Техник конструкциялаш ва моделлаш
Texnik loyihalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar
Download 1.59 Mb.
|
Oquv uslubiy majmua Texnik ijodkorlikdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari.
Texnik loyihalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar. Ish o‘rni, deganda ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirilgan qismi tushuniladi. Ishlash vaqtida o‘quvchining gavdasi eng qulay joylashsa va ortiqcha harakatlanmasa, bunday ish o‘rni ratsional tashkil qilingan hisoblanadi. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish uchun tegishli materiallar detallarning hamda yig‘ish birliklariga ta’sir etadigan kuchlarning xarakterini nazarda tutgan holda tanlanadi. Bunda materiallarning tegishli lug‘atlardan topish mumkin bo‘lgan xossalarini ham albatta hisobga olish kerak. Texnik loyihalash va modellashtirishda metallardan tashqari metalmas materiallar ishlatiladi. Modellar va texnik qurilmalarni yasashda ana shunday materiallardan yog‘och, qog‘oz, plastmassalar keng qo‘llaniladi. Modellarning tozaligini, zanglash, chirishiga chidamliligini oshirish, tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun ularga diqqat bilan ishlov beriladi. Bunda loklar, bo‘yoqlar va boshqa materiallar bilan pardozlash keng tus olgan; chunki bular metall va yog‘och yuzalaridan yoriqlarni, chuqurchalarni yaxshi berkitib, ularni chiroyli, rangdor va yaltiroq qiladi.
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari – uning tashkiliy shakllari. Oliy maktabda konstruksiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun ta’limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, deganda o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham jamoa, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini faol, ongli va mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutildi. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi obyektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal shaklidan foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan shug‘ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o‘xshash mehnat usullarini ko‘rsatish va xokazolarni ancha kamaytiradi. Talabalar bajarayotgan konstruktorlik-texnologik ishlar o‘zining murakkabligi va sermehnatligi bilan jamoa bo‘lib ishlashni taqozo qilsa ham, bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo‘lsa, mashg‘ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydalaniladi. Ko‘pincha bunday hollarda murakkabroq bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi. Tayyorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra har xil bo‘lsa, texnik modellashtirish konstruksiyalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda ko‘pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruksiyalar bo‘yicha yangi mavzu materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko‘ra maktab o‘quv ustaxonalaridagi texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlarning xarakteriga, pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling