak.
• Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning eng muhim 
omillardan biri o‘quvchilar bilish faoliyati va mantiqiy fikrlash 
qobiliyatlarini oshirish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda har qanday 
maktab o‘qituvchisi oldida, shu jumladan, biologiya o‘qituvchilari 
oldida turgan muhim vazifa o‘quvchilarga fanlardan chuqur bilim 
berish bilan birga ulaming mantiqiy fikrlash, oldin o‘zlashtirgan 
bilimlarini yangi material bilan o‘zaro bog‘liqligini sabab - 
oqibatlarini anglash, taqqoslash, umumlashtirish kabi 
qobiliyatlarini rivojlantirish hamdir. Bunday muhim vazifani baja- 
rishni har bir biologik predmetlarda amalga oshirish zarur va 
shartdir. Ayni vaqtda juda ko‘plab metodik tavsiyalar - ko‘rsatma- 
lar mavjud, ular yordamida o‘quvchilaming bilish qobiliyatlarini 
yanada rivojlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin.


Politexnik sikldagi bir-biriga yaqin bo‘lgan tabiiy fanlar matematika, fizika, kimyo 
bo‘yicha masala va mashqlar yechish uchun yagona talablar ishlab chiqilgan. Bunga 
bog‘liq holda Amerikalik matematik D.Poya “Masalani qanday yechish kerak” degan 
maqolasida muallif har qanday maqolani yechishning to‘rtta qiziqarli bosqichini taklif 
etgan (biz uni ayrim o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritgaji holda keltirmoqdamiz).
I. Masalaning sharti va tahlilini yozish
- qisqartirilgan belgilar yordamida masala tekstini qanday bayon etish kerak?
- masalani ishlash uchun qanday qo‘shimchalar tavsiya etish kerak?
- nimani topish talab etiladi
- dastlab qanday harakatlami amalga oshirish kerak?
• - eslangchi bunday masala yoki mashqni oldin ishlaganmisiz?


II. Masala yechish uchun reja tuzish.
- berilgan ma’lumotlar va kattaliklar o‘rtasida qanday o‘zaro bog‘liqliklar mavjud?
- masala shartidagi xodisaning mohiyati nimadan iborat?
- masalada o‘rtaga tashlangan jarayon izchilligi qanday (masalaning yechish yo‘li)?
III. Masalani yechimini topish va yozib borish
- masalani yechishning eng qulay usulini tanlang. Agar zarur bo‘lsa matematik formula qo‘llang, 
miyada hisoblash amallarini bajaring.
- zarur bo‘lgan tenglama (formula)ni yozing.
- hisoblash zarur bo‘]gan ma’lumotlami tenglamaga qo‘ying.
• - masala yechimini savollar ko‘rinishida yozing. Har qanday jarayonni aniq va juda 
ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.


IV. Natijalar tahlili
• masalani ishlash yo‘llari to‘g‘ri qo‘yilganmi? Natijalami tek- shiring.
• masala yechish usuli to‘g‘ri tanlanganmi? Boshqa usulni qo‘llash mumkin 
emasmi?
Eng muhim didaktik talablardan biri masala bayonini eng qulay variantlarini 
tanlay olish hisoblanadi.
• Zoologiyani o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish-ning asosiy 
maqsadi - o‘quvchilaming faol o‘qishga chorlash, bilish faolligini oshirish, 
zoologiyadan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam 
berish, ulami o‘qishga o'rgatish, o'quv materialini chuqur o‘rgatishdan 
iborat. Ta’lim jarayonida turli xil topshiriq va savollar, kuzatishlar, tabiiy 
ob’ektlar ustida tajribalar qo‘yish orqali o‘quvchilaming bilishga bo‘lgan 
intilishlarini rivojlantirishdir.


 Agar lm2 sodda hayvonlaming biomassi 7.8 g bo‘lsa. Bir gektar maydondagi sodda hayvonlaming 
umumiy biomassasini hisoblab toping.
Yechilishi:
1 gektar 10000 m2 ni tashkil etsa 1 mz sodda hayvonlaming biomassi 7,8 g , 1 gektardagi sodda 
hayvonlaming umumiy bio massasini hisoblab chiqamiz:
7,8 • 10000 = 78000 = 78 (kg).
Javob: 1 gektar maydondagi sodda hayvonlaming umumiy bio- massasi 78 kg
2.Sigir oshqozonining 1 sm3 sathiga 2 mln dona infuzoriya to‘g‘ri kelsa. Sigir oshqozonining hajmi 
125 1 bo‘lsa undagi infuzoriyalaming umumiy sonini toping.
Yechilishi:
1 litr 1000 sm3 ni tashkil etadi; 125 litr 125000 sm3 ga to‘g‘ri keladi. Sigir oshqozonidagi 
infuzoriyalar sonini topamiz :
• 2000000 • 125000 = 25000000000 ta Javob: sigir oshqozonida 250 mlrd. ga yaqin infuzoriya bor.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling