Техник конструкциялаш ва моделлаш


Download 1.43 Mb.
bet47/104
Sana21.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1683532
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Bog'liq
Texnik ijodkorlik

Dizaynning yangi turlari
Bularni ikki guruhga ajratish mumkin.
Sfera dizayni: Ekodizayn, ergodizayn (bu turning bosh maqsadi ergonomik talabalarga javob berish), Futurodizayn (kelajak loyihalari ustida ishlash – qaysiki bugungi kunda uni qo‘llashni iloji yo‘q), Amaliy dizayn, Ekspozitsiya dizayni (ko‘rgazmalar); injenerlik dizayni (turli texnik qurilmalar, masalan ko‘priklar)
2) Ishning natijasiga mo‘ljallangan dizayn: art dizayn (san’at obyektlari bilan bog‘lik ayrim dizayn obyektlari. Masalan amaliy san’at bilan omo‘xtalashgan monumental uslubdagi bajariladigan ishlar. Shtrixli, kompyuter dizayni va eng zamonaviy Web dizayni)
* 1- obyem – Hajmiy narsalar ko‘zda tutiladi
Dizayn kompozitsiyasi
Dizayn kompozitsiyasiga asosiy talablari quyidagicha: Kompanovka talablaridan kelib chiqqan holda qismlarini o‘zaro muvofiqlashgan va bog‘langan holda joylashuvi: Texnika g‘oyasiga va uning bajaradigan vazifasiga mosligi, xaridorning emotsional–hissiy istaklari-talablariga javob beradigan, badiiy obrazli ko‘rinishga ega bo‘lgan dizayn mahsuloti: kompozitsion vositalardan ustakorlik bilan foydalanilgan. Kompleksli yechim birligiga va tartibga erishilganlik kabilar.
Dizaynning turlari ko‘p bulganligi sababli badiiy obrazli yechimiga qo‘yiladigan talablar ham keng mikyosda bo‘ladi: Masalan yagona buyum, jihoz kompozitsiyasi yechimi yoki butun interyerning barcha qismlarini o‘zaro uyg‘unlashtirilgan yechimi. Bularning har ikkalasining kompozitsion yechimlari o‘z vazifalariga ko‘ra yuo‘ori sifat darajasi talabini qo‘yadi.
Garmoniya tushunchasi va uning mohiyati
Garmoniya (uyg‘unlik) yunon tilidan olingan bo‘lib, betartiblikka qarama-qarshi bo‘lgan hamohanglik, mutanosiblikni anglatadi. Garmoniya yuksaklik va go‘zallik kabi estetik kriteriyalarga hamda yuqori darajada tartibga keltirilgan degan tushunchalarga javob beradi. Kompozitsiyada garmoniya uning formaviy tuzilishini xarakterlaydi.
Kompozitsiyada formaviylik tushunchasining mohiyati
Kompozitsiyada forma mazmun bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ba’zan uning real obyektdan olingan ayrim formalari «formal» (yoki abstrakt) tarzda kiritilishi mumkin. Bu kompozitsiya mazmunidan chetlashgan bo‘lsada buning «formallik» da uning g‘oyasi va badiiy obrazlilik jihatdan ifodaliligi undagi elementlari mohiyati va strukturaviy tashkillashganligi bilan xarakterlanadi.
Tasviriy san’atda va arxitekturada kompozitsiya asosan uch ko‘rinishli bo‘ladi: frontal, obyomli, obyomli-fazoviy.
Frontal kompozitsiya – bu elementlarning ikki taraflama-vertikal va gorizontal joylashuvi bilan xarakterli bo‘lib kupincha yassi kompozitsiya va relyeflarga taalluqlidir. (Arxitekturada qurilmaning faqat oldi ya’ni, frontal qismiga aytiladi).
Obyomli kompozitsiya – Elementlarni yuqoriga, yon tomonlarga va uzunasiga bo‘lgan koordinatlar bo‘yicha joylashganligi bilan belgilanadi. (Arxitekturada dizayn va haykaltaroshlikda yakka bo‘lgan obyomli elementlarni ko‘rsatish mumkin). Obyomli fazoviy kompozitsiya bu – fazoda ma’lum intervalda joylashgan bir necha elementli kompozitsiyalardan tashkil topgan obyomli predmetlar guruhiga aytiladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling