Tekshiruv savollari: «Tarix» deganda siz nimani tushunasiz? «O`zbekiston tarixi»


Download 21.85 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi21.85 Kb.
#118254
Bog'liq
Tekshiruv savollari


Tekshiruv savollari:

           1.       «Tarix» deganda siz nimani tushunasiz?

           2.       «O`zbekiston tarixi» fani o`z oldiga qanday vazifalarni qo`yadi?

           3.       «O`zbekiston tarixi» fani nimani o`rganadi?

           4.       O`z xalqimiz tarixini o`rganishdan maqsad nima?

           5.       «O`zbekiston tarixi» fanini o`rganishning asosiy ilmiy-nazariy asoslarini ta‘riflab bering.

           6.       Tarixiylik metodologiya deganda siz nimani tushunasiz?

           7.       O`zbekiston tarixini o`rganish qanday davrlarga bo`linadi?



Javob.

1.Tarix oʻtmish voqealar haqida axborot ochish, yigʻish, tartiblashtirish va namoyish etish bilan shugʻullanuvchi fandir. Tarix bilan shugʻullanuvchi olimlar tarixchilar, deb ataladi. Tarix fani voqealar ketma-ketligini tahlil etadi va ularning sabab va samaralarini tizimlashtiradi.Tarixchilar tarix tabiati va foydasi ustida bahs olib borishadi. Bunda ushbu fanning oʻzi ham oʻrganiladi va zamonaviy muammolarni uning yordamida hal qilishga uriniladi. Biror madaniyatga oid, biroq tashqi manbalarga asoslanmagan hikoyalar (masalan, Alpomish haqida asotirlar) tarixiy mavzu emas, balki madaniy meros sanaladi.

Tarix — 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu maʼnoda olamning yaratilish T.i, Yer T.i, barcha fanlar T.i va boshqa tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli boʻlgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fan.

2. XX asrning mamlakatimiz xalqlari uchun bergan eng buyuk va olijanob ne‘mati bu O’zbekiston milliy davlat mustaqilligining qo’lga kiritilganidir. Chunki mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bo’lish, tom ma‘nodagi istiqlol - mustaqillikka erishish xalqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu armoni va orzusi. Bu maqsad yo’lida millatning ming-minglab farzandlari o’z jonlarini qurbon qildilar. O’zbekistonning milliy davlat mustaqilligi, xalqimizning hur, erkin va ozod yashab, o’z taqdirini o’zi xal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi. Ammo qo’lga kiritilgan milliy davlat  mustaqilligmizni saqlab qolish, uni siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyuk davlatni barpo qilish mislsiz darajada murakkab va sharafli vazifadir.Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy saviyasi. milliy istiqlol mafko`rasining nechog’lik ular ongida shakllanib. Hayotiy dunyo qarashiga aylanishi bilan mushtarakdir. Bu ulug’vor vazifani hal etishda mamlakatimizdagi bilim maskanlari bilan bir qatorda oliy o’quv yurtlari ham hal qiluvchi o’rinlardan birini egallaydi.

3. Bu fan prеdmеti doirasiga avlodu-ajdodlarimizning turmush tarzi,  bosqinchilarga qarshi kurashi, yurt mustaqilligi uchun tinimsiz jangu-jadallari, uzluksiz mеhnat faoliyati, dini, yozuvi, ilmu-fani, adabiyoti va san'ati kiradi. Shuningdеk, O’zbеkiston tarixi fani o’zbеklarning elat, millat bo’lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz milliy an'analarini, ularning ichki va tashqi siyosatini o’rgatadi. Vatan tarixida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, istiqlol yo’llarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyatini yaratish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatidagi tutgan o’rni va rolini o’rganadi.

4. Avvalambor, bugungi O’zbekiston jahon haritasida paydo bo’lgan tasodifiy mamlakat emasligini, ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko’rsatishdir;

Ikkinchidan, sobiq sho’ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o’z o’rniga qo’yish, tarix  va hayot xaqiqatini ilmiy xaqiqat asosida qayta tiklash;

Uchinchidan, shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh navqiron avlodimiz qalbida milliy g’urur, milliy iftixor, o’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini kuchaytirish, buyuk o’tmishga munosib buyuk millat bo’lish, ertangi kunga katta ishonch va istiqlolga e‘tiqod bilan yashashni turmush tarziga aylantirish.

5. O’zbekiston  tarixini o`rganishning bir qator  ilmiy -  nazariy  va metodologik asoslar mavjud bo`lib, ular chuqr ilmiylik, rostguylik, tarixiylik, izchillik, xaqqoniylik va  boshqalardan iborat. Bu kabi nazariy-metodologik asoslar tarixiy tasavvurni, tushuncha va xulosalarning ilmiy-amaliy va uslubiy jihatdan to`g’ri hosil qilinishiga poydevor bo`lib xizmat qiladi, tarixni o`rganish va o`qitish jarayonida milliy istiqlol, vatanparvarlik, insonparvarlik, baynalmilallik kabi ulug’ fazilatlarni xalqimiz an‘analari, urf-odatlari, diniy e‘tiqodlari kabi milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularni e‘zozlash ustivor vazifalardan hisoblanadi.

6. Tarixni o`rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega.  Tarixiylik  qoidasi voqea va xodisalarni o`z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o`rganishni  taqoza etadi. Voqea, xodisalarni o`rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy uzviylik, tarixiy rivojlanish jarayoni qoidalariga rioya qilmoq zarur. Har bir narsa, voqea va xodisani boshqa voqea, xodisalar bilan bog’lab o`rgangandagina mazkur  voqea, hodisaning  umumiy tarixiy jarayondagi uning to`g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo`ladi. Har bir voqea,  hodisaga  umumiy  tarixiy  jarayonning  bir qismi, bir bo`lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo`lganligini bu xodisa o`z taraqqiyotida qanday  asosiy  bosqichlarni o`tganligini,  keyinchalik u qanday bo`lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining  asosiy  talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo`lsak, birinchidan, u qachon,  qanday sharoitda paydo bo`ldi, ikkinchidan, u o`z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o`tdi,  uchinchidan, u hali ham mavjudligi, hozir qay ahvolda,  qanday bo`lib qoldi, degan savollarga aniq javob berish zarur bo`ladi  Tarixiylik metodologiyasi xalqning o`tmishiga, hozirgi zamon va kelajagiga yagona tabiiy tarixiy jarayon deb,  o`tmish  hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi.  Insoniyat ana shunday  umumiy yo`ldan borayotgan  ekan, istiqbolda porloq hayot, turmush qurmoqchi bo`lgan avlod tarix fani orqali O`z o`tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O`tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak hozirgi zamonni,   mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to`g’ri tasavvur etamiz. O`z navbatida hozirgi zamonni, bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatinito`g’ri idrok etilsa, bu o`tmishni tariximizni yanada chuqurroq anglashga ko`maklashadi.

6.      1. Qadimgi davr-eng qadimgi zamonlardan  milodiy  V  asrga qadar.

     2.O`rta asrlar davri- milodiy V asrdan X1X asr  o`rtalariga qadar.

     3. Yangi davr-X1X asrning o`rtalaridan  hozirgi kunga qadar.

Tekshiruv savollari:

1.    O’zbekiston  hududida topilgan va o’rganilgan ibtidoiy ajdodlarimiz yashagan qanday   

 manzilgohlarni bilasiz?

2.    O’zbekiston hududidagi ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini qanday davrlarga bo`li bo’rganmoq    

 ma‘qul?

3.    Paleolit davriga oid O’zbekiston  hududida    topilgan va o’rganilgan makonlarni toping?

4.    Urug’chilik jamoasi qaysi davrda shakllandi va uning bosqichlarini aniqlang?

5.    Neolit davrida ajdodlarimiz nimalarni kashf etganlar?

6.    Bronza davrida ajdodlarimiz ijtimoiy hayotida qanday  o`zgarishlar ro’y berdi?

7.    Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» O’zbekiston  tarixini o’rganishda qanday      



Javob.

1. So‘nggi paleolit odamlari yashagan manzilgohlar Samarqand, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining 30 ga yaqin joylarida aniqlangan. Mehnat qurollari, ovchilik anjomlari (baliq ovi xam) takomillashadi, odamlar yashash uchun kulbalar quradilar. Bu davrning oxirlarida ibtidoiy to‘da o‘rnida ibtidoiy jamoa - urug‘chilik tuzumi vujudga kela boshlaydi. Dastlab urug‘chilik jamoalaridagi qarindoshlik ona tomonidan bo‘lgan. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotning bu bosqichini Olimlar matriarxat deb atadi. Ona urug‘i keyingi tosh davrlarida xam xukmronlik qilgan.

Farg‘onaning Obishir soyidan, Toshkentning Buzsuv yoqasidan, Surxondaryoning Machay qishlog‘idan va boshqa joylardan mezolit davriga oid manzilgohlar topilgan. Bu davrda o‘q-yoy kashf etiladi, bir qancha jonivorlar (it, sigir, qo‘y, echki) xonakilashtiriladi, diniy e‘tiqodlar vujudga keladi, tasviriy san‘at paydo bo‘la boshlaydi. Xususan, Surxondaryoning Zaraut soyida bundan taxminan 14-15 ming yil avval yaratilgan qoyatosh suratlar buning isbotidir.

Neolit davri manzilgohlari ko‘plab Amudaryo quyi oqimida Kaltaminorda topilgan. Zarafshon xavzasidagi boy topilmalar bu davr hayotiga aniqlik kiritadi. Odamlar xayvon terisidan tikilgan kiyimlar o‘rniga jun va o‘simlik tolasidan to‘qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadilar. Hunarmandchilikda to‘qimachilik, tikuvchilik paydo bo‘ladi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllana bordi. Odamlar o‘troqlasha boshladilar, kulbalar, uylar barpo etiladi. Ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirishni, yog‘och va qamishdan qayiq yasashni o‘rgandilar. Navoiy viloyati hududida qariyb 7 ming yil muqaddam ajdodlarimiz qo‘li bilan loydan yasalgan xumcha topildi. Sopol idishlarni kashf etish suyuq ovqatlar tayyorlash imkonini yaratdi.

2. Tabiiyki bu katta davrlar bir necha bosqichlarga bo`linadi.  Xususan, birinchi -qadimgi davr- Markaziy Osiyo xalqlarining ibtidoiy jamoa tuzumi, shu mintaqada dastlabki davlat tuzilmalarining, qadimgi (antik) davlatlarning tashkil topishi bosqichlardan iborat.

3. Markaziy Osiyo  hududidan  topilgan va o’rganilgan Selung’ur (Farg’ona), Uch tut (Buxoro),  Unarcha  (Kirgiziston),  Koratog’ (Tojikiston) kabi makonlar ilk paleolit davriga oiddir.

4. Insoniyat tarixiy taraqqiyotida shunday davr yuzaga keldiki, bu davrda ibtidoiy to’da urniga urug’chilik  jamoasi  keldi. Bu holat so’nggi poleolit davriga tug’ri keladi."Ibtidoiy to’da" o’rnini matriarxat-ona  urug’i  jamiyati,ya‘ni  "urug’chilik  jamoasi" egallaydi.Urug’chilik ibtidoiy jamiyatning alohida bosqichini tashkil etib,bu ijtimoiy hayotdagi qator o’zgarishlarning  paydo  bo’lishiga olib  keldi.  Xususan,ayollar  jamiyatda  yetakchi mavqeni egallaganlar. Jinslar o’rtasida mehnat taqsimoti kelib chiqqan. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovkat tayyorlash, oilada bolani boqish va tarbiyalash ishlari bilan band bo’lsa, erkaklar asosan ovchilik bilan shug’ullanganlar, mehnat qurollari tayyorlaganlar. Bu davrda qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikoh ta‘qiqlangan, ya‘ni ekzogamiya paydo bo’lgan. Bu esa insonning biologik jihatdan takomillashib borishiga zamin yaratgan.

5. Neolit davrida  qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab,ularni olovda pishirishni o’rgandilar, ip yigirish va to’qimachilikka asos  soldilar.  Odamlar yog’och va qamishdan qayik yasab, suvda so`zishni ham o’rgandilar. Hilma-xil buyumlar yasay boshlab,  bu davrning muhim kashfiyotlaridan biri - hunarmandchilikka asos soldilar. Eneolit ya‘ni mis-tosh davrida ibtidoiy odamlar metall bilan tanishdilar. Ungacha ibtidoiy odamlar faqat toshdan, yogg’ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalanganlar.



6. Ma‘lumki so`ngi  bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro`y beradi.  Chorvachilikdan ajralib chikadi iqtisodiy  hayotdagi siljishlar  natijasida ortiqcha mahsulot paydo bo`lib,bu mahsulot ma‘lum shaxslar  qo`lida  to`plana  boshlaydi. Qishloqlar  kengayib shaharlarga borar ekan,  bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmlarining ma‘muriy markaziga aylana boshlaydi.

7. Qadimda o‘lkamizda yashagan aholining ma‘naviy va madaniy qiyofasi mashxur "Avesto" mazmunida o‘z ifodasini topgan. Ma‘lumki, bu muqaddas kitob Markaziy Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi dastlabki noyob manbadir. "Avesto" avval xalq og‘zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon elatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o‘zida aks ettirgan. Bu asar ko‘p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo kohinlari tomonidan to‘ldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning "O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ta‘kidlashicha, "Avesto" ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to‘liq holda 12 ming qoramol (xo‘kiz) terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni zabt etganda "Avesto" ning nodir nusxasidan o‘ziga ma‘qul bo‘lgan joylarini tarjima qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy asarning 5 dan 3 qismi kuydirib yuborilgan. Keyinchalik - milodiy I-IV asrlarda "Avesto"ning qolgan qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan kitob holiga keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib kelgan. Bular: "Yasna"-ibodat paytida ijro etiladigan matnlar "Yasht"-otashparastlarning tangrini ta‘riflash madhiyalari, "Vendidot"-zulm timsoli-devlarga qarshi qonunlar va afsonalar, "Visparat"-ibodat yo‘sinlari va mazmuni haqida ma‘lumotlardir.
Download 21.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling