Tejamkor biznes


Download 39 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi39 Kb.
#1769486
Bog'liq
Tejamkor biznes


Tejamkor biznes
Botqoqlashuvning oldini olib, yerdan zax va sho’rni bug’latib turadigan, bizga 16 asrdan buyon asqotib kelayotgan bir noyob daraxt bor. Uni ota-bobolarimiz tut, mahkam tut, mehr bilan tut deyishgan. Bu daraxt mehrga, e’zozga loyiq. Tut daraxti pastak bo’lib soya-salqinda ham o’saveradi. Meva beradi, barg beradi, yo’och hom-ashyosi beradi. Bargidan Yevropa choy tayyorlab foydalanadi. Pillasining har bir 3 kilosi, 1 kg toza, quruq ipak beradi. Ipagidan gilam, baxmal, parashyut, jarrohlik ipi kabi qimmatbaho tovarlar tayyorlanadi. Ular serharidor. Raqobatchilari ham. Narxi qimmat. Uzoq saqlanib, tez aynib qolmaydi. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsiz, zararsiz. Ko’p ish joylari, katta daromad beradi. Ipakdan hunarmandchilikda ham keng foydalaniladi.
Yaqindan buyon tutlarning yana bir muhim xususiyatini gapiradigan bo’ldik. Tutlar 80 ming gektar ekin yerlarini tejab qoladi. Qanday? 1 gektar tut plantatsiyasida (4m.x2m.) 1250 tup tutlar o’sib turadi. 1250 ga. X 1250 tup. Bu 100 million tup degani. 100 million tup tutni havga ekib foydalaniladimi? Yerga ekiladi. Faqat ekin yeriga emas, manzarali daraxtlar orasidagi bo’sh yerlarga ekiladi. Tutlar soya-salqinda ham o’sib 10 xildan ortiq sanoat hom-ashyolarini beraveradi. Har yil beradi. 75-80 yilgacha beharajat, bepul, tekin beradi.
Manzarali va mevali daraxtlar asosan istirohat (репреачия) hududlarida o’sib turishadi. Ya’ni, yo’l, ariqlar bo’ylarida, bog’-hiyobonlar, ko’p qavatli uylar, tashkilot va muassasalarning hovlilarida o’sib turishipti. Kasalxona, mahalla markazi, bog’cha, maktab, hokimiyatlar atrofida ko’pchilikni band qilib turgan maydonchalarni nafli foydalanish, byudjet mablag’ini tejash bilan bir vaqtda daraxtlar uchun ma’sul bo’lib turgan kishilarni daromadlarini ham ko’tarish mumkin.
Bo’sh joylarga tutlar ekib parvarishlanadi. Turlarga, odamlarnin g uylariga yaqin joylarga plastik materiallardan, ichida ko’p qavatli so’kchaklar bor qurtxonalar o’rnatib, ijaraga beriladi. Ipak qurti xonadonlarda boqilmaydi. Qurtxnona bo’shagach ulardan ishxona-sexlar sifatida foydalaniladi. Pillaning bir qismi hunarmandchilik usulida chuqur qayta ishlanadi. Xonadonlarda gilam, atlas-adras to’qiladi.
Tut novdasidan DVP, DSP kabi qurilish va mebelsozlik xom-ashyolari ishlab chiqariladi. Pilla mavsumidan keyin tut burglar 2-3 marta terib olib, choy tayyorlovchilarga eksport qilinadi. Mevadan sharbat ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.
Respublikadagi istiroxat hududlarida 100 million tupdan ko’proq tutlar o’stirib foydalanish mumkin. 100 million tup tut 30 ming tonna pilla, 5 million kuba metr yog’och va boshqa xom-ashyolar beradi. Mahallada 5-10 ming tup, tuman va shaharlarda 1 million tupgacha, viloyatlarda 10 million tupgacha, Respublika bo’yicha kamida 100 million tup tut o’stirish mumkin.
30 ming tonna pilla 10 ming tonna ipak yoki 50 milliard dollardan ortiq daromad beradi. So’mga alantirilsa 5 ni orqasiga 15 ta nol qo’yish kerak bo’ladi. Bu yalpi ichki mahsulotimizning umumiy summasidan ham 7,5 barovar ko’p summani tashkil etadi. Kamida 2,5-3 million kishini band etadi. Mayli jarrohlik ipini ozroq ishlab chiqaraylik. Lekin, ipak, yog’och, meva kerak.
Biz yerda sochilib yotgan tut mevasidan 15-20 dona tut urug’ini ajratib olib, daraxtlar orasidagi bo’sh joylarga tashlab, tuproqqa aralashtirib qo’yaylik. 2-3 yilda hamma yoq tut daraxti bo’lib ketadi. Va albatta tadbirkorlar buni sezishadi. Uni milliy boylik ekanligini tan olishadi. Mamalakatga katta daromad keltirishadi.
Mebelsozlik, ipak qog’oz, tabiiy bo’yoq, ipakchilik, parashyut, jarrohlik ipi ishlab chiqarish ko’payib, dunyo xalqlariga kerakli mahsulotlar yetkazib berilib, ularning ehtiyojlari qondiriladi.
Mahalla hududida 5 ming tup tut o’sib tursa: (5000x800 litr) 4000 litr zax va sho’rni bug’latib turadi. 25 quti ipak qurti boqib, (25x60 kg) 1500 kg pilla yetishtirish mumkin. 250-300 kuba metr yog’och hom-ashyosi olish mumkin. Eksport uchun (5000x3x2) 30 tonna tut bargi to’plash mumkin. Mahallada hamma ishli bo’ladi. Kasanachilik mehnati keng tus oladi.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling