Tayyorladi: Axmedov Zokir


Download 21.13 Kb.
bet1/3
Sana14.04.2023
Hajmi21.13 Kb.
#1356767
  1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida tushuncha


Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida tushuncha


Tayyorladi: Axmedov Zokir
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

-Foiz stavkalari turlari.
-Korxona foydasini hisoblash.
-Korxonada pul oqimlarini boshqarish.
3) Xulosa.
Moliya tizimi bu har bir mustaqil davlatning, korxonaning o’zini o’zi boshqarishda eng kerakli sohalardan biri hisoblanadi. Moliya tizimini to’g’ri tashkil qilmay turib hech bir davlat yoki korxona rivojlanishga erishish bu yoqda tursin o’z ishini ham yo’lga qo’ya olmaydi. Davlatimiz moliyaning mohiyat va o’rnini yaxshi anglagan holda iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning bugungi kundagi bosqichida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarda moliyaviy menejment mexanizmini raqamli moliyaviy texnologiyalar asosida bosqichma – bosqich rivojlantirish bugungi xalqaro integratsiyalashuv jarayonlarini takomillashtirish, yirik aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ulushini kamaytirish asosida xorijiy investorlarga sotish kabi masalalarni hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ oshkorlikni ta’minlashda ularning kelgusida moliyaviy holati qay darajada ekanligi, bankrotlik ehtimolligi va moliyaviy risk darajasini prognoz qilish kabi korporativ baholash amaliyotini samarali yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin.
Iqtisodiy vaziyat va makroiqtisodiyot ko’rsatkichlarining o’zgaruvchanligi xalqaro moliyaviy – siyosiy jarayonlarning mo’tadil emasligini e’tiborga olgan holda, korparativ tuzilmalar moliyaviy menejerlari yoki rahbarlari nafaqat joriy davrdagi moliyaviy holatni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, balki muntazam ravishda kelgusidagi bankrotlik ehtimollarini tashxis qilish va baholash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Korxonalarning samarali va barqaror sur’atlar bilan faoliyat yuritishi, mavjud iqtisodiy sharoitlarda raqobatbardoshligi ularning asosan moliyaviy boshqaruv darajasi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda aksiyadorlik jamiyatlarida moliya, moliyaviy va iqtisodiy tahlil, pul oqimlarini samarali boshqarish kabi yo’nalishlar chuqur o’rganilib amaliyotda keng foydalanilmoqda. Hozir biz Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida batafsil o'rganishga harakat qilamiz. Bunda biz daromadlar to‘g‘risidagi hisobotdan foydalangan holda kompaniyaning foydasini hisoblash, firmaning buxgalteriya balansidan foydalanib, uning moliyaviy holatini aniqlash, kompaniyaning pul oqimlarini tahlil qilish, UQQT va XMHS o‘rtasidagi farqlarni o’rganib chiqamiz.
Korxonalar vaqtincha bo’sh pul mablag’larini banklar yoki boshqa moliya va kredit tashkilotlariga foiz hisobiga omonatga qo’yishi yoki vaqtinchalik yetishmayotgan pul mablag’larini banlardan va boshqa moliya kredit tashkilotlaridan foiz hisobiga qarzga olishi mumkin. Bugungi kunda amaliyotda foiz stavkalarining quyidagi turlari mavjud:

  • oddiy foiz stavkasi;

  • murakkab foiz stavkasi;

  • oddiy hisob stavkasi;

  • murakkab hisob stavkasi.

Foiz stavkalardan foydalanganda quyidagi terminlardan foydalaniladi:
PV – Joriy qiymat (Present value)
FV – Kelgusi qiymat (Future value)
N – yillar soni, r – foiz stavkasi, t – kunlar soni, K – to’liq bir yildagi kunlar soni,
m - bir yilda foizlarning hisoblanish soni.
Foiz stavkalari va ular bo’yicha pul mablag’larining kelgusi qiymatlarini aniqlash tartibini quidagi tenglamalar orqali ifodalashimiz mumkin:

  • oddiy foiz stavkasi:

FV = PV (1+nr)

  • murakkab foiz stavkasi:

FV = PV (1+r)n

  • oddiy hisob stavkasi:


Pul oqimlari qiymatini kelgusi davr tomon harakatlanishi pulning kelgusi qiymatini anglatadi. Pul oqimlarining kelgusi tomon harakatlanishi oqibatida qiymat ham o’sib boradi.
Agar pul oqimlari muddati bir yilgacha bo’lsa, uning kelgusi qiymatlari quyidagicha aniqlanadi:

  • oddiy foiz stavkasi uchun:

r)

  • murakkab foiz stavka uchun:

FV = PV (1+r)t K

  • oddiy hisob stavka uchun:



  • murakkab hisob stavka uchun:

Korxonaning daromadlari va xarajatiari, uning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan o'zaro aloqalari choraklarga bo'lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan moliyaviy rejada o'z aksini topadi. Moliyaviy reja korxona moliyaviy faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks ettiruvchi asosiy hujjat bo'lib xizmat qiladi. Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYuS, firma, korporatsiyalar va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholovchi ko'rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tushuniladi. Amaliy faoliyatda «foyda»ning barcha tushunchalarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:


• realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farq sifatida o'lchanadigan foyda;
• sofaktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi o'lchamlarining farqi sifatida o'lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli bo'lgan foyda (uning kapitalashtirilganligi);
• foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish.
Foydaning ma'no-mazmunini aniqlashga bo'lgan yondoshuvning turlicha ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etaladigan hisobot ma'lumotlarining standart paketlariga qarab turib, uning miqdori to'g'risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji yo'q. Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko'p hollarda, foydaning quyidagi ko'rinishlariga tayanadi:
• asos foyda;
• balans foyda;
• sof foyda yoki sof daromad.
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu ko'rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo'yicha miqdor va tannarx aniq ma'lum bo'lmagan paytda keng assortimentli buyumlar tayyorlovchi XYuSlar, birlashmalar bo'yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda analitik metodda aniqlanayotganda qo'llaniladi. Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha turlari bo'yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat. Soffoyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so'ng vujudga kelishi mumkin. Ma'lum bir miqdorda soffoydaning (nettofoydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish o'zining mazmuniga ega bo'ladi. Hisobotlarda foyda quyidagi ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin:
yalpi foyda;
• operatsion foyda;
• soffoyda
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda o'z aksini topadi. Bu hisobot moliyaviy tahlil uchun zarur bo'lgan quyidagi muhim ma'lumotlarni o'zida mujassam etadi:
• mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasi;
• soliqqa tortilingunga qadar foyda summasi;
• foydadan olinadigan soliq summasi;
• XYuSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda-netto) summasi. Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko'rsatkichlar yuqoridagi hisobotda mavjud bo'lmaganligi uchun ba'zi bir analitik indikatorlar qo'shimcha tarzda hisoblanmog'i lozim. Bundan tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning hamda soliq omilining ta'sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lish juda muhimdir. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma'lumotni operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi. Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma'lum bir qismi foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar, ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida guruhlashtiriladi.
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo'lgan foyda va nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha ko'rsatish mumkin:

Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling