RPC (Remote Procedure Call). O’chirilgan amaliy dasturlarni bir-biri bilan sodda va effektiv holatda biriktiradi.
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol). Oddiy pochtani uzatish qaydnomasi
(elektron pochtani kompyuterlarga yuboruvchi qaydnoma).
SNMP (Simple Network Management Protocol). Ma’muriy qaydnoma tarmoq holati va unga ulangan boshqa qurilmalarga ma’lumotlarni uzatadi.
Shunday qilib, servisning barcha turlari majmui TCP/IP - kuchli va effektiv qaydnomalar majmuini tashkil qiladi.
Internetni uning arxitekturasi nuqtai nazaridan qarasak, TCP/IP qaydnomalarning ba’zi bir qirralarini yaxshi tushunish imkonini beradi. Internet tarkibiga yuqori tezlikka ega ma’lumotlarni uzatuvchi BACK bone deb ataluvchi magistral tarmoq kiradi. Agar biror muassasa Internetga ulansa, u shlyuz deb ataluvchi alohida ajratilgan kompyuterga ulanadi. Shlyuz turli platformali kompyuterlarni bir-birini tushunishini ta’minlovchi programma vositasidir. Har bir shlyuz IP manziliga ega. Agar shlyuz ulangan manzili ko’rsatilgan tarmoqdan xabarlar o’tsa, u holda xabar lokal tarmoqqa o’tadi. Axborotlar boshqa shlyuzga mo’ljallangan bo’lsa, u holda keyingi shlyuzga uzatiladi. Agar lokal tarmoq orqali ma’lumot shlyuz orqali Internetga uzatilsa, u holda shlyuz eng qisqa va qanday yo’l bilan manzilga yetkazishni o’zi tanlaydi.
Hulosa
Men bu mustaqil ishni bajarish davomida INTERNET qaydnomalarini, TCP/IP, IPv6 protokoli, TCP/IP ning tashkil etuvchilarini, INTERNET arxitekturasini o’rgandim, izlandim va kerakli hulosaga ega bo’ldim. Barcha ma’lumotlarni yig’ib analiz qildim va eng kerakli va muhim deb hisoblaganlarimni ushbu mustaqil ishda jamladim.
Adabiyotlar ro’yhati
http://tami.uz
“Kompyuter tarmoqlari va ularning axamiyati” B. Maxmudov. 2015
Do'stlaringiz bilan baham: |