Tekshiruv diktanti
Download 87.5 Kb.
|
19 (1) tekshiruv diktanti
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Qish keldi.
Mana qish ham keldi.Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi. Uyning tomlari ham oppoq bo`ldi. Bolalar pal`to va ko`lpoq kiyib qorda o`ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan mazza qilib chana uchdilar. Malik juda saxiy bola. U chanasini o`rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so`z.) Diktant matnini o`qib, ayrim tushunarsiz so`zlarni yo`l - yo`lakay tushuntirib boriladi, O`quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O`qituvchi matnni yana bir marta sekin o`qiydi, O`quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O`qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o`qib berishi zarur. O`quvchilarni ishlari yig`ib olinib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo`lgan BKM elementlari nomi va soni: 1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash. 2. Xat boshidan yozish. 3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi. 4. Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish. 5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish. 6. Chiroyli yozuv.
Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Xar bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh xarflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi. O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi. O`quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. K.Qosimova va b. Ona tili metodikasi.Toshkent. Nosir. 2009 yil 2. 2 DTS. "Boshlang`ich ta`lim" 5-son 2005 yil. 3. M.Jumaniyozova. M.Tilavova Husnixat va uni o`qitish metodikasi. (Ma`ruza matnlari) Urganch 2005 yil. 4. K.Abdullaeva. Savod o`rgatish metodikasi. Toshkent "O`qituvchi" 2006 yil 5. onatili.uz Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling