Техник конструкциялаш ва моделлаш


O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish


Download 1.59 Mb.
bet61/104
Sana13.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1090604
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Texnik ijodkorlikdan

O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish. O‘quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni har xil formalarda tashkil qilishning asosiy vazifasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishni, shaxsiy qiziqishlarini, moyilligi va imkoniyatlarini to‘liq ishga solishdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi umumiy o‘rta maktablarida fanlardan olgan bilimlarini texnik masalalarni yechishga to‘liq safarbar etishdir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish ta’lim va tarbiyaning umumiy prinsiplari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta guruhga birlashtirish mumkin:

  1. O‘quvchilarning individual ishlari.

  2. O‘quvchilarning qiziqishiga qarab to‘garaklar, klublar, ijodiy birlashmalariga gruppaviy mashg‘ulotlar.

  3. Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar

O‘quvchilarning individual ishlar bilan shug‘ullanishi bu ijodiy jamoada ishlashiga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar, o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanishida texnikaning biror turiga qiziqadigan o‘quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil qiladi, natijada texnik to‘garaklar paydo bo‘ladi. To‘garaklardan yetishib chiqqan o‘quvchilarni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur shug‘ullanishga rahbarlik qilish ham individual ish turiga kiradi.
2.O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi. Guruh shaklida texnik yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan uyushtiriladigan baxslar quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:

  1. Bahs qatnashchilari muammoning haqiqiy holatini to‘g‘ri baholash, muhim holatlarni ikkinchi darajali masalalardan ajratish hamda muammoni hal etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilab oladilar.

  2. Guruh a’zosi bo‘lgan boshqa o‘quvchilar fikrini eshitish, o‘z fikr-mulohazalarini ular bilan umumlashtirish va uyg‘unlashtirish.

  3. Hech bir sohadagi alohida mutaxassis qaralayotgan muammoni atroflicha qamrab ololmasligi va aynan muammolarni hal qilishning jamoa shakli samaradorligining amaliy tasdig‘ini topishi.

  4. Ko‘plab muammolarning yechimlari bir nechta yo‘nalishda hal etilishi mumkin bo‘lgan yechimlarga ega ekanligini aniqlash.

O‘quvchilarning darsdan bo‘sh paytlarida texnikaning birorta yo‘nalishi bo‘yicha texnik ijodkorligi bilan shug‘ullanishning asosiy formalaridan biri texnik to‘garaklar hisobalanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlariga qarab ixtiyoriy ravishda amaliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bunday birlashmalarda o‘quvchilar texnikani o‘rganishi, texnik obyektlarni va texnologiyani takomillashtirish, modellashtirish loyihalashtirish ratsionalizatorlik faoliyati, tajriba o‘tkazish ilmiy-texnik qidiruvlar olib boradilar. Texnik to‘garaklar-bu o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish yoki birorta faoliyatda faqat o‘zini sinab ko‘rish bilan chegaralanmay balki, jamoada ishlashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorlanadi. Har bir texnik to‘garaklarning muddati va vaqt ko‘rsatilishi zarur. To‘garaklar quyidagicha tiplarga ajraladi:
- tayyorlov texnik to‘garagi;
- fan (ilmiy-texnik) to‘garagi;
- sport-texnik to‘garagi;
- ishlab-chiqarish texnik to‘garagi;
- badiiy-amaliy to‘garaklar.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling