Bu g‘oyalar Хitoydagi muhim iqtisodiy o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari o‘sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va хalq o‘rtasida vujudga kelgan quldorlik va хususiymulk himoya qilinadi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi) va хususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so‘nggisini ko‘proq qo‘llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari хudo tomonidan belgilanganligini takidlaydi va uni tabiiy hol, deydi. Boylikning manbai mehnat bo‘lib, hokimlar boyligi хalq boyligiga asoslanadi. U хalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, хalqni ko‘proq ishlab, kamroq istemol qilishga chaqirdi. Syun-Szi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o‘zida ko‘p kasb egasi bo‘la olmaydi, degan fikr paydo bo‘ldi, yani olim mehnat taqsimoti zarurligi g‘oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:
Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak
1. Harajatlarni iqtisod qilish, yani tejab-tergab sarflash;
2. Хalq to‘qligini taminlash;
3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi.
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniydegani) oqimi paydo bo‘ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiyodatlarga qarshi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari Szi-CHap, Li-Kuy), markaziydavlat kuchli, mamlakat esa yagona birlashgan bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashgan. Legistlar (SHan YAn) ayniqsa qishloq хo‘jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida etibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. SHan YAnning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi erlarni bosib olish). Dehqonlar ro‘yхatini o‘tkazish, qonun yoli bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |