Tayyorladi: Sodiqov Ulanbek bng` 91
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqPUL VA BANKKK
PUL VA BANK FANIDAN PREZENTATSIYA TAYYORLADI: Sodiqov Ulanbek BNG` 91 Singapur Singapur (Singapore) Singapur Respublikasi (inglizcha - Republic of Singapore, malaycha Repablic Singapura) — Janubiy Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli va unga tutash mayda orollar hamda Malakka yarim orolning janubiy chekkasida joylashgan. Maydoni 640 km². Aholisi 4,45 mln. kishi (2023). Poytaxti — Singapur shahri Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yil qabul qilingan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2011-yil Iyul oyidan boshlab Dr. Tony Tan, Respublika 7-prezidenti), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Singapur orol Joxor boʻgʻozi orqali Malakka yarim oroldan, Malakka va Singapur boʻgʻozlari orqali Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-gʻarbiy sohillarida marjon riflari bor. Relyefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iqlimi ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha temperatura yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yongʻin 2500 mm. Katta daryosi — Singapur. Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Koʻpgina mayda orollarda odam yashamaydi, ularda tropik oʻsimliklar sakdanib qolgan. Ayrim sohillari mangozorlar bilan band. Aholisining koʻpchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya, tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling