Tekshirdi: Sultonov s reja: Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazni tashkil etish asoslari
Download 1.05 Mb.
|
Mehnat iqt 03
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazni tashkil etish asoslari.
- Savollar .
Samdu, IRB fakulteti, Iqtisodiyot yo’nalishi 3-kurs talabasi Dimonov Sardorning Mehnat iqtisodiyoti fanidan Bandlikka ko’maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazini tashkil etish asoslari mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi Bajardi: Dimonov S Tekshirdi: Sultonov S Reja:
Ish bilan bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari (BKM)ning asosiy faoliyati aholini bandlik darajasini aniqlash, hududda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish, korxonalarda kasanachilik asosida ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha xarajatlarni rasmiylashtirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga qayta o‘qitish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishdan iborat. Markazlar tomonidan olib boriladigan tadbirlar natijasida birinchidan, ishsizlarning bo‘sh ish o‘rinlari qidirishlariga, tadbirkorlarning xodimlar qidirishlariga sarf etiladigan vaqtni qisqartirishni ta’minlaydi, ikkinchidan, ish beruvchilarning o‘z talablariga eng ko‘p darajada mos keladigan xodimlar yollashiga yordam beradi, xodimlarga esa mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi muvofiq keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi. BKM «Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari to‘g‘risida» Nizomga asosan faoliyat yuritadi. Nizom O‘zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi «Aholini bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomilllashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-616-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli «2007-yil 6-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-616-sonli «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashuvchi Markazning maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Markaz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari va boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining normativ-huquqiy hujjatlariga, bosh boshqarmalarning buyruq va qarorlariga, tegishli hokimliklarning qaror va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 1.Markaz O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashkiliy tizimi bo‘lib, mintaqaviy asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalariga, hamda tegishli tuman (shahar) hokimligiga buysunadi va hisobot beradi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling