Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet25/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Uyga vazifa: Boburning ilmiy-badiiy merosi haqida o’z fikringizni yozing
Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan
DARS REJASI №

Guruhlar
















Sana














Dars mavzusi: Turdi Farog’iy lirikasi



Vaqt 80 daqiqa

Talabalar soni __ nafar

Darsning shakli va turi

nazariy (nazariy, kombinatsiyalashgan) -o’quvchilarning nazariy bilimlarini shakllantirish.

Dars rejasi

Turdi Farog’iy lirikasi

Darsning maqsadi:Mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:
-mavzuga oid mavjud ma’lumotlarni tushuntiradi;
-mavzuning asosini,sodda va tushunarli
mohiyatini ochibberadi;
-mavzuni misol,test va boshqa vositalar yordamida to’la yoritib beradi;
-mavzuga oid o’quv topshiriqlar beradi.

O’quv faoliyatining natijalari:
- Mavzu haqida yetarli ma'lumotga ega bo’ladi;
-mavzuning asosiy mohiyatini to’la tushunib yetadi;
-mavzuni tushunganlari asosida mustaqil yoritib beradi;
-berilgan test va o’quv topshiriqlarni baajaradi.

O’qitish metodlari

Tushuntirish, ko’rsatish, mashq, aqliy hujum, bahs-munozara,ma'ruza va boshqalar.

O’qitish vositalari

Texnik vositalar, grafik organayzerlar, jadvallar va tarqatma materiallar.

O’qitish shakllari

Individual, jamoaviy, guruhli, kichik guruhli.

Qayta aloqaga chiqish usul va vositaiari

Og’zaki nazorat, mashq, tezkor so’rov

Fan o’qituvchisi: A.Sayidmurodov
Turdi Farog’iy lirikasi
Texnologik xarita

Bosqichlar, vaqt

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich.


Kirish
(10 daqiqa)



Tashkiliy boshlanishi:o’quvchilar davomati va ularning darsga tayyorgarligini tekshiradi . Ma’naviyat daqiqasi tashkil etadi.


Dars maqsad va vazifasining belgilanishi
1.1.darsning mavzusi, maqsadi va rejalashtirilgan o’quv natijalari hamda uni tashkil etish rejasi bilan tanishtiradi.
1.2.Dars bilimlarni mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni shakillantirish shaklida o’tkazilishini va baholash mezonini ma’lum qiladi.(1-ilova)

Darsga tayyorlanadilar,
diqqatni jamlaydilar.
Dars maqsadini tushinib
oladilar.

2-bosqich.


Asosiy
(60 daqiqa)



O’tilgan mavzuni takrorlash:
2.1. O’quvchilarning bilimini faollashtirish maqsadida tezkor savol -javob o’tkaziladi (1-ilova)
2.2.Berilgan javobalar qabul qilinadi.Javoblarni tahlil qilib boriladi.
Yangi mavzuning bayoni:
2.3.Nazariy darsning rejasi va tuzilishiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon qiladi.
2.4.Reja bo’yicha mavzular tushuntiriladi. (2-ilova)
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
2.5. Mavzu bo’yicha o’quv topshirig’i beradi. (3-ilova)
2.6.Topshiriqni bajarish bo’yicha o’quvchilarga yordam beradi.
2.7.Topshiriqning ba’zi bir jihatlarini misollar yordamida tushuntirib beradi.
2.8. Berilgan topshiriqlarning o’quvchilar tomonidan qay darajada bajarilganligini nazorat qilish
2.9.Eng yaxshi ishlarni namuna qilib ko’rsatadi.

Savollarga javob beradilar.


Javoblarni tahlil qiladilar.


Reja bo’yicha mavzuni
tushunib oladilar.
Mavzu bo’yicha berilgan
topshiriqlarni bajaradilar.



3-bosqich.

Yakuniy
(10 daqiqa)



3.1.Mavzuga xulosa yasaydi. O’quv jarayonini umumlashtiradi. O’quvchilarni baholash mezonlari orqali baholaydi. Uyga vazifa va topshiriqlar beradi.
3.2.Uygavazifa, bilimlarni mustahkamlash uchun mustaqil ish topshiriqlarini beradi.(4-ilova)

Uyga vazifa va mustaqil ish
topshirig’ini tushunib
oladilar.




Fan o’qituvchisi: A.Sayidmurodov

Turdi Farog’iy lirikasi


Turdi Farogʻiyning hayoti va ijodi haqida tarixiy manbalarda aniq maʼlumotlar saqlanib qolmagan. Bu toʻgʻrida asosan uning bizgacha yetib kelgan sanoqli sheʼrlari boʻyicha fikr yuritish imkonimiz bor, xolos. Turdi ijodini oʻrganishga A. Fitrat, O. Shara-fuddinov, H. Yoqubov kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. Shoirning A. Majidiy tomonidan topilgan va 1924–25 yillarda nashr etilgan sheʼrlar qoʻlyozmasi 30-yillardagi qatagʻonda yoʻqolib ketgan boʻlib, uni qaytadan topish va ilmiy muomalaga kiritish 1959-yili ushbu satrlar egasiga nasib etdi. Shoir asarlari qoʻlyozmasining kayta topilishi uning asarlari matnlarini toʻgʻri oʻqish va qayta nashr etishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu qoʻlyozma hozir Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida – 1407 raqam bilan saqlanmoqda.Turdi taxminan XVII asrning 40-yillarida tugʻilib, Buxorodagi Ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad va uning oʻgʻillari – Abdulazizxon hamda Subhonqulixonlar davrida faoliyat koʻrsatgan. U bir sheʼrida oʻz oʻgmishini eslab:
Ahli davlatlar bilan yoru harif, hamdush edim,
Hoyu huyi bazmlarda shahd noʻshonoʻsh edim,
Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarxush edim…
deb yozishidan anglanildiki, u odsin oʻtgan bir zamonlarda amaldorlar safida qaynoq va suronli hayot kechirgan, yuz urugʻining koʻzga koʻringan siyosiy arboblaridan boʻlgan. Shu bilan birga u oʻzi ham shu urugʻga mansub boʻlgani ehtimoddan uzoq emas.
Turdi oʻzbek va fors tillarini yaxshi bilardi. U qarigan chogʻlarida yozgan “Dar mazammati sipohigari” degan sheʼrida oʻzining asosiy kasb-kori sipohiylik (“harbiylik”) boʻlganini, shu kasbi bilan uzoq yillar davomida nimalarnidir tamaʼ qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxir-oqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus-nadomat bilan maʼlum qiladi.Lekin harbiylik bilan bir qatorda Turdi oʻz zamonasining eng oʻqimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega bir kishi boʻlib yetishgan edi. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa oʻz atrofida yuz berayotgan voqea va hodisalarga faol aralashishni taqozo etgan. Aftidan u oddiy askar emas, balki qoʻshin boshliqlaridan biri, baʼzan biron siyosiy guruhning rahbari boʻlgan yoki biron shunday guruhga yon bosgan.
XVII asr Buxoro siyosiy hayotidagi eng muhim voqea Ashtarxoniylardan Nodir Muhammadning taxtga chiqishi, oradan koʻp oʻtmayoʻgʻli Abdulazizxon hukmdorlikni undan tortib olishi, bu ahvol bilan kelisha olmagan kichik oʻgʻli – Subhonqulixonning esa akasiga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib borishi va nihoyat 1680 yilda oʻz maqsadiga erishuvi boʻlgan edi. Subhonqulixon davlat tepasiga kelgach, raqibiAbdulazizxonni Madina shahriga ketishga majbur etish bilan birga Turdi kabi unga yaqin turgan kishilarni ham quvgʻin ostiga oladi.

Tekshirdi”


Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan
DARS REJASI №

Guruhlar
















Sana














Dars mavzusi:Mumtoz janrlar haqida umumiy ma’lumot. Musammat va uning turlari.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling