Tayyorladi: Yoqubova Sevara qattiq moddalar tuzilishi va kristall panjara turlari


Download 0.86 Mb.
bet9/12
Sana31.01.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1142901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
QATTIQ MODDALAR TUZILISHI VA KRISTALL PANJARA TURLARI

Atomli panjaraning struktura birligi о‘zaro kovalent bog‘langan neytral atomlardir. Bunday turdagi panjaralar ba’zi oddiy moddalarga, masalan, olmosga xos.
Tugunlarida musbat va manfiy ionlar navbatma-navbat joylashgan ionli panjaralar ionlardan tuzilgan birikmalarga xosdir, bu birikmalar qatoriga tuzlarning qaryib hammasi, kо‘pgina oksidlar va boshqa ba’zi moddalar kiradi.
Nihoyat, metall panjaralar о‘ziga xos tuzilishga ega. Metall panjara tugunlarida neytral atomlar emas, balki musbat ionlar turadi, bu ionlar oralig‘ida erkin, oson harakatchan elektronlar bо‘ladi. Metall panjaralari tо‘g‘risida metallar bayon etilganda batafsil sо‘zlanadi. Molekulyar atomli va ionli panjaralar orasida farq bо‘lishiga sabab, ularni hosil qiluvchi zarrachalarning tipigina emas, balki bu zarrachalarning о‘zaro ta’sir etish xarakterihamdir. Rasmda natriy xlorid kub panjarasining bir qismi, ya’ni elementar yacheykasi kо‘rsatilgan, bu qism butun kristaldan ajratib olingan bо‘lib, kristallning ichi ionlar bilan qanday tо‘lganligini kо‘rsatish uchun berilgan.
Kristallik panjara hosil bо‘lish energiyasi.
Kristalning tuzilishi kristall yacheykasidagi zarrachalar soniga, bu zarrachalarning katta-kichikligiga va ularning qutblanish xossalariga bog‘liq.
1933 yilda sovet olimi A.F.Kapustinskiy kristallik panjara hosil bо‘lish energiyasini hisoblab topish uchun taqribiy formula taklif qildi; unga muvofiq kristallik panjaraning energiyasi kristall yacheykadagi zarrachalar soniga ularning katta-kichikligiga, ionlarning valentligiga bog‘liq.
U=256,1
Bu yerda U-kristallik panjaraning energiyasi, ya’ni 1 gramm molekula kristaldagi zarrachalarni bir-biridan ajratib, cheksiz uzoqqa yuborish uchun zarur energiya; k-molekuladagi ionlar soni; r1 va r2-ionlarning valentligi; Ra va Rk-anion va kation radiuslari.
A.F.Kapustinskiy formulasini faqat ionli panjaralar uchun qо‘llash mumkin. Ayni kristall moddaning elementlaridan hosil bо‘lish energiyasi qiymatidan foydalanib, U ni hisoblab topish mumkin.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling