Tayyorladi: xasanova o’G’iloy qabul qildi: bayzakova dilbar


Download 420.92 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi420.92 Kb.
#1431906
  1   2
Bog'liq
XOR INVES

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI 731-20 GURUH TALABASI XASANOVA O’G’ILOYNING XORIJIY INVESTITSIYALAR VA KCHIK BIZNES ASOSLARI FANIDAN SLAYD TAQDIMOTI

TAYYORLADI: XASANOVA O’G’ILOY

QABUL QILDI: BAYZAKOVA DILBAR

MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INVESTITSIYA SIYOSATI

  • REJA:
  • 1. XORIJIY INVESTITSIYALAR VA KREDITLARNI JALB ETISH HAMDA O‘ZLASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
  • 2. INVESTITSIYALARNING IQTISODIYOTDAGI O’RNI
  • 3. O’ZBEKISTONDA YALPI ICHKI MAXSULOT ULUSHLARI VILOYAT KESIMLARDA

XORIJIY INVESTITSIYALAR VA KREDITLARNI JALB ETISH HAMDA O‘ZLASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning potensial imkoniyatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq-puxta muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har yilgi Investitsiya dasturlarini, shuningdek tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning o‘rta muddatli dasturlarini tayyorlashda yetakchi bo‘g‘in hisoblanadi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklanadi.
Investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo'llab-quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o'tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig'indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko'proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan
Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o'rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini o'rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log'atda "Investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo'jaligiga va boshqa tarmoqlarga sarf qilinadigan xarajatlar yig'indisini aks ettiradi",-deb tariflangan.
Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo'shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya'ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, "Investitsiyalar - bo'sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir"
Bizga ma'lumki, iqtisodiy o'sish investitsiya resurslarisiz bo'lishi mumkin emas, bu resurslar o'z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag'dir. Pul mablag'lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so'ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi
INVESTITSIYA SIYOSATI
    • -bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo'llab-quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o'tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig'indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko'proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan
    • .

DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI
    • hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib topib, ular o'zaro bag'liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sariflashda aholi, hudud va investor manfa'tlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladiga chora-tadbirlar majmuyi. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta'minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eskport qilish, import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo'li bilan qo'llab-quvvatlash hisoblanadi.
    • .

So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va xalqaro hamjamiyatda biznes va investitsiyalar uchun turli xil to‘siqlarini bartaraf etishda ochiqlik, yangilanish va qatʼiyatlilik ramzlaridan biri sifatida tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini samarali ijro etilishi uchun investorlar bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va tijorat banklari rahbarlari o‘rinbosarlaridan iborat bo‘lgan davlat hokimiyat organlari hamkorligining 4 bosqichli mexanizmi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mexanizm investorlarning barcha so‘rovlariga tezkor javob qaytarish va qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining samaradorligini kerakli tarzda nazorat qilish imkonini beradi.
Shu nuqtai nazardan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan tuzilgan, Respublikada faoliyat yuritayotgan investorlar bilan bevosita muloqotni taʼminlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining rolini taʼkidlash muhim ahamiyatga ega.


Download 420.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling