Tekshiruv diktanti


Download 87.5 Kb.
bet7/8
Sana09.01.2022
Hajmi87.5 Kb.
#267325
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19 (1) tekshiruv diktanti

Erkin diktant - diktantning bayonga yaqin turi bo`lib, o`quvchilarni ravon bayon yozishga tayyorlaydi.

Diktant deb atalishining sababi - o`quvchini matnni diktovka qiladi, erkin deyilishining sababi matnni o`qib berilgan qismidan esda qolganini erkin ravishda yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo`lingan matn tanlanadi. Matn o`qilishidan oldin zarur qoidalar takrorlab eslatiladi. O`qituvchi avval matnni yaxshi o`qib beradi, so`ngra abzasma-abzas o`qib yozdiriladi. Birinchi abzas oq`iladi, o`quvchilar esda qolganini yozadilar , ikkinchi abzas o`qiladi o`quvchilar esda qolganini yozib bo`lgach, uchinchi abzas o`qiladi. Diktantning bu turi to`g`ri yozuvga o`rgatishning nutq o`stirish vazifasi bilan uyg`unlashtirib amalga oshirishga yordam beradi.

Masalan, uchinchi sinfda "Fe`l" mavzusi o`tib bo`lingach o`qituvchi biz, bog`, gul, qo`shni, termoq, o`ynab o`tib ketmoq, adashib qolmoq, qidirmoq, topib kelmoq, so`zlarini doskada yozib berib, "bog`da" mavzusida gaplar tuzishni topshiradi. O`quvchilar quyidagicha gaplar tuzib yozadilar:

biz bog`da gullar terdik, Nafisa o`ynab bog`dan boqqa o`tib ketdi. U adashib qoldi, biz Nafisani qidirdik uni qo`shni bog`dan topib keldik.

Ijodiy diktant imloni o`zgartirishni o`rgatishni nutq o`stirish bilan uyg`unlantirib amalga oshirishga imkon beradi, bolalardan matn tuzishga faol munosabatda bo`lishini talab qiladi.

Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv diktanti O`quvchilar olgan bilim hosil qilgan ko`nikma va malakalarni tekshirish uchun o`tkaziladi. Kontrol diktantdan ayrim vaqtda o`qitish vositasi yoki imloviy malakalarini qosil qilishga qaratilgan mashq turi sifatida ham foydalaniladi. Kontrol diktant mustaqil diktant deb ham nomlanadi. Chunki O`quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o`z kuchini sinaydi, o`zi bilgan qoidani O`qituvchi diktovka qilgan matnga tadbik qiladi. Kontrol diktant O`qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni O`quvchilar qay darajada o`zlashtirganligi xaqida ma`lumot beradi va keyingi mashg`ulotlarni tug`ri rejalashtirishga imkon beradi. O`qituvchi butun sinf ayrim O`quvchilar nimani o`zlashtirmagani nimani takrorlash kimga qanday yordam berish qanday mashqlar ishlatish kerakligini aniqlab oladi.

Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o`tkazishda ayrim talablarga rioya qilish zarur.

1. Kontrol ish ma`lum bir mavzu o`tilib , O`quvchilarda zarur malaka hosil bo`lgach, o`tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o`tkaziladi.

2. Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o`rganilgan mavzular bilan bir qatorda ilgari o`rgatilganlar yuzasidan yo`l qo`yilgan xatolar ham hisobga olinadi.

3. Diktant uchun materiallar sifatida ma`lum bir mavzudagi bog`lanishli tekst ba`zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so`zlar soni quyidagicha belgilangan:

1-sinfda ikkinchi chorak oxirida 20 so`z, yil oxirida 40 so`z;

2-sinfda ikkinchi chorak oxirida 55 so`z, yil oxirida 65 so`z ;

3- sinfda ikkinchi chorak oxirida 75 so`z, yil oxirida 85 so`z;

Diktant tekstining qiyinligi o`rtacha bo`lishi, ma`lum qadar imlosi o`rganilmagan so`zlar kiritilmasligi yaqinda o`tilgan mavzuga oid 2-6 so`z bo`lishi talab etiladi.

Diktant teksti O`quvchilarning turli qoidalarga oid yo`l qo`ygan xatolarini aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma`lum bir qoidaga oid nechta so`z bo`lishini bilgan O`qituvchiga O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar hisobini olish, ular urtasidagi farqni aniqlash oson bo`ladi.

4. O`qituvchi diktant tekstini o`qib, ayrim tushunarsiz so`z va iboralarni yo`l-yo`lakay tushuntiradi, O`quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O`qituvchi yig`ik sodda gaplarni butunligicha, yoyik sodda gap va qo`shma gapni esa qismlarga bo`lib yana o`qiydi, O`quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o`qilganda O`quvchilar yozganlarini tekshirib ko`radilar.

Tekst diktovka bilan yozdirilgach, O`qituvchi tekstni yana bir marta sekin o`qiydi, O`quvchilar yozganlarini tekshiradilar.

Masalan, 1-sinfda so`zlarni so`roq berish orqali bir-biridan farqlash;

2-3 sinflarda so`z turkumlarini, otlarning egalik qo`shimchalarini topib, shaxs-sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe`llarning qaysi shaxs-sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash.

O`qituvchi o`z o`quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning yozma ishda yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O`qituvchi diktant natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo`sh o`zlashtiruvchi O`quvchilar uchun alohida varaq ajratib, ular yo`l qo`ygan xatolarni yozib boradi. Bu O`qituvchiga O`quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o`sishini ko`zatib borishga, ayrim O`quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi.

O`quvchilar yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini tugrilash ustida o`zlari ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so`zlarini tug`rilab ko`chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma`lum vaqt o`tgach, O`qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki O`quvchidan o`tilgan mavzuni so`rayotgan paytida zarur bo`lgan so`zlarni yozib berishini va qoidasini tushuntirishini so`raydi. Bu hildagi ish O`quvchilarni aktivlashtiradi. O`qituvchi chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida O`quvchilar ishida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni to`la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni O`quvchilar o`rgangan qoidalari asosida klassifikasiya qilish natijasida sinfdagi O`quvchilarning grammatika va imlodan o`zlashtirishi xaqida to`la tasavvurga ega bo`ladi. O`qituvchi O`quvchilar yo`l qo`yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo`lib, asosiylari qo`yidagilar hisoblanadi:

1. O`quvchi qoidani bilmaydi;

2. Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo`llay olmaydi;

3. Qoidalarni aralashtiradi;

4. Yozayotgan so`zlarini ma`nosini tushunmay xato qiladi;

5. ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto`g`ri talaffuz qiladi, yozish jarayonida o`zini tekshirib bora olmaydi.

O`quvchilarning grammatik bilim va to`gri yozuv malakalarini hisobga olib, ona tilidan o`zlashtirishlari baholanadi. Boshlang`ich sinflarda bitta baho qo`yiladi, bunda O`quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ona tilidan bilim va malakalarini baholash me`yori I - IV sinflar rejasiga berilgan.

O`quvchilar yo`l qo`ygan xatoning oldini olish va to`grilashda yozma ishlarni tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko`rilishi kontrol ishning xarakteriga ko`ra turlicha bo`ladi.

Diktant tahlilida O`qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda O`quvchilar yo`l qo`ygan tipik xatolar ustida ishlanadi. O`qituvchi doskada, boshqa o`quvchilar daftarlariga sinfdagi ko`p o`quvchi xatoga yo`l qo`ygan so`z, yokigaplarni yozadilar;

U yoki bu so`zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi;

To`g`ri yozuv qoidalari takrorlanadi.

Tipik xatolar juda ko`p bo`lmaydi, shuning uchun O`qituvchi ular tahlilini tez tugatib, takrorlangan qoidaga oid so`z tanlash, shu so`zni qatnashtirib gap yoki so`z birikmasi to`zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning ikkinchi qismida O`quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O`qituvchi O`quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular O`qituvchi tomonidan togrilangan so`zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo.

Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil ravishda ishlab boriladi.

Har bir dars, har bir O`quvchining javobi, har qaysi yozma ish O`quv predmetida berilgan bilimlarini o`zlashtirish darajasini ko`rsatib, O`qituvchi O`quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko`proq e`tibor berish kerakligi haqida ma`lumot beradi.

O`qituvchi alohida O`quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og`zaki va yozma javoblarni to`g`ri baholab borishi, o`z daftarchasiga zarur ma`lumotlarni yozib borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma`lum sxema asosida gap bo`laklari, so`z turkumi yoki so`z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap

bo`laklari, so`z turkumlari xaqida chizish bilan, so`z qismlarini ma`lum belgilar bilan gapdagi so`zlarning bog`lanishini sxema bilan ko`rsatish va shu kabilar.

Orfografiyadan- kontrol diktant:

kerakli so`zlarni yoki tinish belgilarini qo`yib, bo`sh formada berilgan so`zlarga ko`shimchalar ko`shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko`chirib yozish;

berilgan tema asosida gap tuzish;

hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish;

kichik hikoya yozish;

ba`zan lug`at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: diktant yozdirilib, matndagi ayrim so`z, so`z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi;

Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin.

Uchinchi sinf o`quvchilariga 2-chorakda "Qish keldi" mavzusida diktant yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish bo`ladi.



Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling