Tekisliklarning o`zaro vaziyatlari


Proeksiyalarni qayta tuzish usullari


Download 67.64 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi67.64 Kb.
#1832911
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shomuradov Bahrom kurs ishi

Proeksiyalarni qayta tuzish usullari


Proeksiya tekisliklariga nisbatan umumiy vaziyatda joylashgan geometrik shakllarning haqiqiy o‘lchamlarini aniqlashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Buning uchun proeksiyalarni qayta tuzish usullarnini qo‘llab geometrik shakllarni xususiy vaziyatga keltiradi.
Bunday usullar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Proeksiya tekisliklarini almashtirish usuli,

  2. Aylantirish usuli,

  3. Tekis parallel harakat usuli

  4. Qo‘shimcha proeksiyalash usuli

Proeksiya tekisliklarini almashtirish usulida geometrik shakl proeksiya tekisliklariga nisbatan o‘z vaziyatini o‘zgartirmaydi. Lekin geometrik shaklga nisbatan xususiy vaziyatni ishg‘ol etadigan qilib P1 yoki P2 tekisliklarni P4 yoki P5 yangi sistemadagi tekislik bilan almashtiriladi.
Aylantirish usulida geometrik shakl proeksiya tekisliklariga nisbatan P1 yoki P2 tekislikka perpendikulyar o‘q atrofida aylantiriladi, natijada proeksiya tekisliklar qo‘zg‘almas bo‘lib geometrik shakl proeksiya tekisliklaridan biriga nisbatan xususiy vaziyatni ishg‘ol etadi.
Qo‘shimcha proeksiyalash usulida geometrik shaklni proeksiya tekisliklaridan (P1 yoki P2) birga markaziy, yoxud parallel proeksiyalash yo‘li bilan umumiy vaziyatdan xususiy vaziyatga o‘tishda proeksiyalash yo‘nalishi qiyshiq burchakli proeksiyalash metodiga asoslanadi. Mazkur usulda to‘g‘ri chiziq nuqtaga tekislik to‘g‘ri chiziqqa, piramida yoki prizma siniq chiziqqa, konus va sirtlar egri chiziq bo‘yicha proeksiyalanadi.
Proeksiya tekisliklarini almashtirish usuli
Proeksiya tekisliklarini almashtirish usulida eski proeksiya tekisliklaridan yangi sistemadagi proeksiya tekisliklariga o‘tish uchun, avval bir tekislik keyin ikkinchi tekislik almashtirish kerak. Buning uchun, masalan: frontal proeksiyalar P2 tekislikni P1 tekislikka perpendikulyar P4 tekislik bilan yoki gorizontal proeksiyalar P1 tekislikni tekislikka perpendikulyar bo‘lgan P4 tekislik bilan almashtiriladi. Masalaning murakkabligiga qarab, proeksiya tekisliklarini almashtirish mumkin.
47-shaklda P2/P tekisliklar sistemasida A nuqta o‘zining proeksiyalari bilan belgilangan. Proeksiya tekisliklaridan birini, masalan P2 tekislikni frontal proeksiyalar P4 tekisligi bilan almashtirib, shu tekislikda nuqtaning yangi frontal proeksiyasini yasaymiz. P1 gorizontal proeksiyalar tekisligi A nuqtani yangi va eski  koordinata sistemasi uchun umumiydir va u o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Demak, u nuqtaning yangi frontal proeksiyasidan yangi proeksiyalar X14 o‘qigacha bo‘lgan masofa, zsha nuqtaning eski frontal proeksiyasidan eski proeksiyalar X12 o‘qigacha bo‘lgan masofaga teng, ya’ni A4A14=A2A12. A1 nuqtadan yangi X14 o‘qigacha bo‘lgan masofani ixtiyoriy bo‘lishi va P4 tekislikni A nuqtaning istalgan tomonidan olinishi mumkin. A nuqtaning (istalgan tomonidan) epyurini yasash uchun, P4 tekislikni X14 o‘qi atrofida aylantirib P1 tekislikka jipslashtiriladi, natijada A nuqtaning gorizontal A1 proeksiyasi va yangi frontal A4 proeksiyasi X14 o‘qqa perpendikulyar bir to‘g‘ri chiziqda yotadi.

47-shakl
Xuddi shunga o‘xshash, gorizontal proeksiyalar tekisligi P1 ni P2 tekislikka perpendikulyar qilib P4 tekislik bilan almashtiriladi. Bu safar V nuqtadan ikki tekislik sistemasiga umumiy bo‘lgan P2 tekislikkacha bo‘lgan masofa u koordinataning miqdori o‘zgarmasdir (48-shakl).
Shuning uchun V nuqtaning yangi gorizontal proeksiyasi V4 dan yangi proeksiyalar o‘qi X24 gacha bo‘lgan masofa, shu nuqtaning eski gorizontal V1 proeksiyasidan eski o‘qigacha bo‘lgan masofa teng ya’ni V4V24=V1V12.
48-shaklda V nuqtaning P2/P1 sistemadagi proeksiyalaridan foydalanib yangi P5/P4 sistemada proeksiyalarini yasaymiz. Buning uchun X45 o‘qi chiziladi va V4 orqali unga perpendikulyar o‘tkazilib, undan V2V24=V45V5=L3 masofa qo‘yiladi, keyin V5 topiladi.

48-shakl. 49-shakl



Download 67.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling