4–Topshiriq.
’’Ha’’ va ’’Yo’q’’ o’yini asosida savollarga javob bering.
1. Arxeologlar Toshkent shahrini Salar kanali sohilida
joylashganligini
aniqladilar. Bu joy «Ming o‘rik» va «Ming o‘rik tepa» nomlari bilan atalgan.
Toshkent shahri VI asrda Choch (Toshkent) viloyatining markaziga aylangan.
HA
YO’Q
2. 1993-yilda shaharda barpo etilgan Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy
bog‘i bu bunyodkorlikning debochasi bo‘ldi. Bog‘da bobomizning purviqor
haykali ham o‘rnatilib, u diyorimizning eng go‘zal va asosiy sayilgohiga aylandi.
HA
YO’Q
3. O‘zbekistonning 1-Prezidenti Islom Karimov yubiley tantanalarida so‘zlagan
nutqida Toshkentni: «Tarixi boy, buguni go‘zal, kelajagi buyuk shahar», deb atadi.
HA
YO’Q
4. “Binkat” so’zi
– uzoqdan ko‘rinib turuvchi orol, degan ma’noni anglatadi.
HA
YO’Q
5. Milodning dastlabki asrlariga oid Xitoy manbalarida Toshkent «Shi» nomi
bilan tilga olinadi. Bunom «Tosh shahar» degan ma’noni anglatadi.
Buyuk
bobomiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» nomli kitobida «Toshkent» atamasini
ishlatgan.
HA
YO’Q