Tayyorladi: saidahmadov alisher


Download 2.61 Mb.
Sana13.11.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1771827
Bog'liq
O’LIM TAHLILI VA O’LIM JADVALINI TUZISH


O’LIM TAHLILI VA O’LIM JADVALINI TUZISH

Tayyorladi: SAIDAHMADOV ALISHER

Reja

  • 1. O’limning demografik mohiyati va uning tiplari
  • 2. Aholi o’limini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi
  • 3. Aholi o’rtacha umr ko’rishi va o’lim jadvali

O’limning demografik mohiyati va uning tiplari.
Iqtisodiy geografiyada, hususan aholi geografiyasida o'lim jarayonini o‘rganish o‘ta murakkab sanaladi, sababi bu sohada biologik va ijtimoiy asoslar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar keskin namoyon bo‘ladi. Natijada, o‘lim inson organizmini biologik rivojlanishining g‘alabasi sifatida barcha ijtimoiy qonuniyatlardan ustun keladi. Ayni vaqtda inson organizmi jamiyatda yashashi davomida sivilizatsiya yutuqlarining ijobiy jihatlaridan bahramand bo‘libgina qolmay, balki atrofmuhitning salbiy ta’sirlaridan muntazam stresslarga ham uchraydi. Shuning uchun davlatning aholi salomatligi va o‘limiga nisbatan olib borayotgan siyosatidagi vazifalar faqatgina sanitariya-epidcmiologik vaziyatni nazorat qilish bilan cheklanib qolmasligi lozim.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining har bir bosqichida kuzatiladigan o‘limning miqdor ko‘rsatkichlari aholining yoshi va o‘lim sabablari bilan bog'liq bo‘lgan omiliar yig‘indisi yordamida aniqlanadi. Ushbu omiliar shartli ravishda endogen va ekzogen omillarga bolinadi.
Endogen omillar deganda organizmning ichki rivojlanishidan kelib chiqqan holatlar, ekzogen omiliar deganda esa inson organizmiga tashqi muhit ta’siri tushuniladi.
Tarkibiy jihatdan o‘lim sabablarining xalqaro tasnifi 19 ta kasallik sinfiga bo’linadi (1-jadval).
Aholi o'limini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi
Aholi o'limi va hayot davomiyligi tendentsiyalarini tahlil qilishda xuddi tug'ilishdagi kabi ikki turdagi axborot asos bo'ladi. Bulardan birinchilari qatoriga o'lganlarning mutlaq soni va ularning yoshi, jinsi, o'lim sabablariga ko'ra ajratilishi, ikkinchi-lariga esa mazkur sonlarni solishtirish Iozim bo'lgan aholi guaihlarining mutlaq soni (jami aholi, shuningdek, muayyan yoshdagi ayol va erkaklar soni) kiradi. Ushbu axborotlar asosida o'lim holatlari soni va darajasini aniqlovchi hamda kutiladigan hayot davomiyligini hisoblovchi ko'rsatkichlar tizimi yuzaga keladi,
Demografiyada aholining o'lim holatini statistik tahlil qilish maqsadida qator ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Shulardan o'lim darajasini baholovchi eng oddiy ko'rsatkich — bu o'limning umumiy koeffitsenti hisoblanib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Buyerda: M— o'rganilayotgan davrdagi o'lganlarning umumiy soni; R — o'rganilayotgan davrdagi aholining o'rtacha soni. Mazkur koeffitsient hisoblab chiqishning soddaligi va ma'lu-motning mavjudligi sababli keng qo'llaniladi. Ayni vaqtda, ba'zi millat vakillari hamda kichik hududiy aholi manzilgohlari uchun jins va yoshga oid aniq ma'lumotlarni olishning imkoni bo'lma-ganligi bois o'limning umumiy koeffitsienti o'lim darajasini aniqlash va baholash uchun qo'llaniladigan yagona uslub hisoblanadi.

Chaqaloqlar o'limi


Chaqaloqlar o'limi aholi salomatligining asosiy ko'rsatkich-laridan biri hisoblanib, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, aholining demografik holatini, tibbiy xizmat sifatini, sanitariya-epidemiologiya, profilaktika va davolash ishlarining samaradorligini ko'rsatuvchi barometr indikatoridir. Chaqaloqlar olimi deganda, bir yoshgacha bo'lgan (ya’ni, 1 oydan 12 oygacha) bolalar o'limi, bolalar o'limi deganda esa 2 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan aholi guruhinuig o'limi tushu-niladi.

2021 yilda O‘zbekistonda 7 214 nafar chaqaloq vafot etgan. Bu 2020 yildagiga qaraganda 160 nafarga ko‘p, 2022 yilda esa holat yanada achinarli


2020 yilda 175,6 mingta o‘lim qayd etilgani ma'lum qilindi. Unga ko‘ra 2020 yilda 21 ming «ortiqcha o‘lim» qayd etilgan - 2019 yilda o‘lim holatlari soni 154,6 mingtani tashkil etgan. Shunda, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan hamda 2019 yilga nisbatan 0,5 promillega oshganligi kuzatildi (2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 4,6 promille bo‘lgan).
2020 yilda qayd etilgan o‘lim holatining 60,0 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8 foizi – o‘simtalardan, 7,2 foizi – nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,6 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan.
2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 174,5 mingta o‘lim holati kuzatilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 5 promilleni tashkil etgan hamda 2020 yilga nisbatan (5,1 promille) - 0,1 promillega kamaygan.

2018-2022 yillarda o’limlar soni

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 130,4 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil etgan hamda bu ko‘rsatkich 2021- yilga nisbatan ko‘rsatkich 0,2 promillega kamayganligi kuzatildi (2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 5,1 promille bo‘lgan).

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 56,8 % i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,2 % i – o‘simtalardan, 9,8 % i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 % i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,0 % i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 % i – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 14,1 % i boshqa kasalliklardan vafot etganlar

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 56,8 % i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,2 % i – o‘simtalardan, 9,8 % i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 % i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,0 % i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 % i – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 14,1 % i boshqa kasalliklardan vafot etganlar


E’tiboriz uchun rahmat
Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling