Tdtu qo‘qon filiali “Ijtimoiy va aniq fanlar” kafedrasi mudiri N. Xolmirzayev va assistant N. Sharipovaning “ O`zbekistonning eng yangi tarixi fanini o`qitishda interfaol usullardan foydalanish” mavzusidagi o`quv-uslubiy


Download 17.24 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1608188
Bog'liq
Ўзб.тарихи тақриз —


TDTU Qo‘qon filiali “Ijtimoiy va aniq fanlar” kafedrasi mudiri N.Xolmirzayev va assistant N.Sharipovaning “ O`zbekistonning eng yangi tarixi fanini o`qitishda interfaol usullardan foydalanish” mavzusidagi o`quv-uslubiy qo‘llanmasi ( barcha bakalavriyat yo‘nalishlari uchun) ga
TAQRIZ
Hozirgi davrda mamlakatimizda yoshlarning mustaqil fikrlashi qobiliyatini o‘stirish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashda oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan ijtimoiy fanlar, shu jumladan O`zbekistonning eng yangi tarixi fani alohida rol o‘ynaydi. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, o‘tmish ma’naviy merosi, millat taqdiri va kelajagini ifodalovchi tarix fanini o‘rganishning ahamiyati ham ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida hozirgi yoshlarning fikrlash madaniyatini rivojlantirishga, ularning dunyoqarashini o‘stirish ishiga e’tiborini oshishini taqazo etadi.
Shuni e’tiborga olgan holda aytish mumkinki N.Xolmirzaev va N.Sharipovalar tomonidan yangi kredit-modul tizimi asosida o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishlari uchun tayyorlangan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan seminar mashg‘ulotlarini bajarish uchun tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma muhim va dolzarb fikrlar, g‘oyalar, amaliy taklif va tavsiyalarning berilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu uslubiy qo‘llanma namunaviy dastur asosida kiritilib, mavzularga oid tarqatma materiallar ta’lim texnologiyalari, mavzularga oid savollar bilan boyitilgan.Uslubiy qo‘llanma talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy tafakkurini yuksaltirish, tasavvur doirasini kengaytirishga qaratilgan muhim manbadir.
Mazkur uslubiy qo‘llanmadan tarix o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘ziga xosligi, zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar va fan sohasidagi ilg‘or tajribalar, o‘qitishda samaradorlikni oshirishiga xizmat qiluvchi interfaol metodlar o‘rin olgan.
Alohida qayd etish joiz uslubiy qo‘llanma mavzularni nazariy jihatdan yoritishda uzviylik, ilmiylik, mantiqiylik, ketma-ketlik tamoyillariga amal qilingan. Bu esa fanni to‘laqonli o‘zlashtirish uchun ayni muddaodir. Unda sohalar bilan bog‘liq ma’lumotlar tizimli tarzda berilganligi o‘zlashtiruvchilar uchun qulayliklar yaratadi.
Har bir mavzudan so‘ng mavzuga oid bilimlarni mustahkamlash uchun testlar, mustaqil ish mavzulari nazorat savollari berilgan. Fanga oid terminlar tuzib chiqilgan va mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yhati keltirilgan.
TDTU Qo‘qon filiali “Ijtimoiy va aniq fanlar” kafedrasi mudiri N.Xolmirzayev va assistent N.Sharipovaning “O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish” mavzusidagi o`quv-uslubiy qo‘llanmasi ( barcha bakalavriyat yo‘nalishlari uchun) ga belgilangan me’yorlar asosida tayyorlangan deb topib, yuqoridagilarni inobatga olib, nashrga tavsiya etaman.

FarPI “Ijtimoiy fanlar va sport”
kafedrasi, PhD: Z.Hatamova
Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling