Tegi sarlavhaning tegidir va hujjatga nom bеrish uchun xizmat qiladi. Hujjat nomi va


Bosh sahifada ajratilgan yoki ostiga chizilgan gipermurojaatlar


Download 0.6 Mb.
bet2/6
Sana29.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1401237
1   2   3   4   5   6
2. Bosh sahifada ajratilgan yoki ostiga chizilgan gipermurojaatlar joylashgan bo‘ladi. Ular saytdagi boshqa sahifalarga o‘tishga xizmat qiladi.
3. Serverda joylashgan va bir-biri bilan bog`langan xujjatlar birgalikda veb saytni tashkil etadi. Bitta serverda har biri alohida sohada (alohida papkada) joylashgan ko‘plab saytlar bo‘lishi mumkin. Ular bitta vinchesterda ko‘plab papkalar joylashgani kabi joylashishadi. Ba'zi veb saytlar juda katta bo‘ladi yoki ularga har doim ko‘plab murojaatlar bo‘ladi. Bunday saytlarni joylash uchun bitta server etarli bo‘lmaydi. Bunday hollarda bitta sayt bir necha serverlarga yoki bir necha kompyuterlardan iborat serverga joylanadi.
4. Sayt yaratishda uning har bir sahifasidan orqaga va bosh sahifaga qaytish imkoni ko‘zda tutilishi kerak. Bu usul foydalanuvchi uchun juda qulay bo‘lib, u sayt ichida adashib qolmaydi. Foydalanuvchi har doim bosh sahifaga qaytib, boshqa yo‘nalishda sayt bo‘ylab yura oladi.
5. Sayt ichidagi sahifalarning har biri ixtiyoriy boshqa sahifa bilan bog`lana olishi mumkin. Lekin ko‘pgina saytlar piramida, ya'ni daraxtsimon ko‘rinishdagi tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday tuzilishga ega saytlarda foydalanuvchi adashib qolmaydi, chunki bunday saytning tuzilishi foydalanuvchi uchun tushunarli va uning saytda adashib qolishi mumkin emas.
6. Veb saytlar odatda uch xil tuzilishga ega. Birinchi tur chiziqli bo‘lib, har bir sahifaga undan oldinda joylashganidan o‘tiladi. Har bir kitob varaqlari shunday tuzilishga ega.
7. Ierarxik (piramida, daraxtsimon) tuzilishga ega saytlarda kerakli malumotlarni topish yanada osonroq. Bunda umumiyroq ma'lumotlardan ancha tor ma'lumotlarga o‘tib boriladi. Kitoblarning mundarijalari shu tarzda tuzilgan. Kitob mundarijasida kerakli bobni, undan keraklipragrafni va undan kerakli sahifani topishimiz mumkin. Shunga o‘xshash, elektronika bilan savdo qiluvchi internet do‘kon veb sayti bosh sahifasida printerlarni, undan lazerli printerlarni, undan HP kompaniyasining printerlarini, undan esa HP-1200 printerini tanlashimiz mumkin.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling