Tegishli bo‘lib qoladi


Download 276.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.12.2020
Hajmi276.55 Kb.
#168704
Bog'liq
tilshunoslik


1.  Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, 

ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqea va 

hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jihatdan tilning ahamiyatini hech 

narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. «Til bilan 

tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham 

tafakkursiz bo‘lmaydi» Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishini, moddiy asos sifatida xizmat 

qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichda esa fikrlash natijasida 

tafakkur mahsuli reallashmog‘i, ya’ni fikrlash markazi bo‘lgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. 

Bunda esa tilga bo‘lgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi — u kommunikativ vazifani 

bajarishga kirishadi. Mana shu o‘rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz 

amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z 

ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni 

hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas. balki jamiyatga 

tegishli bo‘lib qoladi». 

 

2.  «Obraz» termini rus tilidan olingan bo'lib, o'zbekcha taIjimada «aks» degan ma'noni anglatadi. 



Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham «obraz» deb aytiladi. Biroq, bilasizki, so'zning 

lug'aviy ma'nosi bilan istilohiy ma'nosi farqlanadi: lug'aviy ma'no bilan istilohiy ma'no orasida 

tutash nuqtalar bo'lsa-da, mutaxassis istiloh ostida konkret ma'noni tushunmog'i lozim bo'ladi. 

Shunga ko'ra, biz «obraz» deganda adabiyot va san'atning tafakkur shakli bo'lmish badiiy obrazni 

nazarda tutamiz. Badiiy obraz murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan 

ruhiy dunyoning bir-biriga oʻ shidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy obraz tafakkuri 

vositasida subʼyek vlik bilan obʼyek vlikning , yakka holat bilan umumiylikning , ideallik bilan 

reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi. 

Badiiy asarda badiiy obraz tafakkuri  soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali 

ashyoviy asosdan (boʻyoklar, marmar, tosh va boshqalar) emas, balki belgilar  zi-mi, til, soʻz 

materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan badiiy obrazda koʻrgazmalilik 

tomoni plastik badiiy obrazga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan 

foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsia v aloqadagi 

mazmuniy koʻrinishini yaratadi. 

Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan 

yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U — amaliyotning , 

tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va 

til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. 

Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, 

muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks 

ettiradi. Mac, "odam" tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda 

qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda 

muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish 

imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi. Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi  

so‘z-mantiqiy tafakkur  mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir.  Unga 

tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir. 



 

Download 276.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling