Tdiu 2-bosqich talabasi Xojiyev Botirning “Makro iqdisodiyot “ fanidan mustaqil ishi
Download 0.59 Mb.
|
Budjet soliq siyosati makro
TDIU 2-bosqich talabasi Sindorov Sunnatullaning “Makro iqdisodiyot “ fanidan mustaqil ishiMavzu:Mavzu:Budjet soliq siyosatiRejaReja1. Budjet nima2. budjet soliq siyosati3.soliq siyosatiDavlat byudjeti deganda, avvalo, davlat pul mablagʻlarining jamgʻarmasi tushuniladi. Soliqlar, bojxona yigʻimlari va boshqa turdagi toʻlovlar koʻrinishida yil mobaynida davlat gʻaznasiga kelib tushgan mablagʻlar, yaʼni, tushumlar orqali mamlakat byudjeti shakllantiriladi. Ushbu mablagʻlar, oʻz navbatida, hayotimizning turli jabhalari, qator ijtimoiy sohalar rivoji uchun maqsadli yoʻnaltiriladi. Respublika byudjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar boʻyicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun masʼuliyati ham kuchaytirilmoqda. Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir oʻziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari mahalliy byudjetga oʻtkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini koʻrsatish uchun aksiz soligʻi tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar oʻrtasida qayta taqsimlanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi toʻliq xududlarda qoldiriladi. Aslida, siyosatni tushunishga tayyor bo‘lmagan (tushunmagan)lar unga nisbatan munosabat bildirmaganlari ma’qul. Chunki bu jarayonda “qosh qo‘yaman” deb, “ko‘z chiqarish” hech gap emas. Hatto siyosatga nisbatan fikr bildirishim kerak, degan qaror qabul qilinganda ham yetti o‘lchab, ayrim joylarda esa, yetmish o‘lchab, bir kesish lozim. Aksincha, tarzda ish tutganlar hayotning achchiq tajribasi va haqiqatining ko‘rsatishicha, qolgan umrlarining oxirigacha muzdek qatiqni ham puflab ichishni xush ko‘radilar yoki afzal biladilar. Siyosatning juda ko‘p yoki xilma-xil tur (ko‘rinish)lari mavjud. Ulardan biri byudjet-soliq siyosatidir. Bu siyosat ayrim hollardagidek, quruq gap bilan emas, balki pul mablag‘larining harakati bilan bevosita bog‘liq. Undan doimo pul mablag‘larining o‘ziga xos bo‘lgan o‘tkir “hid”i ufurib turadi. “Pul bo‘lsa, changalzorda – sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayotgani yo‘q. Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti. Byudjet-soliq siyosati to‘g‘ri va oqilona yurgizilsa, bir so‘mlik mablag‘ni sarflab, ba’zi hollarda o‘n so‘mlik samarani kutsa bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda esa, milliard-milliard so‘mlik mablag‘lar samarasiz, “qumga suv singib ketgandek” g‘oyib bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va oqilona yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati (albatta, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) ishlab chiqarishning rivojlanishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga, mablag‘larning samarali sarflanishiga va h.k.larga olib kelsa, aksincha bo‘lganda esa, bu siyosat iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq, xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kengaytirish, mablag‘larni talon-taroj qilish va shu kabi salbiy holatlar vujudga kelishining omiliga aylanishi turgan gap Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling