Tayyorladi: Mirzaaxmatova Sevinch


Download 0.58 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1431441

Mavzu:Tuproq
fizikasidagi ilmiy
ishlarni organish
Tayyorladi: Mirzaaxmatova Sevinch
Reja:
Tuproq fizikasi sohasidagi ilmiy ishlar
Har xil tuproq tiplarining fizikaviy xossalarini va

tuproqlarning umumiy fizik, suv –fizik va fizik –mexanik xossalarini, tuproq
suv va

issiqlik rejimini xamda aeratsiyasiga bog’liq bo’lgan asosiy muammolarini
yechishdan iborat

bo’lgan masalalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida o’rgatishdan iborat.
Tuproqning umumiy fizik xossalari, tuproq strukturasi; tuproqning fizik –
mexanik xossalari; tuproqning suv rejimi tuproqning gidrologik konstantalari;
tuproq harorati va aeratsiyasi to’g’risidama’lumotlar berish va ushbu
ma’lumotlarni laboratoriya ishlarida innovatsion texnologiyalar qo’llash
orqali, tuproq fizikasi fanidan olingan bilimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga
tatbiq eta olish va amalda qo’llay olish va xulosalar qilishni o’rgatishdan
iborat
Agronomik fizika –oʻsimliklarning hayot sharoitlarini fizik usullar bilan tadqiq
etish va ular hayot faoliyatining fizik jarayonlari haqidagi fan. Agrofizika
ekinlarining hosildorligi va tezpisharligini oshirish uchun tashqi muhitning fizik
xususiyatlarini oʻrganadi va ularni boshqarish usullarini ishlab chiqadi. A.ning
boʻlimlari: tuproq fizikasi (tuproq havosi fizikasi, tuproq gidrofizikasi,
tuproqning qattiq qismi fizikasi, issiqlik va boshqalar); havoning yer atrofi
qatlami fizikasi (aerodinamik, radiatsion va boshqa koʻrsatgichlar); oʻsimliklar
radiobiologiyasi va yorugʻlik fiziologiyasi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi
ekinlarining oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay tabiiy sharoitlar yaratish
maqsadida ekinlarga hamda tashqi muhitga faol ta’sir koʻrsatadigan agrofizik
usullar, vositalar. A. Fan sifatida 20-asrda shakllangan va hozirgi zamon
tabiatshunosligi, ayniqsa, biofizika, shuningdek, mat., elektronika,
kibernetika va boshqa fanlarning nazariy yutuqlari negizida rivojlandi,
natijada oʻsimliklarning oʻzida va tashqi muhitda sodir boʻladigan
169jarayonlarni miqdoriy baholash imkoniyatlari yaratildi.
Fan.ni rivoj-lantirishda K. A. Timiryazev, D. N. Pryanishnikov, N. A. Kachinskiy,
A. A. Rode (Rossiya), E. Rassel (Buyuk Britaniya), V. Shou (AQSH) va boshqa
katta hissa qoʻshgan. Agrofizik tadqiqotlarda vegetatsion va dala usullari
qoʻllaniladi, tashqi muhit sharoitlarini oʻrganish uchun aniq oʻlchov asboblari
ishlatiladi. Tadqiqot natijalaridan tuproqning suv, havo, issiqlik rejimlarini
yaxshilashda, optimal ekish usullari va muddatlarini, tuproqqa ishlov berish,
sugʻorish me’yorlari va boshqalarni belgilashda foyda-laniladi.
Tadqiqotlari xulosalari, ayniqsa, ekinlarning hosildorligini programmalashda va
dala ishlari sifa-tini baholashda katta ahamiyatga ega. Fitotron, oranjereya,
issiqxonalarda iqlimni boshqarish, tuproq issiqlik ba-lansipi, oʻsimlik
transpiratsiyasi, ularga oziq moddalar va suvning shimilishi tezligini
oʻlchaydigan asboblar yara-tilgan. Agrofizik asboblarni qoʻllash yirik
omborxonalarda kartoshka va me-valarni saqlash jarayonlarini avtomat-
lashtirish, nobudgarchilikni kamaytirish, mahsulot sifatini buzmay saqlash,
chiqindilar miqdorini ka-maytirish imkoniyatini beradi. Dehqonchilik va
oʻsimlikshunoslikning fizik muammolari Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy
tadqiqot instituti, Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, oliy oʻquv
yurtlari kafedralarida oʻrganiladi.Abdurahim Ermatov.
1960-1970 yillar davomida kafedra xodimlari –B.D.Mixaylov, Q.G‘ofurov,
L.Tursunov, V.Sayfutdinova, L.Salkova, N.Kavxoyans va boshqa aspirantlar
Zarafshon vodiysining o‘rta va quyi oqimi hududlarini, jumladan
Kattaqo‘rg‘on, Xatirchi, Zirobuloq, Karnab cho‘llari, Buxoro va Qorako‘l
vohalari tuproqlarini mukammal o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib
bordilar. Bu davr ichida yuzlab xo‘jaliklarning tuproq, tuproq-erozion, tuproq-
meliorativ xaritalari (1:10000, 1:25000) tuzilib, amaliyotda qo‘llash uchun
topshirildi. Shu paytdagi to‘plangan ma’lumotlar asosida K.G‘ofurov,
L.Tursunov, N.Yakubov, A.Niyozov, A.Abdievlar nomzodlik dissertatsiyalarini
yoqladilar. Shu davrning e’tiborga loyiq tadqiqotlaridan yana biri kafedra
dotsentlari V.Valiev, L.Tursunovlar rahbarligida Qashqadaryo viloyatining
Chiroqchi tumani lalmi yerlarini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan ilmiy ishlar
hisoblanadi.
1996 yildan boshlab kafedrada mudirlik vazifasini qishloq xo‘jalik fanlari
doktori, taniqli tuproqshunos olim, professor S.Abdullaev bajarib keldi. U
ko‘proq melioratsiya sohasida ilmiy ishlar olib borib yaxshi natijalarni qo‘lga
kiritdi. Ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalari chop qilingan.
2018 yil 1 dekabrdan tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari birlashtirilib,
Tuproqshunoslik deb nomlandi.
Akademik S.N.Rijov O‘zbekiston asosiy tuproqlarining agrofizik, ayniqsa, suv-
fizik xossalarini chuqur o‘rgandi, tahlil qildi va bu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy
maktab yaratdi.
Professor L.Tursunov akad. S.N.Rijov g‘oyalarini davom ettirib, sug‘oriladigan
yerlarning suv-fizik xossalarini mukammal o‘rganish asosida ularning suv
o‘tkazuvchanligi bo‘yicha tasnif va gidromodul rayonlashtirish bo‘yicha
o‘zgartirishlar kiritishga muvaffaq bo‘ldi va tuproq fizikasi bo‘yicha ilmiy
maktabini yarata oldik desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tog‘ o‘lkasi tuproqlarini
o‘rganish sohasida kafedra dotsentlari M.Fahrutdinova, D Komilova,
T.To‘raev, Sh.Is’hoqovalar tadqiqot ishlarini olib bordilar
Tuproq fizikasi -tuproq tiplarining fizikaviy xossalarini va tuproqlarning
umumiy fizik, suv–fizik va fizik-mexanik xossalarini, tuproq suv va issiqlik
rejimini xamda aeratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolarini yechish
bilimlarini o‘rgatishdan iborat
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling