Техник конструкциялаш ва моделлаш
Texnik yechimni ishlab chiqish bosqichlari
Download 1.59 Mb.
|
Oquv uslubiy majmua Texnik ijodkorlikdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - shakl. Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo‘limlaridan foydalanish Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- 5. Mavzu: Kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patent axboroti. Reja ( 2 soat)
1 - shakl. Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo‘limlaridan foydalanish Mavzuni mustahkamlash uchun savollar Kashfiyot tushunchasining huquqiy va ommalashgan ma’nolarini tavsiflab bering. Geografiya, arxeologik, poleontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish nima sababdan ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi? Javobingizni asoslang. «Kashfiyotning ishonchliligi» qanday qilib aniqlanadi ? Ixtiro tushunchasini ta’riflab bering. Uning kashfiyotlar bilan dialektik aloqasi nimalarda ifodalanadi ? Ratsionalizatorlik takliflarini rasmiylashtirish tartibi. Patent fondlari qanday vazifalarni bajaradi ? Adabiyotlar: «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari» to‘g‘risidagi qonun. O‘zbekiston ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining Respublika Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. №2 T., 1994. 4-28 b. Pravila sostavleniya podachi zayavok na izobreteniy i polezno‘ye modeli. T., 1993. 56 b. № 5. Mavzu: Kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patent axboroti. Reja ( 2 soat) 1.Kashfiyot tushunchasi. Kashfiyot turlari. 2.Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari. 3.Ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy - texnik va patent axboroti Tayanch iboralar: ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy – texnik, patent axboroti, kashfiyot tushanchasi, kashfiyot qilish xuquqi, meyoriy sifatlar Kashfiyot Moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi. Kashfiyotning ishonchliligi Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki xodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim. Kashfiyot uchun a’rizaning tarkibi Kashfiyot uchun tuziladigan a’riza qo‘yidagi xujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: Kashfiyot uchun diplom berilishini so‘rab yozilgan a’riza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tavsiloti, kashfiyot ustivorligini va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materillar. Ixtiro-xalq xo‘jaligi, ijtimoiy ma’daniy qurilish yoki mudofa soxasida masalani ijobiy samara beradigan qilib yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish. Ixtirochilik xuquqi-kashfiyotlar bilan,ixtirolar va ratsionaliztorliku takliflari qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi meyorlar majmui. Patent xujjatlari-bu shunday xujjatlar yig‘indisi bo‘lib, unda ilmiy-texnik tajribalar va loyixa konstruktorlik ishlanmalrining mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining xuquqini ximoya qiluvchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling