Tekshirdi: yulanova nargiza


Download 16.01 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1368629
TuriReferat


REFERAT
TEKSHIRDI: YULANOVA NARGIZA
BAJARDI: TURG’UNJONOV SAIDBEK
INFOKOMMUNIKATSIYA INJINIRING
Hozirgi kunda infokommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi, xizmatlarga ulanish, asosan odatdagi aloqa tarmoqlari orqali o‘tuvchi kompyuter tarmoqlari ramkasida amalga oshadi. Xuddi shu vaqtda bir qator hollarda Internet xizmatlari, ularni transport infrotuzilmasida cheklangan imkoniyatlarini hisobga olgan holda, axborot jamiyatining xizmatlariga bo‘lgan zamonaviy talablariga javob bermaydi. SHunga bog‘liq holda infokommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish, aloqa tarmoqlarining fuksionalligini bir vaqtda kengaytirish bilan birgalikda axborot resurslarini samarali boshqarish masalarini samarali hal etishni talab qiladi. O‘z navbatida bu Internetning va aloqa tarmoqlarining integratsiyalash jarayonini jadallashtiradi. Odatdagi aloqa tarmoqlari xizmatlaridan infokommunikatsiya xizmatlarining farq qiluvchi asosiy texnologik xususiyatlariga quyidagilar kiradi. Infokommunikatsiya xizmatlari tarmoqni boshqarish modelining eng yuqorisida joylashadi. Ko‘pgina infokommunikatsiya xizmatlari mijoz va server qismlarni mavjudligini taxmin qilishadi: mijoz qismi foydalanuvchi qurilmalarida qo‘llaniladi, server qismi esa xizmat tugani deb ataladigan maxsus ajratilgan aloqa tugunida qo‘llaniladi. Infokommunikatsiya xizmatlari, yuqori uzatish tezligi, kiruvchi va chiquvchi axborot oqimlarini nosimmetrikligi bilan xarakterlanuvchi multimediali axborotlarni uzatishni taxmin qiladi. Infokommunikatsiya xizmatlarini etkazish uchun, ulanishning murakkab ko‘p nuqtali konfiguratsiyasi zarur, abonentlarga xizmat qiluvchi infokommunikatsiya xizmatlari, xizmat chegarasida qo‘shimcha manzillardan foydalanishi mumkin. Infokommunikatsiya xizmatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak. Xizmat mobilligi. Yangi xizmatlarni tez va moslashgan holda uzatish. Kafolatlangan sifatli xizmat. Infokommunikatsiya xizmatlarining talablariga konvergensiya jarayoni katta ta’sir qiladi. Konvergensiya holatida barcha xizmatlar ulanish usulidan qat’iy nazar foydalanuvchi uchun ochiq hisoblanadi. Infokommunikatsiya xizmatlarining yuqoridagi xususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusidagi aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Multiservislik ya’ni transport texnologiyalari etkazadigan xizmatlarga texnologiyalarning bog‘liq emasligi. Keng polasalik ya’ni mijozlarning talabidan kelib chiqqan holda moslashuvchan va dinamik o‘zgaruvchan keng polasali axborotlarni uzatish tezligi. Multimedialik ya’ni tarmoqning ko‘p koponentli axborotlarini uzatish qobiliyati (ovoz, video ma’lumotlari, audio). Bunda real vaqtda shu komponentlar uchun lozim bo‘lgan sinxronizatsiya murakkab konfiguratsiyali ulanishni qo‘llash amalga oshadi. Intelektuallik ya’ni xizmatlarni, chaqiriqlarni va foydalanuvchi yoki xizmatlarni yaratuvchilar tomonidan boshqarish imkoniyatlari. Invariantlik ya’ni xizmatlarga ulanish qo‘llaniladigan texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshadi. Ko‘p operatorlik ya’ni xizmatlarni etkazish jarayonida kshp operatorlarning qatnashishi va faoliyat sohasiga mos holda ularning javobgarligini ajratish. Bundan tashqari kelajakdagi aloqa tarmoqlarini talablarini shakllantirish uchun xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning faoliyat xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda tarmoq xizmatlarini ishlab chiqaruvchilariga bo‘lgan asosiy talablarga quyidagilar kiradi: “Multioperator” muhitida qurilmalar ishini ta’minlash imkoni ya’ni tarmoqqa ulanish uchun bir necha aloqa operatorlariga darxol ulanish, shu jumladan ulanuvchi satxga ham, hamkorlikda xizmatlarni etkazish uchun, xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar tugunlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash. Kanallar kommutatsiyasiga va paketlar kommutatsiyaga ega bo‘lgan, mavjud umumiy foydalanuvchilar tarmog‘i hozirgi paytda yuqorida takidlab o‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning chegaralangan imkoniyatlari, yangi infokommunikatsiya xizmatlarini takomillashtirish yo‘lida saqlanadigan faktorlardan biridir. Boshqa tomondan etkaziladigan xizmatlarning hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini chaqiruvchi sifatli xizmat ko‘rsatkichlariga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bularning barchasi keyingi avlod aloqa tarmoqlarini yaratish yo‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish rejalarida infokommunikatsiya xizmatlarini mavjudligini hisobga olishga majbur qiladi. Konvergensiya holatiga o‘tishga quyidagilar asosiy sabab bo‘lishi mumkin, oxirgi 30 yilda jahon telekommunikatsiya sektori uchun xarakterli bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar, telekommunikatsiya va texnologik trendlarda moslashtirish, prinsiplarini o‘zgartirish, elektr aloqaning liberallashuvi, jahon iqtisodining globallashuvi, raqobatbardoshlik muhitining yuzaga kelishi, dasturiy ta’minot masalalari, yangi xizmatlarning yuzaga kelishi va xakozolar. Bunday xolatlarni bartaraf qilish uchun konvergensiya holatiga o‘tish talab qilinadi. Tarmoqda konvergensiya jarayoni, tarmoq operatorlarining talablariga mos xolda amalga oshadi. Bu asosan foydalanish xarajatlarini kamaytirish ishlab chiqarishni kuchaytirish, mijozlarning xizmat turlariga va uning sifatiga bo‘lgan talablarini yaxshilash bilan bog‘liq. Bunga quyidagilar kiradi. Ihlab chiqarishni kuchaytirish quyidagilar bilan aniqlanadi. yangi tizimda umumiy yagona infratuzilmani yaratish, tarmoq ortiqchaligini kamaytirish, magistral tarmoq to‘lovlarini kamaytirish, tarmoqning standart komponent va serverlarini qo‘llashga asoslangan mustaxkam moslashuvchanlik.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


AKADEMIK YOZUV 431-21-GURUH TALABASI
TURG’UNJONOV SAIDBEKNING
MAVZU: KITOB-BILIM MANBAI
BAJARDI: TURG’UNJONOV SAIDBEK
TEKSHIRDI: YULANOVA NARGIZA

INSHO
KITOB-BILIM MANBAI


REJA:
1. KIRISH QISMI
2. ASOSIY QISMI
1) Kitob-bilim manbai
2) Kitob beminnat do’st
3) Kitob turlari
3. XULOSA
Avvalambor, kitob odam yaxshilik olib keladi. Kitob odamni yaxshilik yo’liga yetaklaydi. Kitob odamga o’z bilimlarini oshirish va mustahkamlashda yordam beradi. Insonlar ko’pgina bilmagan narsalarini kitobdan o’rganishadi. Kitob odamga beminnat do’st bo’ladi. Odam yo’lgiz qolganda va zerikkanda kitob unga yagona do’st bo’ladi. Kitobning turlari juda ko’p. Misol uchun, diniy, badiiy, tarixiy, ilmiy, adabiy va boshqa turlardan iborat. Diniy kitoblar muqaddas kitobimiz quroniy karim va Payg’ambar Muhammad S.A.V.ning hadisi shariflari asosida yozilgan barcha asarlar hisoblanadi. Badiiy asarlar ko’pincha real hayotdan olingan bo’ladi: shaytanat, shum bola va boshqalari bor. Tarixiy voqealar asoslangan asarlar. Ilmiy kitoblar ma’lum bir soha vakillari ya’ni olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy tatqiqot asarlari hisoblanadi. Adabiy muayyan umumxalq tilidan ishlangan va me’yorlashtirilganga aytiladi.

Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling