Tayyorlangan tomonidan Tekshirildi tomonidan Tasdiqlangan
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
530-538-sepu
6.1.1.1 Usullar
Manfaatdor tomonlar bilan videokonferentsiya orqali yoki saytga tashriflar davomida yuzma-yuz maslahatlar o'tkazildi. Videokonferentsiya orqali maslahatlashgan manfaatdor tomonlar, asosan, kompyuter va internetdan ishonchli foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan institutsional manfaatdor tomonlar bo'lib, shu tarzda osonlik bilan ishtirok etishlari mumkin edi. Barcha manfaatdor tomonlar 2020-yil 9- sentabrda bo’lib o’tgan bitta yig’ilishda ishtirok etishdi. Ishtirok etgan manfaatdor tomonlarga quyidagi muassasalar vakillari kirdi: • Energetika vazirligi • Energetika vazirligi - Qayta tiklanadigan resurslarni rivojlantirish boshqarmasi • G‘allaorol tumani hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari • G‘allaorol tumani - suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i • G‘allaorol tumani - kadastr bo‘limi boshlig‘i • G‘allaorol tumani – Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi • Qiziltut mahallasi raisi • Sayfin ota mahallasi raisi • Qoraqchi mahallasi raisi • “Choyli mahalla” MFY raisi Boshqa manfaatdor tomonlar 2020-yil 28-sentabrda bo’lib o’tgan hududga tashrif davomida yuzma-yuz muloqot qilishdi. Bu manfaatdor tomonlarning ba’zilari hamjamiyat darajasida bo’lgan va shuning uchun masofaviy ishtirok etish usullarida (masalan, videokonferensaloqa) ishtirok etish uchun zarur resurslarga ega bo’lmagan bo’lishi mumkin. Boshqalar esa loyiha saytini hamda u taqdim etayotgan ekologik va ijtimoiy imkoniyatlar va cheklovlarni aniq tushunishga yordam berish uchun saytga tashrif buyurishda ishtirok etgan institutsional manfaatdor tomonlar edi. Saytga tashrif davomida yuzma-yuz muloqot qilgan manfaatdor tomonlarga quyidagilar kiradi: • G‘allaorol tuman atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi vakili • G‘allaorol tumani kadastr bo‘limi yer tuzuvchisi • Qiziltut, Sayfin ota, Qoraqchi va Choyli mahallalari oqsoqollari (qishloq oqsoqollari) AECOM 18 . Manfaatdor tomonlarni jalb qilish rejasi Atrof-muhit va ijtimoiy ta'sirni baholash hisoboti 6. Manfaatdor tomonlarni jalb qilish dasturi • Ko’klik QFY kotibi, jumladan Chayli va Qoraqchi mahallalari • Mahalliy cho'ponlar Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling