Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet24/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Bobur shaxsi tasviri. ,,Boburnoma” muallifning o’ziga xos tarjimayi holi, aqlini tanigandan boshlab umrining oxirigacha kechgan hayoti solnomasidir. Muhimi, asarda eng og’ir damlarda ham o’zining tanti, jo’mard, mehribon insoniy fazilatlarini saqlab qola olgan muallif timsoli turadi. Bobur vataniga muhabbatini hayotining so’ngigacha asraydi. 1528- yili Bobur Andijonga. Xo’jakalonga yozadi: ,,Bizni ehtimomimiz ul sorilar bormoqqa behad va beg’oyatdir. Hinduston ishlari ham bir nav’ somon topib keladi... Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay... Bu fursatta bir qovun keltirib erdilar, kesib yegach, g’arib ta’sir qildi, tamom yig’lab yedim”.
Bobur asarida ota va o’g’il, shoh va shahzoda munosabatlariga ham befarq
qaramagan. Taxtni egallash uchun UIug’bekday donishmand otani qatl qildirgan Abdullatifni qattiq qoralaydi. Boburning o’zi esa farzandlariga ham mehribonlik va ham talabchanlikning ajoyib namunalarini ko’rsatadi. Chunonchi, 1528- yili Humoyun o’g’il ko’rganida, Bobur farzandini tabrildaydi Murabbiy va ustoz sifatida unga otalik nasihatlarini beradi. Humoyunga xatlaridagi imlo xatolaridan tortib, yurish-turishigacha yo’1 ko’rsatib, mehribonlik qiladi: ,,...xatlaringda yolg’uzluq, yolg’uzluqim debsen, podshohliqta aybdur... Podshohliq bila yolg’uzluq rost kelmas... Xatingni xud tashvish bila o’qisa bo’ladur vale asru mug’laqtur ... Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas. Iltifotni ,,to” bilan bitibsen, Qulunini ,,yo” bilan bitibsen.
Xatingni xud har tavr qilib o’qisa bo’ladur, vale bu mug’laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur... Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Bundin nan betakalluf va ravsban va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo’Iur, ham o’qug’uchig’a”.

Savol va topshiriqlar

  • Boburning ota-bobolari, oilasi, o’sib ulg’aygan muhiti haqida ma’lumot bering.

  • Boburning Samarqand, Andijon, Kobulga qilgan yurushlari sabablarini aniqlang. Uning shaxsiyati haqida o’ylab ko’ring.

  • Boburning Samarqandga yurushlarini o’zaro qiyoslang. Samarqandni qo’lda tutib tura olmaganligi sababini tushuntiring.

  • Boburning Navoiy bilan yozishmasi haqida so’zlab bering.

  • Boburning Hindistonga ishtiyoqi sabablari, yurishlari tarixi va hal qiluvchi jangning tavsilotlarini aytib bering.

  • Bobur shaxsi haqida nimalar deya olasiz? Uning mard va dovyurakligini, tadbirkorligini ko’rsatuvchi qaysi voqealarni eslaysiz?

  • Uning ilmiy-badiiy merosi haqida to’xtaling.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling