Tektonik harakatlar va ularning oqibatlari
Download 0.94 Mb.
|
Tektonik harakatlar tadbiri
Geografiya kafedrasi o’qituvchisi Navotova D va D.Murodovalar so’zga chiqib, Turkiya-Suriyada bo'lib o'tgan zilzilalar haqida quyidagi ma’lumotlarni talabalarga yetkazildi.
Turkiya—Suriya zilzilasi — 2023-yil 6-fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida hamda Suriyaning gʻarbiy qismida zilzila sodir boʻldi. Gaziantep shahridan 34 km (21 mi) gʻarbda Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da (UTC 01:17) da sodir boʻlgan zilzilaning magnitudasi kamida 7,8 va maksimal Mercalli intensivligi XI (ekstremal). Gʻayrioddiy kuchli 7,7 magnitudali ikkinchi zilzila asosiy silkinishdan toʻqqiz soat oʻtgach sodir boʻldi. Zilzila markazi Qahramanmarash viloyatining shimoliy shimoli-sharqidan 95 km (59 mi) uzoqlikda joylashgan[5]. Zilzila mintaqada keng koʻlamli vayronagarchilik va minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻldi. Asosiy zilzila tufayli yetkazilgan talofatlar boʻyicha Turkiya tarixida sodir boʻlgan eng kuchli zilzila boʻlib, hatto 1939-yilgi Erzincan zilzilasini ham ortda qoldirdi. Xuddi shunday magnitudali zilzila 1668-yilgi Shimoliy Anadolu zilzilasi boʻlgan edi. Zilzila, shuningdek, 1822-yildan buyon Suriyada sodir bo'lgan eng halokatli zilziladir. Mazkur zilzila 2010-yilda sodir boʻlgan Gaiti zilzilasidan beri dunyodagi eng halokatli zilzila, shuningdek, Levantda qayd etilgan eng kuchli zilzilalardan biri hisoblanadi. Zilzila kuchi Isroil, Livan, Kipr va Turkiyaning Qora dengiz sohillarigacha sezilib, tizimli zarar yetkazdi. Zilziladan keyin 2 109dan ortiq aftershoklar kuzatildi. Seysmik ketma-ketlik yoriqlarning sayoz surilishi natijasida yuzaga kelgan. 18-fevral holatiga koʻra, jami 47 100 dan ortiq oʻlim qayd etilgan. Bundan Turkiyada 40 600 nafar, Suriyada esa 6 400 nafar. Qish boʻroni qutqaruv ishlariga toʻsqinlik qildi. Vayronalar ustida qor yogʻib, harorat keskin pasayib ketdi. Hududlardagi sovuq havo harorati tufayli tirik qolganlar, ayniqsa vayronalar ostida qolganlar uchun gipotermiya xavfi ehtimoli katta. Zilzila taxminan 84,1 milliard AQSh dollari miqdorida zarar keltirib[, tarixda qayd etilgan eng qimmat tabiiy ofatlardan biriga aylandi. Tadbir davomida fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Islomov so’zga chiqib , tashkil etilgan tadbirning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy jihatlariga to’xtalib, Zilzilalar va ularning oqibatlari, Turkiyadagi zilzila va uning geografik jihatlari haqida qiziqarli malumotlar tayyorlangani haqida to’xtaldi.Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib yig‘ilishQAROR QILADI:1.Geografiya kafedrasi katta o’qituvchisi B. Murtazayev, kafedra katta oqituvchisi B.Eshboyevlarning axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.2. Yer yuzidagi tektonik harakatlar, ularni geografik tarqalishi, zilzilalar va uning oqibatlarini o’rganishni talabalar o’rtasida muntazam ravishda davom ettirilishini ta’minlash guruh tyutorlari zimmasiga yuklatilsin.Yig‘ilish raisi M.NazarovKotiba D.MurodovaDownload 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling