Tехnologiya bu sun`iy ob`yеktlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Aхborot tехnologiyasi


GAT texnologiyalari – bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir


Download 0.77 Mb.
bet13/28
Sana19.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1621952
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
TAQDIMOT QO\'LLANMA

GAT texnologiyalari – bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir.
Geoaxborot tahlili – geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro bogʻliqligini tahlil qiluvchi boʻlim.
Geoinformatsion kartografiyalash – bu geoinformatika va kartografiyaning uzviy bogʻliqligi natijasidir. Geoinformatsion kartografiyalash avtomatlashgan kartografiya, masofadan zondlashni oʻz ichiga olgan aerokosmik usullar, deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bogʻliqligida shakllanadi.
Geomatika – bu informatsion texnologiyalar, multimedia va telekommunikatsiya vositalarini ma’lumotlar qayta ishlovida, geotizim tahlilida, avtomatlashgan kartografiyada qoʻllanilishining yigʻindisi hisoblanadi va mazkur atama geoinformatika yoki geoinformatsion kartografiyalash sifatida ham qoʻllaniladi.
Raqamli yuza (qatlam, mavzu) deb ma’lum bir hudud chegarasidagi va koordinata sistemasidagi qatlamlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan bir sinfdagi obyektlarga tegishli bir turdagi fazoviy obyektlar oilasiga aytiladi.
Aerofototasvir (aerial photograph, aerial photo) – uchish apparatlari yordamida koʻrinadigan va yashirin obyektlar, hodisalar, jarayonlarni deshifrlash va oʻlchash orqali olingan yer yuzasining ikki oʻlchamli fototasviridir. Rasmga tushirish balandligiga qarab yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va kichik masshtabli tasvirlar olinadi.
Ma’lumotlar bazasi – MB (database) – bu aniq qoidalar asosida tashkil etilgan hamda tasvirlash, saqlash va boshqarishning umumiy tamoyillariga amal qiladigan ma’lumotlar jamlanmasidir.
Vektorlashtiruvchi (vectorizer) – fazoviy ma’lumotlarni rastr formatdan vektor formatga oʻtkazuvchi dasturiy vositadir.
Kartometriya (cartometry) – karta boʻyicha oʻlchash. Kartometrik koʻrsatkichlar bir necha xil boʻlishi mumkin, jumladan: uzunlik va masofa boʻyicha, maydon boʻyicha, hajm boʻyicha, burchak va burchak kattaliklari boʻyicha. Mavzuli kartalar boʻyicha oʻlchash va hisoblash ishlari maxsus boʻlimlar – mavzuli kartometriya va morfometriyada olib boriladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling