Tdshu tarix va falsafa fakulteti 3-kurs dariy-ingliz talabasi Xolmurodova Farangiz
Download 18.91 Kb.
|
Farangiz Xolmurodova
TDSHU Tarix va falsafa fakulteti 3-kurs dariy-ingliz talabasi Xolmurodova Farangiz Arnold J. Toynbining “ Svilizatsiylar inqirozi “ kitobi asosida yozilgan essesi Biz bilgan ko'plab sivilizatsiyalarning aksariyati allaqachon parchalanib ketgan va aksariyat qismi butunlay yo'q bo'lib ketgan. Tarixchilarning asosiy vazifasi tarixni tiklab uni tadbiq etish ekan, bu nobud bo’lgan sivilizatsiyalarning tarixini tiklash ham tarixchilar zimmasidadir. Tarix takrorlanar ekan (Cho’lpon “tarixning takarruri” deb qo’llagan), aynan tarix bu yorqin kelajak kafolati bo’la oladi. Arnold J. Toynbining “Sivilizatsiyalar inqirozi” asarida bir sivilizatsiyaning inqirozi boshqa bir sivilizatsiyaning yuzaga kelishiga zamin ekanligi, bu esa o’ziga xos samarasiz takrorlash tsikli ekanligini ko’rish mumkin. Jumladan, Geraklidning “Urush – hamma narsaning otasi” fikri ham bunga tasdig’idir. Asarda ko’rganimizdek, sivilizatsiya inqirozga yuz tutar ekan, o’ziga voris qoldiradi. Bunga misol tariqasida yunon sivilizatsiyasining vorisi nasroniylik svilizatsiyasi bo’ldi. Qiyosiy tahlil orqali bir nechta sivilizatsiyalarning sinish bosqichidan yemirilish bosichigacha bo’lgan davrlar Insoniyat tarixida urush va (ijtimoiy tengsizlik oqibati hisoblanadigan) sinfiy kurashlar sivilizatsiyalarning ilk paydo bo’lgan davrdan to hozirgacha ham insoniyatning hamrohi bolib kelmoqda. Arnold J. Toynbining fikricha urush va sinfiy kurashlar – dunyoning tug’ma kasalligidir. Texnikaviy taraqiyyot davrida esa harbiy sohalar butkul o’z qiyofasini o’zgartirib, butunlay boshqa darajaga ko’tarildi. Shu asosida urush butun insoniyatni yer yuzidan yo’q bo’lishiga sabab bo’la olishiga olib keldi. Insonlarning qo’lida nafaqat o’z hayoti va o’limi, balki butun insoniyat taqdiri yotibdi. Sivilizatsiyalarning sinishi inqirozga asos bo’lsa, sivilizatsiyalarning sinishiga esa urush va sinfiy kurashlar bo’ladi. XVIII va XIX asrlarda sivilizatsiyalarning inqirozining sabablari qatorida farovonlikdan sehrlangan va ko'r bo'lgan G’arb jamiyati o'zlariga ortiqcha ishonch his qilishganligida, ular G'arb jamiyati boshqa sivilizatsiyalarning o'limiga olib kelgan xato va muvaffaqiyatsizliklarni takrorlashdan sug'urtalangan, degan qarorga kelishdi. Bu esa o’z navbatida ayanchli oqibatlarga olib kelgan. Sivilizatsiyalarning inqiroz yuz tutishiga monand Arnold J. Toynbining asarida keltirilgandek, “Toshqotish” davri ham inqirozning bir shaklidir. Bu kabi “Toshqotish” lar ko’plab sivilizatisiyalar tarixida bo’lib o’tgan: har qanday soha rivojlanishdan to’xtab, tirik murda shaklida o’z faoliyatini davom ettiradi. Jamiyatda uzoq davom etgan bu hol esa kuch-quvvatdan qolish, ma’naviy tubanlik, falajlik havfi ostida qolgandi. (Arnold J. Toynbining “Sivilizatsiyalar inqirozi”dan). Toynbining asariga asosan dunyo mavjud bo’lgan o’n to’qqizta sivilizatsiyalardan beshtasi omon qoldi. Toynbining asarida sivilizatsiyalarni dinlar misolida ham ko’rib chiqildi. Ikki to’lqin, ya’ni Yunon va Hind to’lqinlari birlashuvi yangi Buddaviylik sivilizatsiyasini vujudga kelishiga olib keldi. Xristian dini ham Yunon va Suriya to’lqinlarining birlashish mahsulidir. Sivilizatisiyaning tarqalishida din muhim o’rin egallaydi. Din sivilizatsiyaning o’z o’rnida mustahkamlanishiga yoki inqirozga tezda yaqinlashishga sabab bo’la oldi. Toynbining bayonotlaridan eng munozaraligi bu dunyoning yaqindan siyosiy birlashuvining oldindan aytilgan xulosa ekanligidir. Toynbi bu mulohazaga asos sifatida ikkita omilni misol keltirgan: bugungi kunda bizning o’zaro bog’liqligimiz va hozirgi qurollarning halokatli tabiati. Bu ikki omil esa dunyoning birlashuviga olib kelishini ta’kidlaydi: “Bugungi kunning eng muhim va qiyin siyosiy masalasi – dunyo siyosiy jihatdan birlashtiriladimi va birlashish ikki muqobil yo'nalishning qaysi biri tomon ketishi mumkinligidadir. Eskitdan ma’lum va yoqimsiz doimiy qurolli to’nashuvlar yo’li bo’lib, u mudhish yakunga (oqibatga) olib keladiki, bus-butun chiqqan davlat raqiblardan qolgan oxirgisini taslim etadi va kuch yordamida yer yuzida tinclikni o’rnatadi. Bundan tashqari, dunyoni kooperativ boshqarish tajribasi mavjud. Bizning birinchi urinishimiz Millatlar Ligasini, keyingisi – Birlashgan Millatlar Tashkilotini yaratish edi”. BMT uzoq vaqt davomida o’z tub shaklida o’z faoliyatini olib bora olmasligi, Erkin assotsiatsiya (BMT) tez orada parchalanishi yoki samarali federatsiya shaklida transformatsiya bo’lishi kuzatilayotganligini Toynbi aytib o’tadi. Xullosa qilib aytganda, “Sivilizatsiyalar inqirozi” kitobida hech bir sivilizatsiya o’z o’zidan parchalanib yoki yo’q bolib ketmaydi, unga tashqi va ichki kuchlar ta’siri asos bo’lgan. Barcha sivilizatsiyalar ham insoniyatning bugungi kuniga qadar yo’q bolib ketmagan, ko’plab sivilizatsiyalar hozirgi kunda ham yodga olinadi va o’rganiladi. Sivilizatsiyalarning inqirozi yoki ularning rivojlanishida inson omili asosiy o’rinni egallaydi. Download 18.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling