Текст абзsdaаца


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1691489
1   2   3   4
Bog'liq
Текст абзsdaаца

Inheritance (Vorislik)


Vorislik - bu avlod klasslarni yaratish. Avlod klasslar avtomatik tarzda ajdod klassdan barcha maydonlar
va metodlarni meros qilib oladi, ob’yektlarni yangi maydonlar bilan to’ldirishi va ajdod metodlarini
almashtirishi(bekor qilishi) yoki ularni to’ldirishi mumkin.
Vorislik deyilganda bir turdagi ma’lumotlar ikkinchi turdagi ma’lumotlarga uxshash bo’lishi lekin qaysidir
yangi atributlardan va imkoniyatlardan tashkil topishi tushuniladi. 


Polimorphism
Polimorphism - Obyektning
turiga qarab u bilan o'ziga hos
ravishda ishlash qobiliyatiga
aytiladi.
Voris klass super klassdan
o’zlashtirilgan metodning
nomini saqlagan holda, uning
ishlashini o’zgartirishiga
polimorfizm deyiladi.


Encapsulation
"Inkapsulyatsiya" so'zi lotincha "in capsula" - qobiqda joylashtirish so'zidan olingan. Shundan kelib chiqib
inkapsulatsiyani izolyatsiyalash, atrof muhit ta'siridan himoya qilgan holda yopish, himoyalash, biror bir
buyum, narsani qolib, kapsulaga solib qo'yish deb tushunish mumkin.
Inkapsulyatsiya - bu ma’lumotlarni birlashtirish va bu ma’lumotlarni bir butunga olib kelish.
Ularni tashqi o’zgartirishlardan himoyalash.


Abstraction
Abstraktsiya obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OOP)
tillarining asosiy tushunchalaridan biridir. Uning asosiy
maqsadi foydalanuvchidan keraksiz ma'lumotlarni
yashirish orqali murakkablikni boshqarishdir. Bu
foydalanuvchiga barcha yashirin murakkablikni
tushunmasdan, undan foydalanishga imkon yaratadi.
Murakkablikni berkitish maqsadida keraksiz tafsilotlarni
foydalanuvchidan yashirish bu abstraksiya deb ataladi.


Tasavvur qiling siz talabasiz va bugun sizning bank kartangizga
stipendiya tushdi. O'zingizni - o'zingiz mehmon qilish maqsadida,
kartadagi mablag'ni naqd ko'rinishga keltirish uchun bankomatga
tashrif buyurdingiz. Bankomatdan o'zingizga kerakli bo'lgan
summani belgilab, uni naqd ko'rinishida qabul qilib oldingiz.
Ushbu jarayonda siz bilishingiz kerak bo'lgan ish bu - bankomat
aparatiga kartani solib, yechilgan pulni qabul qilish. Sizga
bankomat aparati o'zi qanday ishlaydi va pulni naqdlash jarayoni
qanday bo'ladi - bu ahamiyatsiz. Kimdir bundan xavotirlanib,
bankomat aparatini yaratdi, endi u abstrakt vazifasini bajaradi va
sizga taaluqli bo'lmagan tafsilotlarni yashiradi. Siz shunchaki ichki
dastur haqida hech qanday bilim talab qilmaydigan oddiy interfeys
bilan o'zaro aloqada bo'lasiz.
Dasturlashda ham shu kabi tushunchalar o'rinli.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling