Tayyorladi: Ergasheva Tabassum


Download 459.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi459.44 Kb.
#1193385
  1   2
Bog'liq
Taqdimot (1) (1)



O’simliklarning tinim
holati va harakati
Tayyorladi: Ergasheva Tabassum


Reja: 
1.
O’simliklarning o’sish jarayonlarining davriylik xususiyatlari.
2.O’simliklarning tinim davrlari (majburiy, fiziologik).
3. O’simliklardagi tinim davrlarini boshqarish usullari.
4. O’simliklarda sodir bo’ladigan harakat turlari.
Tropizm, nutasion harakatlari va ularning ahamiyati.


O’simliklarning o’sish jarayonlarining davriylik 
xususiyatlari.

Yuksak o’simliklarning o’sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol 
o’sish, sekin o’sish va tinim davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday 
ritmik davriylik yil fasllarining almashib turishi bilan bog’liq. Faqat doim nam va 
havo harorati kam o’zgaradigan tropik yerlarda o’simliklar butun yil davomida 
to’xtovsiz o’sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o’zgaradigan barcha yerlarda 
o’simliklar, kuzdan boshlab, asosan qishda o’sishdan to’xtaydi, barglarni to’kadi, 
hatto yosh novdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim holatiga o’tadi. Tinim holatida 
barcha hayotiy jarayonlar to’la to’xtamaydi balki faol modda almashinuv jarayoni 
juda sekinlashadi. Tinim holatiga o’tgan daraxtlar, butalar, ko’p yillik o’tlar, 
tuganaklar, ildizpoyalar, urug’lar va umuman tirik hujayralarga ega bo’lgan 
o’simlik organlari va butun o’simlikda nafas olish to’xtamaydi. Faqat nafas olish 
jadalligi juda past bo’ladi.


O’simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o’rganilgan: 1) majburiy 
tinimlik; 2) fiziologik tinimlik.
Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit 
omillaridir. Ya’ni o’sish uchun zarur sharoitning yo’qligi sababli 
o’simlik tinimlik holatiga o’tishga majbur bo’ladi. Majburiy 
tinimlik davriyligi ayniqsa daraxtlar, mevali daraxtlarda va ko’p 
yillik o’simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o’simliklarda 
tashqi o’zgarishlardan tashqari, ichki zapas moddalarning ximik 
o’zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida 
daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to’plangan kraxmal 
zapaslari asta-sekin shakarga aylanadi. To’qimalarda suvning 
miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa 
chidamliligi oshadi.


Fiziologik tinimlik- o’simlikning ichki sabablari asosida sodir 
bo’ladi. Masalan, ichki murtak tashqi qobiq tufayli unmasligi 
mumkin. Bunda murtakning fiziologik va morfologik to’la 
yetilmagani yoki boshqalar sabab bo’lishi mumkin. Ma’lum 
darajada fitogormonlarning balansi (ISK, sitokininlar, gibberellinlar
va ABK) orqali tinimlik boshqariladi. Tinimlik holatida ABK – ning
miqdori ko’p. Tinimlikdan chiqqanda esa gibberellin va 
sitokininlarning miqdori ko’payadi. Yozgi kurtaklar ham ichki 
omillar ta’siri natijasida tinimlik holatida bo’ladi.
Bahorga kelib, buning aksicha o’zgarishlar bo’ladi va faol o’sish 
boshlanadi. Ko’pchilik o’simliklar tinimlik holatini maxsus organlari 
– ildiz tugunaklar, piyozboshlar, poyalar holatida o’tkazadilar. 
Yozning jazirama issiqlarini ham shu holatda o’tkazishlari mumkin. 
Urug’lar ham suvning miqdori kam bo’lganda o’zlarining tinchlik 
holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan ta’minlansa faol o’sish 
boshlanadi.


Yangi qazib olingan kartoshka issiq joyda va nam tuproqda 
unib chiqmaydi. Bir necha oydan keyin esa uning unib 
chiqishini quruq havo va sovuq joyda ham to’xtatib 
bo’lmaydi. Ko’p o’simliklarning yangi yig’ishtirib olingan 
urug’lari ma’lum vaqt o’tmaguncha unmaydi. Buni ularning 
yig’ishtirib olgandan keyingi tinimlik davri yoki pishib yetilish 
muddati bilan izohlash mumkin. Bu davr o’simlik turlariga 
bog’liq. Masalan, bug’doy donlarida 2 haftadan 2 oygacha, 
chigitda 1 oy, giloslarda 150-160 kun va hokazo bo’ladi.
Tinimlik holatining xususiyatlarini o’rganish natijasida 
ularning boshqarish usullarini ishlab chiqish va bundan 
samaradorlik bilan foydalanish mumkin.


O’SIMLIKLARNING HARAKATLARI.

O’simliklarning o’suvchi organlari tashqi ta’sir natijasida egilishi yotib qolishi va yangidan yana 
o’sishi mumkin. Bu ulardagi harakatlar natijasidandir. O’sish harakatlari bir necha xil bo’ladi:
1) tropizmlar, 2) nastik harakatlar, 3) nutasiya harakatlari va boshqalar.
Tropizmlar. Tropizm harakatini o’simliklarga bir tomonlama ta’sir qiladigan tashqi sharoit omillari 
vujudga keltiradi. Tropizm grekcha so’z bo’lib, («tropos») burilish ma’nosini bildiradi. Tabiatda 
tropizm harakatlariga ko’plab misol keltirish mumkin. Ularning asosiy sababi shundaki poya, ildiz 
va barg o’suvchi qismlarining bir tomonidagi hujayralar tezroq cho’ziladi va o’sadi. Hujayralarning 
bunday tez o’sishiga fitogormonlar (ISK, ABK) sababchi bo’ladi. Bu o’stiruvchi moddalar ishtirokida 
o’suvchi organning tezroq o’sgan tomoni tashqariga qarab qubbasimon bo’lib chiqadi, o’sish 
sekinlashgan tomoni ichiga qarab bukiladi va o’simlik organi o’sish sekinlashgan tomonga egiladi. 
Tropizmlar musbat va manfiy bo’ladi. Ta’sir etuvchi manbaga qarab yo’nalgan harakatga musbat, 
manbadan qochuvchi harakatga manfiy deyiladi.


Geotropizm – o’simliklarning yerning tortish kuchiga asosan o’sish 
harakatidir. Ya’ni urug’ yerga qanday tushishidan qat’iy nazar uning 
poyasi yer o’stiga ildizi pastga qarab o’sadi. Bunda pastga qarab 
o’sadigan ildizlarda musbat geotropizm, yuqoriga qarab o’sadigan 
poyada manfiy geotropizm mavjud. Shu tufayli ildiz tuproq ichiga 
kirib undan suv va oziqa moddalarni suradi, poyasi esa yer o’stiga
chiqadi va barglari yordamida yorug’lik energiyasidan foydalanadi. 
Organlarning gorizontga nisbatan o’sishi muhim biologik moslashuv 
bo’lib, o’simlikning butun hayoti davomida saqlanadi. Agar 
o’simliklar biror tashqi ta’sirdan egilsa yoki yotib qolsa, ularning 
yosh o’suvchi organlari yana tik bo’lib o’sadi. Bu ularning o’sish 
jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, no’xat 
o’simtasini gorizontal holatga qoysak, bir necha soatdan so’ng 
uning poyasi yuqoriga, ildizi pastga qarab egiladi.


Agar ildizchalarning o’stiga tush bilan bir-biridan ma’lum 
uzoqlikda belgilab qoysak, u holda ildizning qaysi joyi eng
ko’p cho’zilsa shu joyning eng ko’p pastga tomon 
egilganligini ko’ramiz. To’la o’sgan joylarda esa xech qanday 
egilish bo’lmaydi. Demak, egilish ko’payish xususiyatiga ega 
bo’lgan meristematik to’qimalarda sodir bo’ladi.
Boshoqli o’simliklarning poyasi yotib qolganda ildizga 
yaqinrok qismidan egilib, bo’tun gavdasi bilan qaytadan 
ko’tarilish qobiliyatiga ega. Chunki boshoqli o’simliklarning 
bo’g’imlari o’sish qobiliyatini juda uzoq saqlaydi. Shuning 
uchun ham ular gorizontal holatga tushishi bilan bo’g’imning
pastki tomoni yuqorigi tomonidan tezroq o’sa boshlaydi, va 
poya yuqoriga ko’tariladi.


Fototropizm deb o’simliklarning yorug’lik energiyasining 
yo’nalishiga qarab burilish qobiliyatiga aytiladi. Yosh o’simliklar va 
ularning o’sish qismlari yorug’lik manbasi tomonga qarab buriladi. 
Bunday harakat musbat fototropizm deyiladi. Bunday 
fototropizmni uylarda o’stiriluvchi o’simliklarda yaqqol kuzatish 
mumkin. O’simlik o’stirilgan tuvaklar derazaga yaqinroq joyda 
saqlansa, o’simlik yorug’lik tushgan tomonga egiladi. Yorug’lik 
manbaidan teskari tomonga qarab egilish manfiy fototropizm
deyiladi. Barg plastinkasining quyosh nurlariga perpendikulyar
ravishda joylanish qobiliyatiga diafototropizm deyiladi. Umuman 
dorzoventral tuzilishga ega bo’lgan organlar, ya’ni ustki va ostki 
tomonlari farq qiladigan (barglar) organlar diafototropizmga, 
radial tuzilishdagi o’q organlar esa – musbat yoki manfiy
fototropizmga ega bo’ladilar.


O’simliklarga muhitning namligi ta’sir qilishi natijasida sodir bo’lgan 
harakatga gidrotropizm deyiladi. Bu harakat ko’proq ildizlarda bo’ladi. 
Nam tuproq ichida notekis tarqalgan vaqtda ildizlar namliroq joylarga 
yo’naladi. Hatto ochiq havoda ham ildizlarning namlangan sathlar 
tomonga qarab egilganliklarini kuzatish mumkin. Gidrotropik sezgirlik 
ham ildizning ichida bo’ladi.
O’simliklarda harorat ta’siri natijasida sodir bo’ladigan harakat 
termotropizm deyiladi. Bunda haroratning noteks tarqalishi natijasida 
ildizlarning va poyalarning egilishi yuzaga keladi. Bu holda musbat va 
manfiy termotropizmlar mavjud. Optimumdan pastroq musbat haroratda 
o’simliklar issiqroq tomonga egiladi (musbat termotropizm), optimumdan
yuqori haroratda, ular aksincha sovuqroq tomonga egiladi. (manfiy
termotropizm). Harorat darajasi o’simlik turlariga bog’liq.


Seysmonastik harakatlarga uyatchan mimoza 
(Mimosa puaisa) juda yaxshi misol bo’ladi. 
Agar mimozaning bargiga ozgina tegilsa, u 
darhol osilib qoladi. Bu harakatlanish 
mexanizmi bug’inlarning ustki va pastki 
yarmida turgor holatining o’zgarib turishi 
natijasida sodir bo’ladi. Titrash vaqtida 
bug’inlarning pastki yarmida 
protoplazmaning o’tkazuvchanligi birdaniga 
oshadi va shungacha tarang bo’lib turgan 
hujayra po’sti protoplazmaning qarshiligiga 
uchramaganligi sababli qisqarib, hujayra 
shirasining bir qismi hujayra oraliqlariga 
chiqadi. Natijada turgor holati pasayadi, 
ammo bug’inlarning ustki hujayralari turgor
holatida qolganligidan, u bo’g’inni pastga 
qarab egadi va shu sababli barglar ham 
pastga egiladi. Biroz vaqt o’tgandan keyin 
suyuqlik qaytadan shimiladi va bo’g’in 
to’g’rilanib qoladi.



Download 459.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling