Tektonik harakatlar va ularning oqibatlari


Download 0.94 Mb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1289943
  1   2   3
Bog'liq
Tektonik harakatlar tadbiri


GEOGRAFIYA VA AGRONOMIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA KAFEDRASI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN 5-TTJDA TASHKIL QILINGAN “TEKTONIK HARAKATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
”MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN YIG‘ILISH
BAYONNOMASI
2023 yil 24 fevral Qarshi shahri
Yig‘ilish raisi: Geografiya kafedrasi kafedra mudiri M.G. Nazarov
Qatnashdilar: Geografiya va agronomiya fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Islomov, geografiya kafedrasi mudiri, M.Nazarov kafedra o’qituvchilari B.Murtazayev, D.Murodova, M. Berdiqulova, B.Eshboyev, Safarov I, guruh tyutorlari va Geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari.
KUN TARTIBI:

  1. TEKTONIK HARAKATLAR VA ULARNING OQIBATLARI” mavzusida maruza qilish

  2. Zilzilalar va ularning oqibatlari haqida hujjatli film

ESHITILDI:

Yig‘ilishni Qarshi davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakulteti Geografiya kafedrasi mudiri M.Nazarov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish kun tartibi va taklif etilganlarni yig‘ilganlarga tanishtirdi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra o’qituvchisi B.Murtazayevning “ Tektonik harakatlar va ularning oqibatlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.Maruza davomida Tektonik harakatlar - Yer qaʼrida sodir boʻlgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan Yer poʻsti harakatlari; Yer poʻsti va asosan Yer mantiyasidagi kuchlar taʼsirida sodir boʻlib, poʻstni tashkil etgan jinslarni deformatsiyaga olib keladi. Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Tektonik harakatlar bir vaqtning oʻzida juda katta maydonni oʻz ichiga oladi. Geodezik oʻlchashlarning koʻrsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda boʻladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (oʻnlab — yuzlab mln. yil) davom etib, toʻplanishi natijasida Yer poʻstining ayrim qismlarida yirik siljishlar roʻy beradi. Amerikalik geolog G. Jilbert (1890) T.gʻ. ni epeyrogenik (Yer yuzida katta maydonlarning uzoq vaqt koʻtarilishi va choʻkishi) vaorogenik (muayyan zonalarda burmalar hosil boʻlib, togʻ tizmalarining shakllanishi) harakatlarga boʻlishni taklif etdi, nemis geologi X. Shtille (1919) bu tasnifni rivojlantirdi. Uning asosiy kamchiligi oʻzaro farq qiluvchi 2 xil jarayon — burma va uzilma hosil boʻlishi bilan togʻ hosil boʻlishini yagona orogenez tushunchasi bilan izohlanishidir. Shu tufayli boshqa tasniflar taklif etilgan. Rus geologlari A. P. Karpinskiy, M. M. Tetyayev Tektonik harakatlarni tebranma burmali va uzilmali harakatlarga ajratdilar. Nemis geologi E. Xarman va golland olimi R. V. van Bemmelen esa Tektonik harakatlarni undatsion (toʻlqinli) va undulyatsion (burmali) harakatlarga boʻldilar



Tektonik harakatlar sodir boʻlish shakli va vujudga kelish chuqurligi, mexanizmi va paydo boʻlish sabablari har xil ekanligi maʼlum boʻldi. 18-asr oʻrtalarida Tektonik harakatlarni boshqa prinsip boʻyicha sekin (asriy) va shiddatli boʻladigan harakatlarga ajratdilar. Tez sodir boʻladigan harakatlar, odatda, zilzilalar bilan bogʻliq boʻlib, gʻoyat qisqa muddatda kechadi. Zilzila vaqtida yer yuzasidagi siljishlar bir necha m ga yetadi, baʼzan 10 m dan ham oshadi. Lekin bu siljishlar jamlanganda sekin siljishlardan koʻp ham ortiq emas. Tektonik harakatlarni vertikal (radial) va gorizonta l (tengensial) harakatlarga boʻlish shartli boʻlsada, bir qadar ahamiyatga ega; bu harakatlar oʻzaro boglik boʻlib, biri ikkinchisiga oʻtib turadi. Bunda vertikal yoki gorizontal Tektonik harakatlardan biri ustun boʻladi. Vertikal harakat ustun (birlamchi) boʻlganda, yer yuzasi koʻtariladi va choʻkadi, jumladan togʻlar paydo boʻladi. Natijada okean va dengizlarda, qisman quruqlikda ham choʻkindi jinslarning qalin qatlami hosil boʻladi. Gorizontal harakatlar Yer poʻsti ayrim bloklarining boshqalariga nisbatan yuzlab km, hatto minglab km gacha yirik siljishlarida, ularning yuzlab km keladigan siljimalarida, shuningdek, kontinental poʻst palaxsalarining surilishi natijasida ming km kenglikdagi okean botiklarining hosil boʻlishida yaqqol namoyon boʻladi.T.h muayyan davriylikka ega. Nisbatan qisqa muddatli vertikal harakatlar tebranma harakatlar deyiladi.

Gorizontal harakatlar, odatda, oʻz yoʻnalishini uzoq vaqt saklab qoladi va asliga qaytmaydi. Tebranma harakatlar, ehtimol, dengiz va daryo terrasalarini hosil qiladi. Tektonik harakatlar paydo boʻlish vaqtiga koʻra eng yangi va hozirgi zamon harakatlariga boʻlinadi. Eng yangi Tektonik harakatlar Yerning gʻoz. relyefida bevosita aks etadi, geomorfologik va geodezik metodlar yordamida ham oʻrganiladi. Eng yangi va hozirgi Tektonik harakatlarni neotektonika oʻrganadi. Uzoq geologik oʻtmishda sodir boʻlgan Tektonik harakatlar okean transgressiyasi va regressiyasining tarqalishi, choʻkindi qatlamlarning umumiy qalinligi, ular fatsiyalarining joylashishi, depressiyaga toʻplangan chaqiq jinslar manbaiga koʻre. aniklanadi. Litosfera palaxsalarining katta miqyosdagi siljishlarini qayta tiklashda paleomagnit sohasidagi izlanishlarning maʼlumotlari katta ahamiyatga ega.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling