4. Xabarga paydo bo„ladigan ogohlantirishning o„zida javob berish
Har bir yangi xabarga yozishga ilovani ochmaslik uchun xabarnomaning o„zida javob berish funksiyasidan
foydalanish mumkin. Ya'ni matnni terish qismiga ega xabarga boshqa dastur va ish stoli ustida matn teriladi. Bu
funksiyani faollashtirish uchun sozlamalarda ogohlantirish va ovozlar bo„limini izlang, u yerdan esa “Paydo
bo„luvchi ogohlantirish”ni toping. Agar “Har doim ko„rsatish” belgilansa, yangi xabar ekran o„chgan yoki
bloklangan holida ham u o„zi haqida ma'lum qiladi.
5. Audioxabarni tugmani bosmasdan yozish
Messenjerning mobil shaklida tanlangan chatda audioxabar yozish uchun mikrofon belgisini bosish kerak bo„ladi.
Bu hech kimga sir emas. Biroq hamma ham mikrofon ustiga bosgandan keyin barmoqni olmay, uni yuqoriga
tortilsa, yozish avtomatik rejimda davom etishini bilmaydi. Bu uzun audioxabarlarni yozishda juda qulay.
6. Audioxabarni avtomatik tarzda yozish
Ovozli xabarni tez yozishning boshqa usuli ham bor: bor-yo„g„i kerakli chatni ochish va smartfonni quloqqa tutish.
Qurilma ekrani o„chadi va avtomatik yozish boshlanadi. Agar funksiya ishlamasa, Telegram sozlamalarida o„chgan
bo„lishi mumkin. “Yaqinlashtirganda ovozni yozish” funksiyasi ishlayotganini tekshiring.
7. Suratlar ustiga niqob joylashtirish
Telegram‟ga surat yuborishda smartfonda tasvirni kadrlashtirishingiz, rangini o„zgartirishingiz, imzo qo„shishingiz
yoki turli qiziqarli stiker-niqoblarni yopishtirishingiz mumkin. Bu kulgili parik, soqol, ko„zoynak, hayvon
quloqlari va boshqalar bo„lishi mumkin. Bunday stikerlarni tanlash uchun xabarni yuborish menyusida smartfon
kamerasi yordamida suratga oling. Keyin tahrirlash menyusida cho„tkaga, keyin esa niqob belgisiga bosing.
Messenjer tomonidan taklif etilgan barcha stikerlarni aylantirish, shuningdek, ularning o„lchamini o„zgartirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |