1.1. Yirtqich qushlarning biosferadagi ahamiyati
Yirtqich qushlar,asosan umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Ularning tana tuzilishi va xatti-harakati o‘ljani qidirb topish va ushlab olishga moslashgan. Xususan, uzun va o‘tkir tirnoqlarining uchi ilmoqqa o‘xshash qayrilgan bo‘lib o‘ljani ushlash, o‘ldirishga moslashgan. Qisqa baquvvat va uchi pastga qayriligan tumshug‘i esa etini yulib olishga imkon beradi. Yirtqich qushlarning ko‘zi o‘tkir bo‘lganidan o‘ljani uzoqdan payqab oladi. Yirtqichlar juft bo‘lib yashaydi. Yirik qushlar jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Ular daraxtlarga qoyalarga
uya qurib jish jo‘ja ochadi. Yirtqich qushlar biosferada tabiiy sanitar hisoblanib kasal va nimjon sutemizuvchilar bilan oziqlanib tabiatda turlarning foydalilik xususiyatlarini oshirib beradi. Yashash uchun kurashda har bir tur o‘z zonasida yashab qolishi uchun kurashadi.
Yirtqich qushlardan burgut va lochinlar ov qilishda foydalaniladi. Masalan: bitta burgut yordamida ovchilar O‘rta Osiyoda bir faslda 50-60 ta tulkini, ba’zan bo‘rilarni ham ovlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |