Tegishli soha sanoatida ishlatiladigan kimyoviy moddalar Reja


Download 181.77 Kb.
bet11/13
Sana11.01.2023
Hajmi181.77 Kb.
#1089015
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tegishli soha sanoatida ishlatiladigan kimyoviy moddalar

Elektromagnit usul bilan boyitish qattiq minerallarning magnit maydoniga nisbatan munosabatga asoslangan. Maydalangan ruda magnit maydoni hosil qilingan separator orqali o`tkazilib, ikkiga ajratiladi, ya`ni magnitga tortiladigan metallarga va magnitga tortilmaydigan metallmaslarga. Elektromagnit separatorning sxemasi 2-rasmda ko`rsatilgan. Bu separatorda magnit maydoni elektr toki yordamida hosil qilinadi. Elektromagnit usuli, asosan, metallurgiya sanoatida rudalarni boyitishda keng qo`llaniladi.
Termik boyitish turli xil birikmalarning suyuqlanish darajasidagi farqiga asoslangan bo`lib, foydali birikmalarni bekorchi jinslardan ajratishda qo`llaniladi. Masalan, oltingugurt, ohaktosh va gips aralashmasidan iborat mineral termik pechlar orqali o`tkazilganda oltingugurt oson suyuqlanadigan ajralib oqib chiqadi.
Kimyoviy boyitish usuli xom ashyo tarkibidagi birikmalarning kimyoviy reagentlar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo`lgan kimyoviy birikmani turli yo`llar (cho`ktirish, bug`latish, suyuqltirish, eritish va h.k.) bilan ajratib olishdan iborat. Masalan, mis kolchedani (CuFeS2) ni mexanik yo`l bilan CuS va FeS ga ajratib bo`lmaydi, chunki CuFeS2 kimyoviy birikmadir. Bularni ajratishda yagona yo`l kimyoviy yo`ldir, ya`ni mis kolchedan kuydirilib qaytarilsa, FeO bilan CuS2 ajraladi. Bu aralashma qum ishtirokida suyuqlantirilganda FeO FeSiO2 ga aylanib, shlak holida qoladi, CuS2 esa suyuqlanib oqib chiqadi. Demak,
FeSiO5 shlak
CuFeS2O2FeO+Cu2SiSeO2
Cu2S – suyuqlik
Fizik-kimyoviy (flotatsion) usul mineral tarkibidagi birikmalarning bir xil suyuqlikdan yoki erituvchida ho`llanilishi va eruvchanlik darajasi turlicha bo`lishiga asoslangan. Tabiiy minerallar ho`llanilishiga ko`ra, suvda yaxshi ho`llanadigan (gidrofil) va suvda yomon ho`llanadigan (gidrofob) turlarga bo`linadi.
Suv maydalangan mineral tushirilganda ho`llanadigan birikmalar suv ostiga tushadi, ho`llanmaydiganlari esa suv yuziga chiqadi. Bu usul sanoatda keng qo`llanilib, flotatsion boyitish boyitish deb yuritiladi.
Tarkibida mis, oltin, kumush, platina bo`lgan minerallar sulfat kislota yoki ammiak bilan yuvilsa, mis yoki boshqa metallar eritmaga o`tadi. Har qanday boyitish jarayoni natijasida xom ashyo konsentratsiyasining ortishi bilan bir qatorda undan chiqarib tashlanayotgan birikmalar boshqa sanoat tarmog`i uchun qimmatli mahsulot bo`lishi mumkin ekanligiga doimo katta e`tibor berish kerak.

Download 181.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling