Tayyorladi: Ibrohimov Qudrat
Download 17.25 Kb.
|
moliya8
Moliya
Tayyorladi: Ibrohimov Qudrat Maqola Mavzu: Davlat xaridini tashkil etish modellari. Annotatsiya: Ushbu maqolada jahon amaliyotida davlat xaridlarini tashkil etish modellari, ularni o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Kalit so’zlar: xarid qilish modellari, markazlashgan model, markazlashmagan model, aralash model. Kirish:Har bir mamlakatning davlat xaridlari tizimi ma’lum bir model asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarining xarid qilish modellarini umumlashtirsak, ular asosan, uch xil ko‘rinishda ekanligini ko‘rishimiz mumkin: 1.Markazlashgan model 2.Markazlashmagan model; 3.Aralash model. Ana endi bu uch xil modellarning har biriga alohida to’htalsak. 1.Markazlashgan model – bunda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish maxsus tashkilot yoki ijroiy hukumatning yagona tarkibiy bo’linmasi – xaridni tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq va bo’limlardan tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil etishni nazarda tutadi. Endi masalalarga to’htalsak. Masalan: Markazlashgan modelda yirik hajmdagi ulgurji buyurtma berilgani bois, sotib olinayotgan tovar (ish,xizmat) arzon narxda olinadi Vazirlik yoki yuqori turuvchi organlar tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya tarkibidagi yuqori malakali mutaxassislar sotib olinayotgan tovar (ish,xizmat)ning sifati, yaroqligi yoki yetkazib beruvchining ishonchliligini o‘rganib, so‘ngra buyurtma beradilar Katta hajmda buyurtma berilgani bois tovar (ish,xizmat)ning bir birligi uchun tashish, o‘rnatish, sug’urta xarajatlari kam miqdorni tashkil etadi va h.k. Endi ikkinchi modelga e’tibor beradigan bo’lsak 2. Markazlashmagan (taqsimlangan) model – bunda davlatning buryutmachisi o’z ixtisosligi buyicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan modelda kompaniyaning har bir bo’limi (vazirlik, departament va h.k.) o’z ehtiyojlari uchun xaridni mustaqil tarzda amalga oshiradi. Shu maqsadda, uning tarkibida xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo’lim tashkil etilgan. Masalan, har bir tuman moliya bo‘limi, har bir oliy ta’lim muassasasi, har bir bank filiali o‘zlari uchun zarur bo‘lgan tovar(ish,xizmat)larni belgilangan qonunchilik talablari asosida o‘zlari xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Uchinchi model bu Aralash model hisoblanadi bu modelda xaridlarni davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Masalan, O‘zbekistonda buyudjet tashkilotlari tovar(ish,xizmat)larga buyurtma berganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi ushbu tovar(ish,xizmat)lar uchun mablag’lar ko‘zda tutilganligi, buyurtmachining hisob raqamda yetarlicha mablag’ mavjudligini tasdiqlaganidan so‘ng, e’lon beriladi. Yoki, tender savdolarida va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (byudjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan hollarda davlat xaridiga doir texnik topshiriqlar qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizaga beriladi. Ushbu uchta model Davlat xaridini tashkil etish modellarining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari To’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni O‘roqov U.Yu. Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200 b. У.Ўроқов, Э.Шодмонов, Д.Бобобекова. Давлат харидларини бошқариш. Т.-2022 й. 4 Ўроқов. Давлат харидлари тизими: кеча ва бугун. «Бозор, пул ва кредит» журнали, 8-сон, 2018 й. 5.У.Ўроқов. Давлат харидлари тизимида электрон харидлар ҳажмини Ошириш масалалари. “Замонавий молиянинг миллий ва халқаро долзарб асалалари”. Халқаро илмий-амалий конференция материаллари тўплами. ТМИ, 2021 йил 20 май Download 17.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling